Foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati:
1.
T
o‘laganova S. Ijodkor shaxsiyati va
badiiy qahramon muammosi. ..diss.-Toshkent.:
2019.
2.
Shukur Xolmirzayev zamondoshlar xotirasida.-Toshkent.:
G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
3.
Karim B. “Ruhiyat alifbosi”
-
T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi.
2018.
4.
Jahon adiblari adabiyot haqida. -
T.: Ma’naviyat, 2010.
5.
Qo‘chqorova M.Hard realistic interpretation of society and spiritual and moral
sunset(On the example of Shukur Kholmirzaev’s novel “Olabodzhi”). “ Academicia” an
international multidisci’linary research journal”, 2021
- yil.
–
B 546.
480
www.
kokanduni.uz
XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA TURKISTONDA TA’LIM JARAYONINI YUZAGA KELISHI
VA DARSLIKLAR
Vazira Abdullayeva
Qo’qon universiteti “Ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada yurtimizda ta’lim jarayonini yuzaga kelishi hamda ta’lim
jarayonidagi usullar va darsliklar yuzasidan so’z yuritiladi.
Kalitso’zlar:
ta’lim jarayoni, ta’lim usullari, jadidchilik, usuli,jadid,yangi usul,o’qitish,
darslik.
Ko’p asrlik tariximizda XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimo
iy-
siyosiy hayotning ta’lim
jarayoniga alohida ta’siri mavjudligini ko’ramiz. Ma’lumki, bu davrda O’rta Osiyodagi ijtimoiy
-
siyosiy holat qoniqarli tusda emas edi. Bu jarayon albatta xalqning bilim olish va jahon
sivilizatsiyasiga yuz tutishiga o’zining salby ta’sirini ko’rsatib ulgurgan edi.
O’
rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga kelib xalqning or-nomusi,
aql-
idroki, zakovat va matonatini ko’rsatib, xalqni bilim olishga undovchi ziyoli, vatanparvar
shaxslar yuzaga kela boshladi. Bunday shaxslar jadid atamasi ostida maydonga keldilar.
Jadidlar harakat sifatida shakllanib bordi va ular xalqni bilimli bo’lishlari yo’lida bir
qator amaliy ishlarni amalga oshirdilar. Jadidchilik harakatining tamal toshi jadid
maktablaridir. Bu harakatning a
sl maqsadi millatning o’zligini tanitis
h, ijtimoiy-siyosiy
tuzimni tubdan isloh qilish. Bu maqsadga erishish uchun yangi avlodni o’qitish masalalariga
alohida e’tibor berish kerakligini ular tushunib yetgan edilar.
XVI asrdan boshlab Turkistonda gi vaziyat jahon taraqqiyotida butunla uzulib qolgan,
buning ustiga mustamlaka tuzumi tufayli parokanda ahvolga tushgan, mahalliy maktablar va
ta’lim
-tarbiya tizimi bilan bu buyuk vazifani bajarish mumkin emas edi. Shuning uchun
mahalliy maktablarni tubdan isloh qilish, zamon talablariga javob bera oladigan maktablar,
oily o’quv yurtlari tashkil qilish jadid namoyandalarining birlamchi va asosiy vazifasiga
aylandi. Ular “usuli jadid” maktablarini vujudga kelishi bilan an’anaviy o’qitish usullarini
tubdan isloh qilis
h,o’qitishning yangi usullarini ishlab
chiqish va shu usullar zaminida
darsliklar, o’quv qo’llanmalarni yaratsih jadid pedagogikasining dolzarb masalasiga aylandi.
Jadid pedagoglarining o’qitish metodlari sohasidagi faoliyatlari asosan, ularning darslik va
o’quv qo’llanmalarida o’zifodasini topgan. O’qitishda ko’rgazmalilik, ifodali o’qish, uning
turlari, ularda texnik vositalardan foydalanish, og’zaki va yozma nutq o’stirish usullari kabi
ona tili va adabiyot o’qitishning muhim masalalari ishlab chiqildi.
Bu borada Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidrasul Saidaziziy,
Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda kabi pedagoglar maktablar
uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yaratdilar.
Turkistonda
yangi
usuldagi
maktablarni
ochilishida
Munavvarqori
Abdurashidxonovning
o’rni juda katta bo’lgan. U 1901 yilda Toshkentning Shayxovand Tahur,
keyinchalik boshqa dahalarda ham birinchi yangicha maktablarni ochishga erishdi. Bu
maktablar “usuli jadid” maktablari deb yuritila boshladi.
Munavvarqori Abdurashidxonov bunday maktab
larga kundalik o’quv
-tarbiyaviy ishlari
uchun dastur va o’quv darsliklar yaratishishlariga bel bog’ladi. Munavvarqori
Abdurshidxonov 1907 yilda yangi usuldagimaktablar uchun “Adibi avval” darsligini yaratadi.
Mazkur
darslik o’zbek tili va yozuvini deyarli ilk bor alifbolaridan bo’lib, bu darslik
maktabning boshlang’ich sinf lariga tavsiya qilingan. Bu darslik Saidrasul Saidazizning
“Ustodi avval” darsligi bilan bir xil vaqtda darslik sifatida chop etildi.
|