Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


Kontakt metasomatik jinslar – skarnlar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə55/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
амалиёт

Kontakt metasomatik jinslar – skarnlar. Bu jinslar ko'pincha
nordon jinslar bilan ohaktoshlarni va dolomitlarni chegarasida postmagmatik eritmalarni va gazlarni ta'sirida hosil bo'lgan jinsni skarn deyiladi. Ular karbonatlar va granitlardan mineral tarkibi bilan keskin farq qiladi. Skarnlarda piroksen, granat, epidot, amfibollar, vezuvian, skapolit, olivin guruhiga kiruvchi minerallar, flagopit va boshqa minerallar uchraydi. Skarnlarda magnetit, sheelit, kassiterit, molibdenit, arsenopirit va boshqa ma'danli minerallar uchraydi. Ularning kristallanish darajasi va rangi har xildir. Stukturasi ko'proq granoblastli bo'ladi.
Kатакластик метаморфизм жинслари. Kataklastik metamorfizm bir tomonlama bosim va past harorat ta'sirida sodir bo‘ladi. Tektonik jarayonlar ta'sirida jinslar maydalanadi va uqalanadi. Bu metamorfizm mahsulotlariga kataklazirlangan jinslar, kataklazit, milonit va tektonik brekchiyalar kiradi.
Kataklazirlangan jinslar. Bu jinslarda birlamchi struktura saqlanib qoladi. Jinsda mo‘rt minerallar (kvars, dala shpatlari) maydalanadi, plastik minerallar (slyudalar) eziladi. Kvars to‘lqinsimon va mozaikali so‘nadi. Kataklazirlangan jinslar tarkibi bo‘yicha granitga, gabbro va boshqa jinslarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Jins strukturasi- kataklastik.
Kataklazitlar. U oldingi jinsdan ko‘proq maydalanganligi bilan farq qiladi. Kataklazitlarda ko‘proq porfiroqlastik va blastosementli strukturalar uchraydi. Qoldiq minerallarga qarab birlamchi jinslarni aniqlash mumkin. Kukunlangan minerallar hisobiga xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanishi mumkin.
Milonitlar juda mayda kukunlangan jinsdir. Tog‘jinsi mayin va changsimon materiallardan tashkil topgan bo‘lib, uning orasida birlamchi minerallar qoldiqlari saqlanib qoladi. Kukunlangan materiallar hisobiga xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanadi.
Tektonik brekchiya burmachanlik hududlarida va tektonik yoriqlar atrofida rivojlanadi. Tog‘jinsi har xil katta-kichiklikdagi qirrali bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, mayda zarrachalar bilan sementlanadi.
Ultrametamorfizm zonasining jinslari va granitizatsiya. Burmachanlik hududlarida birlamchi jinslar 8-10 km. dan ko‘proq chuqurlikka tushib qolsa va harorat oshsa eriydi. Birinchi galda yengil eriydigan (650-7000 C) komponentlar - kvars, dala shpatlari eriydi (selektiv erish- anateksis).
Yana ham chuqurroqqa tushganda va harorat 800-9000C ga yetganda jinslar to‘liq eriydi (palingenez). Substrat boshlang‘ich jinslarini (gneys, metamorfik jinslar) qisman erishi natijasida migmatitlar hosil bo‘ladi, unda substart (boshlang‘ich) jinslari kvars, dala shpatli agregatlar bilan ket-ket keladi.
Ineksion gneyslar migmatitlarning turidir. Magmatik eritmaning substrat qatlamlar orasida va qatlamni kesuvchi tomirlarda kristallanishi natijasida hosil bo‘ladi. Tomir jinslari sekin-asta boshlang‘ ich jinsga o‘tib boradi. Bu inyeksion gneyslarning metasomatik usul bilan hosil bo‘lganligini bildiradi. Ular granitizatsiya jarayonining mahsulidir. Granitizatsiya bu granitlarning har qanday boshlang‘ich jinslar hisobiga hosil bo‘lish jarayonidir. D.S. Korjinskiy fikricha granitlarning metamorfik jinslar hisobiga hosil bo‘lishi, ulardan magmatik eritmalar o‘tishi bilan bog‘liq. Granitizatsiya jarayonida ishqor va kremnezyomlar olib kelinadi, magniy va temir substratdan olib chiqiladi.
Nazorat savollari:
1. Kataklastik metamorfizm qanday ro‘y beradi?
2. Kataklastik metamorfizm jinslariga misollar keltiring.
3. Ultrametamorfizm va granitizatsiya jarayonini tushuntirib bering.
4. Inyeksion gneyslar qanday hosil bo‘ladi?



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin