Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


- rasm. Qatlamlarning yotish elementlari (I) va ularning plandagi nisbati (II) Nazorat savollari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə64/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
амалиёт

10- rasm. Qatlamlarning yotish elementlari (I) va ularning plandagi nisbati (II)
Nazorat savollari:
1. Qatlam deb nimaga aytiladi?
2. Qat-qatlikning qanday shakllarini bilasiz?
3. Gorizontal qatlamlarning o'ziga xos qanday belgilari bor?
4. Qatlamlarning qiya yotishiga nima sabab bo'ladi?
5. Qatlamlarning yotish azimuti deb nimaga aytiladi?

TOG' KOMPASI
Ishning maqsadi: Tog' kompasi bilan qatlam elementlarini o'lchashni o'rganish.
Tog' kompasidan jins qatlamlarining yotish ele­mentlarini aniqlashda foydalanadi. Tog' kompasi mag­nit xususiyatiga ega bo'lmagan alyuminiy, jez va plastmasa taxtachasidan iborat bo'lib, shimoli-janubiy (0-180°) tomoni hamma vaqt taxtachaning uzun tomoniga parallel yo'nalgandir. Taxtachaning shimoliy qismi qora yoki qizil rang bilan belgilanadi. Odatda tog' kompasi magnit strelkasidan azimutlarni o'lchaydigan 360° ga bo'lingan lim­bdan, qiyalik burchagini o'lchaydigan klinometr va yarim-limbdan iboratdir. Ishlash qulay bo'lishi uchun kompas doirasi limbi shimoldan (0° dan) boshlab 360° gacha bo'lingandir. Limbdagi darajalar va tomonlarni ko'rsatuvchi harf indekslari soat strelkasiga qarama-qarshi joylashtirilgan.
Limbdagi sonlar 0° dan har o'n gradus o'zgarib boradi. Limbning ichki tomonidan taxtachada to'rt tomonni ko'rsatuvchi harflar nol darajasi qarshisiga S- shimol; 90° qarshisiga sharq; 180° qarshisiga –J -janub va 270° qarshisiga G’- g'arb qo'yilgan tog' kompasi -sharq va G’- haqiqatga nisbatan teskari joylashtirilgan. Bu hol o'lchash ishlariga qulaylik tug'dirish uchun qilingan. Qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash uchun eng qulay usullardan foydalanish lozim. Masalan: yotish elementlari o'lchanishi kerak bo'lgan qatlam yuzasidan tekis yuza aniqlanadi. Keyin tog' kompasi yordamida qatlamning qiyalik burchagi va qiyali azimuti topiladi.
Qatlamning yo'nalish azimutini o'lchash uchun kompas taxtachasining uzun tomonini (ya'ni sh-j chizig'i) o'lchanadigan chiziq yo'nalishiga to'g'rilanadi va kompas magnit strelkasining limbidan ko'rsatgan soni to'g'rida hisob olinadi.
Qatlamning qiyalik burchagini o'lchash uchun oldin qiyalik chizig'i topiladi. Keyin qatlamning qiyalik chizig'iga kompasning uzun tomoni tik holda qo'yilib hisob klinometr yordamida topiladi. Qiyalik burchagi 0° dan 90° gacha bo'ladi.
Qatlamning yotish azimutini o'lchash uchun kompasning shimoliy tomonini qatlam tomonga qarab yo'naltiriladi va hisob magnit strelkasining faqat shimol tomoni bilan olinadi. Bu vaqtda kompasning qisqa tomoni qatlamning yo'nalish azimutini ko'rsatadi.
Qatlamning yotish azimuti aniqlangandan keyin uning yo'nalish azimutini o'lchash shart emas. Chunki ular bir-biridan 90° burchak bilan farq qiladi. Masalan, agar qatlamning tushish azimuti shimoliy-sharq bo'ylab 40° bo'lsa, uning yo'nalish azimuti janubiy- sharq tomon 130° ga teng bo'ladi. Qatlamlarning joylanish elementlari­ni yozishda burchaklar joylashgan tomon ko'rsatilishi shart, ular odatda quyidagicha bo'ladi: Masalan, yotish azimuti shimoliy-g'arb 320° < 50°, yo'nalish azimuti esa 50° yoki 230°.
Qatlamning har xil yotishi geologiya xaritalarida shartli belgilar bilan ifodalanadi. Masalan, gorizontal yotish, qiya yotish 50, ag'darilib yotish 30°, tik yotish 90°.
6. Tog' kompasi qanday tuzilgan?
7. Limb degani nima?
8. Kompasda azimutlar qanday belgilangan?
9. Qatlamning yotish azimuti qanday o'lchanadi?
10. Yo'nalish azimuti deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin