www. kokanduni.uz Shukur Xolmirzayevning ma’naviy olami va uning ba’zi qirralari qahramonlarida aks
etishi barobarida yaratilgan qahramonlarining xislati-yu, xususiyatlari jamlanmasidan
adibning komil insoni, ideal shaxs haqidagi xulosasini tasavvur etishimiz mumkin. Abdulla
Qodiriy: “Yozuvchining, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs
ekanini
g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida asosan o‘z tabiatini,
ruhini tasvirlaydi” –
degan haqli e’tirofni aytgan. “Yozuvchi o‘zi to‘g‘risida gapirmoq uchun,
albatta, iqrornoma yoki kundalik shakliga murojaat qilmog‘i shart emas”. Sir
emaski, Shukur
Xolmirzayev o‘z ma’naviy dunyosiga har kimni ham yo‘latavermaydigan, “Tabiat
-men-
adabiyot” uchligiga sadoqatli bo‘lib yashagan adibdir. Bu haqida shogirdlari o‘z xotiralarida
qayd etganlar. Erkin A’zamning “Do‘rmon asiri” essesida, O. Toshboyevning “Men yomon
yozuvchi emasman.
..”, Qo‘chqor Norqobilning “U adabiyot uchun yashadi” kabi esselarida adib
shaxsiyati va ijodining ayni shu jihatlari haqida fikrlar bor.
Nazar Eshonqul adib haqida shunday deydi: “...Uning oddiy chaylada yashashga u
rinishi,
oddiy tabiat qo‘yniga qochib ketishi hammasi odamlardan bezgani uchun emas, balki o‘zining
adabiy-estetik qarashlari kabi oddiylikdan buyuklik izlashini anglatadi. U buyuklikni shu
oddiylikda deb bilardi. U hayotdan oddiy kamtar ma’no izlab o‘tdi.
Uning goh Boysunga, goh
dashtni esl
atadigan, hech qanday sharoiti yo‘q Do‘rmondagi bog‘iga qochib ketishi
-
hammasining orqasida oddiylik va samimiylikka, tabiiylikni qumsashi va ana shu istak
yotadi.”
Nazar Eshonqul ta’kidlaganidek, xuddi adibning o‘zi ka
bi tabiiylikni sevadigan, oddiy
turmush tarzini dabdaba-
yu as’asalardan afzal ko‘ruvchi qahramonlari talaygina. Jumladan,
uning “Olabo‘ji” romanidagi Ulton obrazi bu jihatdan fikrimizga yorqin isbotdir.
Adabiyotshunos M.Qo‘chqorova: “
Roman bosh qahramoni asli tarix-arxeologiya
fakultetini tugatgan, ammo qishloq maktabida tabiatshunoslik fanidan dars berib yurgan yigit
Ulton Sultonovdir. U nihoyatda halol, tabiat shaydosi, atrof-muhitning ifloslanib
ketayotganidan qattiq tashvishlanadi. Shuning uchun tez-tez matbuotda ekologik muammolar
haqida jiddiy maqolalari bilan ishtirok etadi. O‘zini tabiat qo‘riqchisi deb biladi, jonzotlarni,
Olatog‘ va uning bag‘ridagi ona tabiatni cheksiz mehr bilan sevadi. Ammo uning tabiatga,
jamiyatga bo‘lgan mehri
-muhabbati, mehnati hech bir tamalarsiz kechadi
.” Olima Ulton uchun
Mengziyo Safarov va adibning o‘zi qisman prototip bo‘lgan deb hisoblaydi. Har ikkalasining
tarixga, tabiatga va adabiyotga bo‘lgan mehri va yolg‘izlikni xush ko‘rganliklarini hayotiy
hamda badiiy dalillar bilan asoslaydi.
Jumladan: “Ulton tabiatiga xos odamlardan uzoqda kamtarona hayot kechirish, o‘zini
tabiatning bir bo‘lagi deb bilish, bir qarashda jamiyatdagi voqealarga aloqasi yo‘q, zamondan
uzilgan odamday tuyilsa-da, aslida umuminsoniy muammolarga daxldorlik, kuyinchaklik bilan
qaraydigan inson sifatida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ayni shu jihatlari bizga Shukur
Xolmirzayevning hayot yo‘lini eslatadi. “Badiiy obraz o‘zga orqali o‘zini aks ettirish demakdir.
Ijodkor temperamentidan, mijozidan, tabiatidan kelib chiqqan holda obrazga munosabatda
bo‘ladi” –
degan haqli gapni aytadi.
Ijod ahli borki, qahramoniga o‘zining ham, boshqa kishilarning ham u yoki bu jihatidan
oladi, to‘qima “taqdir lavhalarini” uning boshidan kechirishiga zamin y
aratadi. Adib beixtiyor
o‘zining
-
da o‘y
-xayollari, yashash tutimini obrazga, uning harakatlariga singdirgan. Adibning
qahramonlari (aslida o‘zi) uzlatga chekinish, o‘zini o‘z xayollari bilan yolg‘iz qoldirish va shu
sokinlik sabab, qalb shiviriga quloq tut
ishga, o‘zini anglashga erishganlar.
Shukur Xolmirzayev ijodida YOLG
ʻ
IZLIK
ko‘zga tashlanadigan tushunchalardan biri.
Aynan shu uzlat sabab adib kuchli asarlar yarata oldi. Yolg‘izlikning ijod ahli uchun naqadar
muhimligini Gyotening iqroridan ham anglash
mumkin: “...Agar men o‘zimni saroydagi amal
va vazifalarimdan olib qochib, ko‘proq tanholikda yashaganimda edi, yanada baxtliroq
bo‘lardim va ijodkor sifatida ko‘proq ish qilgan bo‘lardim.”