www. kokanduni.uz ishlar rejasi, oilabilan hamkorlikda seminarlar, tadbirl
ar, o‘quv mashg‘uloti va ochiq darslar
tashkil etish.
Kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalarni rag‘batlantirish va jazolash vositalarini tanlash va
joriy etish. Ushbu vazifa bola tarbiyasida, xususan, uning shaxs sifatida shakllanishida muhim
omillardan san
aladi. Chunki bolalar har bir bajarganini o‘z vaqtida baholanishini, maqtalishini
xush ko‘rishadi. Shu o‘rinda ularni aybi ish yoki xato qilganda, albatta, javobgar bo‘lishga
o‘rgatish ham
muhimdir. Buning uchun bolalarning shaxsiy xususiyatlari, psixologik
sezuvchanligini hisobga olgan holda yondashish lozim.
Kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida yuzaga keluvchi
vaqtinchalik psixik o‘zgarishlarni inobatga olish va kutilishi mumkin bo‘lgan muammolarning
oldini olish.
Nogiro
nligi bo‘lgan o‘smir bolalarning psixologik rivojlanishida differensial va yakka
yondashuvning ta’siri kattadir amaliy trening, erkin tanlovli texnologiyalarining
transformatsiyalari amaliy
otga joriy etildi. Bu quyidagi texnologiyalar: «Uyim bog‘i» (bola
m
ehnat jarayonlarida oila a’zolari bilan birga qatnashadi), «Xontaxta» (har bir oila dasturxon
atrofida yig‘ilib o‘tiradi, va bu jarayonda insonlarning o‘zaro munosabatlari hamda
harakatlari
ning turli modellari o‘smir kar bolalar hamda ularning oila a’zola
ri bilan birgalikda
ishlab chiqiladi). Mahallalarda oilalar va ularning o‘smir kar farzandlari uchun mahalla faollari
bilan birgalikda hamkorlik muhitda «Oila», «Mening do‘stim», «Mening kelajagim», «Men
fuqaro-
shaxs», «Mening oilada va jamiyatdagi o‘rnim»
kabi mavzularda davra suhbatlari
o‘tkazildi. Har bir tadbir o‘zining korreksion
-
rivojlatiruvchi maqsadi, ta’limiy va tarbiyaviy
vazifalari asosida o‘smir kar bolalardagi nuqsonni tuzatish, yumshatishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
ular natijasida bolalarda ijtim
oiy ko‘nikmalar shakllanishiga erishildi. Bundan tashqari ota
-
onalar hamda kar o‘smir bolalarning boshqa yaqinlarida pedagogik savodxonlik rivojlanishiga
erishildi. Kar va zaif eshituvchi o
‘smir bolalar tadbirlar va treninglar davomida egallangan
bilim, ko
‘nikmalarni mustaqil ishlatishga oid malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar.