541
www.
kokanduni.uz
ADABIY KOGNITIVIZMNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI (DEVID MERRILLNING
–
“KOMPONENTLARNI KO‘RSATISH” NAZARIYASI MISOLIDA
)
Abduqodirova Madina Rustamxo‘ja qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshk
ent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti o
‘zbek tili va
adabiyoti magistratura mutaxassisligi II bosqich talabasi
Annotatsiya:
Kognitivizm yetakchi nazariyalardan biri bo‘lib, psixologiya va
pedagogikada keng qo‘llaniladi. Kognitiv ta’lim –
o‘qu
vchilarga aqliy qobiliyatlarini maksimal
darajada rivojlantirishga xizmat qiladi, ularning darsdagi faolliklarini oshiradi, o‘quv
jarayonini to‘liq qamrab oladi.
M. Devid Merrill ham kognitiv yondashuvga asoslangan
“Komponentlarni Ko‘rsatish”
nazariyasi(Component Display Theory (CDT)) deb nomlanuvchi
ikki tomonlama o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadi.
Kalit so‘zlar:
kognitivizm, kognitiv ta’lim, “Komponentlarni ko‘rsatish nazariyasi”, Devid
Merrill
Kognitivizm 1960-yillarda dominant paradigma sifatida b
ixeviorizm o‘rnini egall
agan
bo‘lib, unda ichki aqliy faoliyatga qaratilgan –
inson ongining “qora qutisi” ochilishi va
tushunilishini eng asosiy omil sifatida qaraladi va bunday qarashlar Devid Nanen (David
Nunan), Ken Gudmen (Ken Goodman), Devid Rumelhart (David Rumelhart) kabilar
tomonidan ilgari suriladi [1,45]. Ushbu jarayonda
i
nson miyyasida sodir bo‘ladigan fikrlash,
xotira, bilish va muammoni hal qilish kabi aqliy faoliyatlar tadqiq qilib o‘rg
anilishi lozim
hisoblanadi.
“Kognition” deganda esa fikr
, tajriba va sezgilar orqali yangi bilim yoki
ma’lumotlarni o‘zlashtirishning, idrok etishning aqliy harakati yoki jarayoni tushuniladi [2]. U
idrok, diqqat, fikrlash, aql, bilimni shakllantirish, xotira, mulohaza yuritish va baholash,
fikrlash va hisoblash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish, tilni tushunish va ishlab
chiqarish kabi aqliy funksiya va jarayonlarning barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi. Kognitiv
fanlar 1950-yillarda intellek
tual harakat sifatida boshlangan, ko‘pincha
kognitiv inqilob deb
ataladi. Kognivitizm psixologik nuqtayi nazardan esa xotira, idrok etish, diqqat, tildan
foydalanish muammolarni hal qilish, ijodkorlik va fikrlash kabi aqliy jarayonlarni ilmiy
o‘rganish his
oblanadi.
Bixeviorizm nazariyasiga javoban, odamlar shunchaki atrof-muhit stimullariga javob
beradigan “dasturlashtirilgan mavjudot” sifatida emas, odamlar o‘rganish uchun faol
ishtirokni talab qiladigan, tafakkur orqali harakatlanadigan ongli mavjudotlardir.
O‘quvchining boshida sodir bo‘layotgan narsalarning
belgisi sifatida xulq-atvordagi
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Kognitivizm ong metaforasini kompyuter sifatida ishlatadi: ma’lumot
keladi, qayta ishlanadi va ma’lum natijalarga olib keladi. Shuningdek, kit
obxon badiiy asarni
o‘qish jarayonida ham kognitiv faoliyatni bevosita amalga oshiradi. Ya’ni badiiy asar bilan
tanishish yoki uni mutolaa qilish davomida asar va uning qahramonlari haqida o‘ylay
boshlaydi. Fitrat adabiyot haqida “Adabiyot
-
fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar
yordami bilan tasvi
r qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqunlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif
adabiyotning to‘g‘ri ta’rifidir. Shu bilan yozilg‘an asarlarga adabiy asar deyiladi”[3.13]. Ushbu
keltirilgan adabiyot ta’rifi
dan ham uning kognitiv faoliyani amalga oshirish va
rivoj
lantirishdagi o‘rni katta ekanligini ham ko‘rishimiz mumkin. Kitobxon asarni o‘qishdan
oldin u haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi, faqat asarni o‘qish davomida yangi
ma’lumotlar bilan tanishadi, fikraydi va o‘ziga xos xulosa chiqaradi yoki badiiy
asar orqali
o‘quvchiga “…. insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijtimoiy
-ruhiy faoliyati mahsuli
sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadi”[4,42]. Kognitivizm ham adabiyot orqali
kelayotg
an ma’lumotlarni inson ongida tahlil qiladi, uni fikrlash
ga xulosa chiqarishga undaydi.
|