INDЕKSLAR
Xaritalarda turli yoshdagi qatlamlar qaysi geologik davrga (tizimlarga) mansubligiga qarab, shu davrning lotin alifbosidagi bosh harfi: kembriy, toshko'mir, bo’r davrlari Є , C, K tarzda yoziladi.
Oldin ba'zi bir bosh harfi bir xil davr nomlarida bosh harfdan keyin-undosh harf ham qo'shib yozilar edi. Hozirgi vaqtda indekslar bir harf bilan yoziladigan bo'ldi.
Masalan, hozir paleogen ( )- (oldin Pg), bo'r davri K (oldin Cr), kembriy davri Є (oldin Cm) harflari bilan yoziladi. Agar xaritalarda davr (sistema)lar kichik bo'linmalarga bo'lingan bo'lsa, davr indeksining tagiga raqamlar qo'yiladi. Davrning qariroq bo'limi bir bilan, undan yuqoridagi yoshrog'i ikki bilan yoziladi. Davr qismlari yarus va svitalarga ajratilib berilgan bo'lsa, ular ham qoida bilan yoziladi. Masalan, D1+2 ol - quyi o'rta devon - Oltiaul svitasi deb o'qiladi.
Indekslarni o'qiganda ma'lum tartibni saqlash kerak, ya'ni eng yirik bo'limdan mayda bo'limga tomon o'qish talab qilinadi, masalan, C2/3 indeksni Tse-uch-ikki deb o'qilishi lozim. Masalan: ordovik davri uch bo'limga bo'linadi. Quyi ordovik O1, o'rta ordovik O2 va yuqori ordovik O3.
Xaritalarni tuzishda yangi geoxronologiya jadvalidan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki bu xaritalarda ayrim guruhga va davr (sistema) qatlamlarining indekslari eskirgan. Agar cho'kindi, metamorflashgan va magmatik jinslarning yoshi taxminiy aniqlangan bo'lsa, ularning indeksi oldiga so'roq bo'lgisi qo'yiladi. Tog' jinslarning yoshi stratigrafiya shkalasining taxminan biror-bir geologiya bo'linmasiga to'g'ri kelsa, indekslar ikki nuqta bilan ajratiladi. Masalan: PR3Є yuqori proterozoy yoki kembriy. Geologiya xaritalarida tog' jinslarining yoshi maxsus belgilar bilan belgilanadi. Intruziv va effuziv jinslar har xil rang va belgilar bilan belgilanadi. Har bir guruhda intruziv va effuziv jinslar o'z rangiga ega. Nordon jinslar - qizil, ishqorli jinslar qizil-pushti, o'rta jinslar-ko'k, asos jinslar-yashil, o'ta asos jinslar-binafsha ranglarda, effuziv jinslarning nordonlari-pushti, o'rta va asoslilari ko'k rangda bo'ladi.
Tarkibiga qarab intruziv va effuziv jinslarning indeksi grek harfi bilan belgilanadi.
Intruziv jinslar granitlari γ (kichik gamma), dioritlar δ (kichik delta), sienitlar ξ (kichik ksi), gabbro ν (kichik v), piroksenitlar, perioditlar, dunitlar Σ (kichik sigma), nefelinli sienitlar ώ (epsilon).
Effuziv jinslar riolitlar λ (kichik labda), traxitlar ﭑ (kichik tau), a andezitlar α (kichik alfa), bazaltlar ß (kichik betta), diabazlar ß1, (kichik betta prim).
Magmatik tog' jinsining yoshi belgilanishi kerak bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoshini ko'rsatuvchi indeksi qo'yiladi. Masalan, C3- yuqori toshko'mir graniti. Odatda shartli belgilar xaritaning o'ng tomoniga joylashtiriladi. Biz bu yerda geologiya xaritalarida va boshqa hujjatlarda uchraydigan shartli belgilar bilan tanishtirdik.
5. Kichik masshtabli xaritalarga qanday xaritalar kiradi?
6. Geologik xaritalarning qanday turlarini bilasiz?
7. Gidrogeologik xaritalarda nimalar ko'rsatiladi?
8. Shartli belgilarning qanday turlari bor?
9. Geologik xaritalarda intruziv jinslar qanday rang bilan bo'yaladi?
Relyefi gorizontallar bilan tasvirlangan xaritalardan geologik kesim tuzish uchun kesimning topografiya asosi chizib chiqiladi.Gorizontal masshtab uchun xarita masshtabini asos qilib olish mumkin.
Agar tog' jinsi qatlamlari yupqa va egilish burchaklari kichik qiyalikni tashkil qilsa, vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan 10-12 marta yirik qilib olinadi.
|
7-rasm. Topografiya xaritasidan A - A chizig'I bo'yicha topografiya kesimi.
| A yrim hollarda burmalarning yotish shakllari o'zgarib ketmasligi uchun kesimning vertikal masshtabi o'zgartirilmaydi. Bunday sharoitda vertikal va gorizontal masshtablar bir xil bo'ladi. Topografiya asosni tuzish uchun xaritada berilgan
A-A kesim chizig'i ustiga millimetrlangan qog'oz qo'yiladi, keyin
qog'ozning kesim chizig'i ustidagi gorizontallar bilan kesishgan joyi belgilanadi. Bu nuqtalarning mutlaq balandliklarini aniqlab, qog'ozga yozib qo'yiladi.
Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo'lgan joylari mutlaq nolinchi chiziqda bo'ladi. Ko'pincha kesim belgilari mutlaq noldan ancha baland bo'ladi. Shuning uchun, nolinchi chiziqqa joyning kesim o'tgan eng past nuqtasi tushiriladi.
Xaritaning masshtabi 1:25000, gorizontallar orasi 25 m dan oshib boradi. Kesimdagi nolinchi chiziq (A-A) ning chap tomoniga chizg'ichdagiga o'xshash darajalarga bo'lingan masshtab tuziladi. Bu masshtab darajalari xarita masshtabidagi gorizontallar kesmasiga teng bo'lishi kerak. Kesim chizig’ining keyingi qismi kesim chiziqlarining xaritadagi gorizontallar bilan kesishgan nuqtalari nolinchi chiziqqa tushiriladi.
Nolinchi chiziqdagi har bir nuqtaning qancha balandlikni ko'rsatishini bilgandan keyin, vertikal masshtabdan foydalanib, ularni noldan yuqoriga tegishli balandlikka ko'tariladi.
Keyin hosil bo'lgan hamma nuqtalarni to'g'ri chiziq bilan birin-ketin o'zaro tutashtiriladi va natijada geologiya kesimi uchun topografik asosga ega bo'lamiz.
Dostları ilə paylaş: |