Kirish. Milliy mafkuraviy ongni shakllantirish va rivojlantirish, aslini olganda oila qurish,
unda farzandli bo‘lish jarayonidan boshlanadi,desak
ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Chunki,birinchi navbatda oilaning qonuniy tarzda
“Oila
va
nikoh”
kodeksi talablariga mos
ravishda
qurilishi,so‘ngra,ushbu
qonun talablarini buzmasdan milliy qadriyatlarimizga
asoslangan holda diniy (sha’riy) nikohdan o‘tish
amalini bajarish oila qurishdagi milliy
mafkuraviy ongni shakllantirish va rivojlantirishning xalqchil talablaridan biri hisoblanadi.
Ona homilasi qanchalik halollikka asoslangan
bo‘lsa,
tug‘ilajak
farzandning nomi ham
shunchalik pokiza bo‘ladi. Ana shu pokizalik tufayli
ota-ona farzandining butun umr davomida
milliy qadriyatlarimizning shukuhi asosida mafkuraviy ongining shakllanishi va rivojlanib
borishiga tamal toshini
qo‘ygan
bo‘ladi.
Boshqacha tanlangan
yo‘l,
ya’ni
nikohsiz
tug‘ilgan
farzand qanchalik iqtidorli, oqil bo‘lmasin, baribir,u qandaydir bemaza
gap-
so‘zlarning
qurboniga aylanib, mafkuraviy ongining izdan chiqib axloqiy-
ma’naviy
tanazzul sari
yo‘l
tutishiga olib keladi. Bunday
holatlarning sodir bo‘lishi oilaning inqirozga uchrashiga,
mahallada esa axloqiy-
ma’naviy
muhitning yomonlashuviga sabab
bo‘ladi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan
«uzluksiz ma’naviy tarbiya» siyosatining bosh
maqsadi,bir qator umuminsoniy va milliy
tarbiya shakllarini (iqtisodiy, axloqiy, huquqiy, estetik, badiiy, ekologik, diniy tarbiya va
boshqalar)
uyg‘unlashtirgan
holda yoshlarimizning milliy mafkuraviy ongini shakllantirish va
zamon talablari darajasida rivojlantirishdan iborat. Bulardan ajralgan holdagi, qandaydir
mutlaq ahamiyatga ega
bo‘lgan
”ma’naviy
tarbiya”ning
o‘zi
yo‘q.
Bularning ichida
“
axloqiy
tarbiya
”
ustuvorlik ahamiyat kasb etadi.