“Jismoniy madaniyat” tushunchasining tasnifi Jismoniy madaniyat –
muayyan tarixiy sharoit mahsuli. Har bir ijtimoy-iqtisodiy
formatsiyada
jamiyat a’zolari jismining madaniyati oʻ
z davri uchun xarakterli bo
ʻ
lib, jamiyat
taraqqiyotining muayyan davridagi (ijtimoiy formatsiyalar) butun bir xalq boyligi, mulki
tarzida shaxsning har taraflama barkamolligini ta’minlovchi v
osita yoki uning majburiy sharti
bo
ʻlib qolishi maxsus adabiyotlarda ta’kidlangan.
Jismoniy madaniyat
- jamiyat a’zolarining jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo ʻ yicha erishilgan yutuqlarning majmuidir (L.P.Matveev, 1991).
Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining asosiy tushunchalari ichida inson jismi
madaniyati keng, jamlovchi tushuncha. Jismoniy tarbiya, sport tushunchalari esa jismoniy
madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi sifatida o
ʻ
zining yo
ʻ
nalishlariga ega bo
ʻ
lgan
pedagogik jarayonlarni o
ʻ
zida mujassamlashtiradi (B.A.Ashmarin, 1990, L.P.Matveev, 1991,
A.Abdullaev, SH.Xankeldiev, 2005).
Qayd qilingan mualliflarning jismoniy madaniyat institutlari va pedagogika
institutlarining jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari uchun yozilgan darsliklarida bu
tushuncha quyidagicha ta’riflangan:
“ Jismoniy madaniyat –
jamiyat a’zolarini jismonan tayyorlash uchun
kishilik jamiyati ya ratgan va foydalanayotgan moddiy, ma’naviy boyliklar majmuidir” .
Moddiy boyliklar –
mavjud jamiyatning xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar,
uskunalar, mablag
ʻlar, jamiyat a’
zolarining jismoniy kamoloti darajasi (sport yutuqlari)
demakdir.