www. kokanduni.uz Shukur Xolmirzayev ijodida qabarib turgan mavzular borki, ularning ham aslida adib
siyratidan qahramonlari ruhiyatiga ko‘chganiga shubha qilmaymiz. Bu xarakter qirralarini
sanashga harakat qilamiz:
- Davrlar va tuzumlardan xoli, k
o‘
ngil olamida yashash
(“Olabo‘ji” da Ulton, “Dinozavr”da
Mahkam, “Quyosh
-ku falakda kezib
yuribdi”da Misir, Zumrad). Bu qahramonlarning
yaratilishi tabiiy edi. Adibning o‘zida aynan shunday tuzumlarga parvo qilmay, ko‘ngil
olamida yashash g‘oyasi. Xidir Chorshanbiyevning xotiralarida qayd etilishicha, adib uning
ijodiy mashqlarini ko‘rib, shunday maslahat bergan: “Qushlar” turkum lavhalardagi “Ona”
lavhasini o‘qib chiqib, “Xidirjon to‘g‘ri yo‘l topibsan, lavoziming vaqtincha, ko‘proq yozaver,
ammo partiyani qo‘shma.Partiya vaqtincha, o‘tib ketadi, ishonma”, dedilar. Meni misoli
elektr toki urdi.
Nahotki, shunday katta yozuvchi partiyaga ishonmaydi, deb o‘yladim”.
-
Nafsidan ustun bo‘lish (“O‘zbek xarakteri”da Eson, “O‘zbekning soddasi”da ota,”Qariya”
Qo‘ziboy chol) Adibning o‘zi e’tirof etganidek: “Shodmonbek, xudo shohid, men hech qachon
boylikk
a ruju qo‘ygan emasman. Ammo ko‘p yillardan buyon davlat idorasida ishlamaganim
uchun maosh olmayman. Qalam haqqi esa... ba’zan uncha
-
muncha bo‘lsa, ba’zan aytishga ham
arzimaydi. Xo‘sh, ana shu tanqislik sabab moshinamni sotdim
-
da. Yo‘g‘asam, u menga “qanot”
edi...” Yozuvchining qiziga yozib qoldiradigan kichik xatlardan shu satrlarini o‘qirkanmiz,
adib naqadar qanoatli, nafsini jilovlagan inson bo‘lganiga amin bo‘lamiz: “Sayyorajon! Bugun
shanba, soat 4:10. Tirikchilik g‘amiga tushdim. Ertalab jahon bo
rgan edi, bir chelak gilos terib
berdim. Pul uchun rahmat. Zo‘rg‘a yetib keluvdim.”
-
haqiqatgo‘ylik (“Ustoz”da
shogird, “Qish hangomasi”da O‘sar, “Tikan orasidagi
odam”da Mirhaydar ,“
Kechagi kun kecha
”
da Kamol
,“
O
g‘
ir tosh k
o‘
chsa
”
asarida rassom yigit,
“O‘zbek bobo” Amirqul polvon, Shokir, “Nasib etsa” hikoyasida Elyor). Yozuvchining
qalamiga mansub “Qadim Baqtriya tuprog‘ida” essesi zamonasi yasagan mafkura qolipiga
mos kelmasa-da Vatanining va xalqining tarixi haqidagi haqiqatni
aytishga jur’at qildi.
H
olbuki, sovet sodiq malaylari har bir so‘zni senzura elagidan o‘tkazayotgan bir davr edi.
Haqiqatni tasvirlash va uni anglatish adibga realistik yozuvchi degan ta’rifni berdi.
-
tabiatsevarlik (“Jarga uchgan odam” Islom, “Qush tili”da Qamariddin, “Sog‘inch”da
Ismat, “Bandi burgut” Yo‘ldoshboy,”Olabo‘ji”da Ulton, “Kulgan bilan kuldirgan” Ehson,
“O‘zbek bobo” Amirqul polvon,) Shukur Xolmirzayev tabiatni sevgan. Toshboyev
xotiralaridan birida adibning tabiatga, zaminga bo‘lgan mehri
ni eslar ekan, u mana bu tasvir
hamda adibning xitobiga urg‘u beradi: “Bog‘ nihoyatda mehr bilan parvarishlangan: turli
atirgul va mevali daraxtlar har qanday yo‘l o‘tkinchining havasini keltirar, yerga bunchalik
mehrining sirini so‘rasangiz:
-
Bog‘iga bir
tup nihol qadamagan odamning vatan haqida
yozganiga kim ham ishonadi?! -
deya savol ohangida gap qotar edi.”
-
erksevarlik ( “Bandi burgut”da burgut, “Ozodlik”da Mansur, “Ostin
-
ustun”, “Qora
kamar”da Hurrambek...) Yo‘ldosh Solijonov ta’biri bilan aytganda: “...o‘z xohish istagin
i
xohlagan paytida amalga oshiradigan odam edi Shukurjon! Balki, qahramonlarining
erkinlikni istashi, buning uchun o‘zini ayamasligi, hatto mushtlashishgacha, qo‘liga miltiq
olishgacha borishi shundandir? Axir yozuvchi shaxsi uning ijodida, qahramonlari tasvirida
namoyon bo‘ladi
-
ku! Ha, Shukur Xolmirzayev to‘g‘risida o‘ylaganimda ko‘z o‘ngimda har
doim OZOD, ERKIN INSON gavdalanaveradi.”
Bundan tashqari, adibning KITOBSEVARLIK fazilati o‘zi yaratgan qahramonlariga ham
o‘tgan. Ya’ni yozuvchi o‘zining xayolin
i band etgan jahon durdonalarini qahramonlarining
qo‘liga tutqazgan va yoki mashhur shoirlarning baytlari
-yu, tarixiy- ilmiy kitoblarning
mazmuni bilan qahramonlarining intellektual saviyasini o‘stirgan. Jumladan, “Olabo‘ji”
romani voqealari Ulton Ernest