www. kokanduni.uz D.Nunan ham “pastdan yuqoriga”, ham “yuqoridan pastga” yondashuvini baravar
qo‘llaydigan “diktogloss” texnikasi haqida ma’lumot beradi. Unda o‘qituvchi matnni odatiy
tezlikda o‘qib eshittiradi. O‘quvchilardan imkoni boricha so‘zlarni qayd etish so‘raladi. Keyin
o‘quvchilar guruh bo‘lib, o‘zlari qayd etgan so‘zlariga tayanib, eshitgan matnni qayta tikla
nish
so‘raladi.
Diktogloss texnikasi quyidagi to‘rt bosqichdan tashkil topadi.
1.
Tayyorgarlik.
2.
Matnni o‘qib eshittirish.
3.
Matnni tiklash.
4.
Tahlil qilish va xatolarni to‘g‘irlash.
Birinchi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni tayyorlaydi. O‘qilishi re
jalashtirilayotgan
matn mavzusiga aloqador savollar beradi, yoki shunga aloqador rasm ko‘rsatadi.
Ikkinchi bosqichda matn ikki marta o‘qib eshittiriladi. Birinchisida o‘quvchilar matnni
shunchaki eshitadilar. Ikkinchisi marta eshitish davomida o‘zlari muhi
m deb bilgan narsalarni
qayd etadilar.
Uchunchi bosqichda guruh bilan birgalikda o‘z qaydlari asosida matnni qayta tiklaydilar.
To‘rtinchi bosqichda o‘quvchilar tomonidan tiklangan matnlar original bilan qiyoslanadi.
Eshitib tushunish malakasini shakilantirishda nutqni turli maqsadlarda eshittirish
muhumdir. Buning uchun tushunishni aks ettirishi lozim bo‘lgan topshiriqlar turli xarakterda
bo‘lishi kerak. Masalan, ma’lum joy yoki predmetning tavsifini eshitib, uni rasmda ifodalash,
ma’lum sayohat tafsilotl
arni eshitib, sayohatchilar marshrutini belgilash (ular borgan joylarini
tartib bilan yozish), tushurib qoldirilgan so‘zlarni yozish, eshitgan nutqi asosida
ma’lumotlarni tavsiflash kabi. Shunindek, eshittiriladigan nutq ham turli xarakterga bo‘lishi
lozim: monolog, d
ialog, suhbat, munozara. Mazkur turfa xillik o‘quvchiga nutqning turli
jihatlariga e’tibor qaratish ko‘nikmasini shakllantiradi. Albatta, nutq mavzusi bolaning
yoshiga mos ravishda qiziqarli bo‘lishi kerak.