14 – AMALIY MASHG‘ULOT GEOLOGIK XARITALAR, ULARNING TURLARI VA SHARTLI BELGILARI.
Ishning maqsadi: Geologik xaritalar, ularning turlari va shartli belgilarini o'rganish
Geologiya xaritalari Yer yuzasining geologik tuzilishini tasvirlovchi hujjatdir. Xaritalar dalada o'tkaziladigan geologik tekshiruvlardan yig'ilgan hujjatlarni topografik xaritaga tushirish asosida tuziladi. Hozir umumiy xalqaro nomenklatura asosida geologik xarita tuzish qabul qilingan. Geologik xaritalar masshtabiga qarab bir necha turga bo'linadi:
Obzorli xaritalar (1:2500000 va undan kichikrog'i, 1:5000000, 1:7500000, 1:10000000). Bu xaritalarda territoriyalar topografik jihatdan ancha umumlashtirilib, geologik tuzilishi to'g'risida ma'lumot beriladi.
Kichik masshtabli xaritalar (1:1000000, 1:500000 va undan kichikrog'i) - katta keng territoriyalarning, ayrim davlatlarning geologik tuzilishi to'g'risida ma'lumot beradi. Kichik masshtabli xaritalarning topografiya asosi odatda juda soddalashtirilgan bo'ladi.
O'rta masshtabli xaritalar (1:200000, 1:100000) ayrim territoriya geologiyasining asosiy tomonlarini tasvirlovchi geologik xarita hisoblanadi va bu xarita asosida qazilma konlarini qidirish ishlari rejalashtiriladi. O'rtacha bo'lgan territoriyalarda tarqalgan stratigrafik va tektonik elementlar, magmatik jinslar, foydali qazilmalar tasvirlanadi.
Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish istiqbollari, aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, qishloq xo'jaligining o'zlashtirilishi, shahar, idora, gidrotexnik qurilishlarning istiqbollari aniqlangan bo'ladi. Yirik masshtabli xaritalar faqat yer yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to'g'risida ham ma'lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim.
Mukammal geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog'i) maxsus topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilma jinslarning yotishi, tarqalish qonuniyatlari to'liq ifodalanadi.