Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Xoliqov A.A. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratini
rivojlantirish. - Toshkent, 2015 y. 9-b.
2.
Педагогическая акмеология: коллективная монография / под. ред. О. Б.
Акимовой; ФГАОУ ВПО «Рос. гос. проф.
-
пед. ун
-
т». Екатеринбург, 2012. 24
-55
632
www.
kokanduni.uz
TA'LIM SIFATI
‐
YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINI YANADA YUKSALTIRISHNING
MUHIM OMILI
Sirojiddinova O‘g‘iloy Mansurjon
qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
3-kurs 1-20-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimi, ta'lim sifatini
oshirish borasidagi olib borilayotgan i
shlar, yangiliklar, Yangi O‘zbekistonda ta'limga berilgan
e'tibor haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘z:
Yangi
O‘zbekisto
n,
ta'lim tizimi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta'lim
sifati, o‘qituvchi.
Bir insonning voyaga yetib, barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida tarbiya nechog‘lik zarur
bo‘lsa, ta’lim ham xuddi shunday yuksak o‘rinlarda turadi. Odamzod yaratilibdiki, unga
Alloh
taolo tomonidan bir his singdirilgan. Bu bilish hissi bo‘lib, inson tug‘ilgandan to vafot etgunga
qadar bilmaganlarini bilishga va
bilganlarini boshqalarga o‘rgatishga harakat qiladi. Jamiyat
hayotida ta’limning roli va ahamiyati juda katta. Jamiyat
qanchalik kuchli, bilimli, salohiyatli
insonlardan tashkil topsa, davlat shunchalik rivojlanadi, taraqqiy topadi. O‘z oldiga ulkan
marral
arni qo‘ygan, yuqori rivojlanish pozitsiyasiga erishmoqchi bo‘lgan har bir davlat,
avvalo, ta'lim sohasiga e’tibor qaratishi lozimligi barchamizga ma’lum. Shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ham ta'limga e’tibor qaratish‐kelajakka e’tibor qaratish, yu
ksak
marralar uchun zamin hozirlash, har tomonlama rivojlanish uchun asosiy yo‘llardan biri
sifatida qaraladi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston bosib o‘tgan yo‘lga nazar soladigan
bo‘lsak, e'tiborimizni, avvalo, xalq faravonligi va iqtisodiy barqarorlikni
ta'minlash borasida
qilingan ishlar tortadi. Shu bilan birgalikda, ushbu jarayonlarda ta'lim tizimi rivojiga ham
aloh
ida ahamiyat berilganining ham guvohi bo‘lamiz.
So‘zimiz isboti sifatida O‘zbekistonning MDH davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib
1997
‐
yilda ta'limning barcha tizimini bosqichma
‐
bosqich isloh qilishni nazarda tutuvchi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni ishlab chiqqanini aytishimiz mumkin. Shunday bo‘lsa
ham O‘zbekiston ta'lim tizimida bir qancha oqsashlar kuzatilgani ham yolg‘on ema
s. Uzoq
yillar davomida o‘qituvchi kasbining jamiyat tomonidan kamsitilishi, uning sha’ni, qadr
-
qimmatining himoya qilinmasligi, o‘quvchi‐talabalarning o‘qishga faqatgina majburiyat uchun
borishi, malakasiz o‘qituvchi va tarbiyachilar, ta'lim tizimidagi ortiqcha qog‘ozbozlik shular
jumlasidandir. Avvalo, ta'lim tizimi haqida gap ketganda, k
o‘z oldimizga o‘qituvchi siymosi
gavdalanadi. Ta'lim sifatining qanchalik yuqori bo‘lishi, o‘quvchilar o‘zlashtirish
salohiyatining ortib borishi, dars mashg‘ulotlarining
samarali tashkil etilishi, albatta,
o‘qituvchining bilim saviyasiga, iqtidoriga bog‘l
iqdir. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatyotgan ayrim holatlar ko‘nglimizni xufton qiladi. Ularning birida o‘qituvchi o‘z o‘quvchisi
tomonidan kaltaklanadi, yana boshqasida esa ota
‐onalar tomonidan o‘qituvchi sha'niga to‘g‘ri
kelmaydigan haqoratlar q
ilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
o‘qituvchi shaxsi xususida to‘xtalib: “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan
ma'rifatparva
r xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng
aziz va hurmatli, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman.
Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta'lim berib, mehribon ota
‐
onalarimiz
qatorida tarbiyalagan.
Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratya
pmiz. Bunda
bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir” –
degan fikrlarni aytadi. Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish maqsa
dida ko‘pgina amaliy ishlar
|