Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə61/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
амалиёт

15– AMALIY MASHG‘ULOT
TOPOGRAFIK, GEOLOGIK KESMA VA STRATIGRAFIK USTUN TUZISH USULLARI. TOG' KOMPASI.
Geologiya xaritalari har doim geologiya kesimi bilan kuzatiladi. Xaritada tasvirlanayotgan har xil turdagi qatlamlarning tarqalish qonuniyatlarini, yotish shakllarini, o'zaro munosabatlarini, joylarning relyefini to'liq ifodalash maqsadida geologiya kesimi tuziladi.
Geologiya kesimi yer po'stlog’ini fikran berilgan chi­ziq bo'yicha (vertikal) kesim orqali paydo bo'lgan tekislikdagi geologik tuzilishning tasviri hisoblanadi.
Geologiya kesimini tuzish uchun xaritalarning eng baland va eng past nuqtalarini o'z ichiga oladigan tuzilish to'g'risida to'liq ma'lumot beradigan bir nechta yo'nalishlar belgilanadi. Odatda geologiya kesimlari tog' jinslarining yo'nalishiga ko'ndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak asosida tuziladi.
Geologiya kesimini tuzish uchun belgilangan yo'nalishdagi ikki nuqta geologiya xaritasida to'g'ri chiziq bilan tutashtiriladi. Bu kesma chizig'ining har ikkala uchi A-A harfi yoki 1-1 raqami bilan ifodalanadi (8-rasm).
Geologiya kesimini tuzish uchun topografiya asosi tushirilgan qog'oz varag'i geologiya xaritasidagi kesim chizig'i ustiga qo'yiladi. Keyin qog'ozning chap yoki o'ng chetidan boshlab xaritada mavjud bo'lgan hamma stratigrafiya bo'linmalari orasidagi chegaralar aniqlanadi. Chegaralangan qatlamlar orasiga yoshni ifodalovchi indeks qo'yila­di. Shundan so'ng qatlamlar qiyalik burchagi bo'yicha yotqiziladi.


8-rasm. Geologiya xaritasi va kesimi. Masshtab 1:1000


Agar geologiya xaritalarida yosh qatlamlar gorizontal yotgan bo'lsa, yer yuziga chiqib turgan qatlamning balandlik nuqtasi asosida uning bir tomonidan ikkinchi tomoniga qarab to'g'ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bunday hollarda yosh jinsli qatlamlarning tepasini va ularning haqiqiy qalinligini aniqlash juda qiyin. Geologiya kesimida mos, nomos cho'kindi jinslar chegaralari bir xil yalpi chiziq bilan ifodalanadi.
Burmalarni geologiya kesimida tasvirlash ancha murakkab. Antiklinal va sinklinal burmalarning orasidagi farq, ulardagi qatlamlarning joylashishidir. Odatda sinklinal burmalar o'zagi qanotlariga nisbatan yosh jinslar, antiklinal burmalar o'zagida qari, qanotlarida yoshroq jinslar yotadi. Burmalarni geologik kesimda ifodalash uchun dastlab burma asosida joylashgan qatlamlar tasvirlanib, keyin ular bo'yicha boshqa qatlamlar chiziladi. Har xil turdagi yoriqlar odatda geologik kesimda berilgan qiyalik burchagi bilan yotqizilib, qizil to'g'ri chiziq bilan belgilanadi. Xaritalar yoriqlarning yotish elementlari berilmagan holda grafik yo'li bilan hisoblanadi.
Geologiya kesimida intruziv jinslarning mos va nomos yotish shakllari to'lqinsimon qilib ifodalanadi. Kichik shakldagi intruziv jinslar chegarasi to'lqinsi­mon, daykalar parallel devorli to'g'ri chiziq, sillar esa qatlamchalar yo'nalishiga parallel holda tasvirlanadi. Geologiya kesimida yoshi va tarkibi har xil bo'lgan intru­ziv jinslar alohida tasvirlanib, ular bir-biridan farqlanishi kerak.
Geologiya kesimini tuzishda geologiya va geofizika kuzatishlaridan, burg'ilashdan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi.
Geologiya kesimida tasvirlangan har bir qatlam yoshiga mos keladigan rang yoki shartli belgilar (shtrix) bi­lan ifodalanadi. Geologiya kesimi xaritalarni har tomonlama to'ldiradi va oydinlashtiradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin