Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


STRATIGRAFIYA USTUNINI TUZISH USULLARI



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə62/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
амалиёт

STRATIGRAFIYA USTUNINI TUZISH USULLARI
Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik va mukammal geo­logiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan qismlar orqali aniqlangach, qatlam-larning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi.
Stratigrafiya ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlarning geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarus, indeks, tog' jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jin­slarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog' jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma-ket joylashtirilib, har bir bo'linmalarning yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi.
S tratigrafiya ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi.
Stratigrafiya bo'linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chi­ziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichi­ga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalarning qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi. Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi. Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stra­tigrafiya ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi.
9-rasm. Stratigrafiya ustuni. Masshtab 1 : 1000
1. Topografik xarita deganda nimani tushunasiz?
2. Izogips deganda nimani tushunasiz?
3. Stratigrafik ustun nima?
4. Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo'lgan qismi qanday belgilanadi?


QATLAMLARNING GORIZONTAL VA QIYA HOLATDA YOTISHI.
NAZARIY ASOSLAR:
Qatlam - cho'kindi tog' jinslari joylashishining asosiy shakli. Qatlamning tarkibi bir xil bo'lib, bir-biriga deyarli parallel yuzalar bilan chegaralanadi. Qalinligi uzunligiga nisbatan kam. Normal yotganda yuqori qatlam ostki qatlamga qaraganda yosh bo'ladi. Tog' jinslarining bunday yotishini normal stratigrafik joylanish deb ataladi. Ayrim hollarda qatlam o'rniga tabaqa (plast) ham ishlatiladi. Bu atama foydali qazilmalarning yotish shakliga taalluqli. Masalan, ko’mir, boksit va ohaktosh konlari).
Qat-qatlik - cho'kindi tog' jinslarining yupqa qatlamlaridan yoki ularning guruhlaridan hosil bo'lgan bir qiyofali bir qancha qatlamlardan iborat bo'lib, bir-biriga nisbatan parallel yotadi.
Odatda qatlamlarning ikki yuzasi chegaralangan bo'ladi.
Qatlamning ostki yuzasi - tubi, yuqori yuzasi tepasi deyiladi. Qatlamlar haqiqiy, ko'ringan, to'liq­siz qalinlikka ega. Qatlamning tepasi bilan tubi orasidagi eng qisqa masofa uning haqiqiy qalinligi hisoblanadi. Qatlamning tubi va tepasi orasidagi har qanaqa masofa ko'rinib turgan qalinlikni belgilaydi.
Ayrim hollarda qatlamning faqat tubi yoki tepasi va qatlamning biror qismi ochilib qoladi. Bunday hollar­da qatlamning to'liqsiz qalinligi aniqlanadi.
Qat-qatlik shakllari. Qat-qatlik o'rganilganda ular­ning shakllariga va qalinliklariga ahamiyat beriladi. Qat-qatlik parallel, to'lqinsimon, linzasimon va qiyshiq shakllarga bo'linadi. Parallel qat-qatlik - cho'kindi yuzasining tuzilishi deyarli tekislikka yaqin.
To'lqinsimon qat-qatliqda - cho'kindi yuzasi to'lqinsimon - egri-bugri bo'ladi.
Linzasimon qat-qatlikda cho'kindi qatlam shakllarining har xil bo'lishi va ayrim qatlam qalinliklarining o'zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.
Qatlamlarning gorizontal joylashishiga katta maydonlarda qat-qatlanish yuzasining hamma vaqt gorizon­tal yoki shunga yaqin holatda yotishi xarakterlidir.
Ayrim hollarda qatlamlarning qiyaligi 1-3° bo'lishi (yotishi) mumkin.
Har xil yoshdagi gorizontal qatlamlar maydonini to­pografiya xaritalarida aks ettiruvchi chegara chiziqlarini o'tkazish ancha oson bo'lib, gorizontal yotuvchi qatlam­lar chegarasi relyef gorizontlariga mos keladi. Gorizontlarning balandlik ko'rsatkichlari aniq bo'lsa, qatlamlar qalinligini oson hisoblab chiqish mumkin.
Relyefi deyarli tekis va qatlamlari gorizontal yotgan bo'lsa, ular xaritada yer yuzasiga yaqin qatlamlar rangida tasvirlanadi. Faqat daryo vodiylari bo'ylabgina qadimgi jinslarning yer yuzasiga chiqqan joylari yo'l-yo'l tarzida ko'rinib turadi. Suv ayirgichlarda esa ancha yosh jinslarning chegarasi yaqqol ko'rinib turadi.
Bir tomonga yotiq qatlamlar xaritada shu qatlamning nishabi bo'ylab qadimgi jinslardan yosh jinslarga tomon almashib boruvchi polosalar tarzida tasvirlanadi. Xaritadagi bu polosaning qalinligi qatlamlarning qalinligidan tashqari, qiyalik burchagiga ham bog'liq.
Gorizontal joylashgan qatlamlarning o'ziga xos belgilari ma'lum.
a) qiyali relyefda qatlamning chegaralari gorizontallarga parallel bo'lishi;
b) tekislik relyefida eng yosh qatlamning yer yuzasiga chiqib turishi va keng maydonni egallashi;
d) vodiy yon bag'irlarida va balandliklarda qatlam chegarasining gorizontal holatda bo'lishi;
e) vodiyning ikkala yon bag'rida qatlam balandlik nuqtasining (belgisi) bir xil bo'lishi;
f) relyefning qiya yon bag'ri zinapoyasining gorizon­tal bo'lishi;
g) eng qadimgi qatlam relyefining past qismida, yoshlarning tepaliklarda (balandliklarda) uchrashi;
h) yosh qatlam daryoning yuqori, qadimgilari esa uning quyi qismida - yer betiga chiqib turishi.
Gorizontal joylashgan qatlamlarning haqiqiy qalinligi qatlamning yuqori yuzasi - tepasi bilan ostki tubi orasidagi masofa hisoblanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin