Insulin yetishmasligida ketoatsidoz bilan kechadigan og’ir turidir. Bu holatda qonda keton tanachalari (atseton, atsetonsirka kislota, V-oksimoy kislota) miqdori keskin ortadi.
1). Agar bemor yengil ketoatsidoz darajasida bo’lsa, tez charchash, behollik, uyqu bosish, quloq shangillashi, ishtahaning pasayishi, ko’ngil aynishi, og’iz qurishi, chanqash, tez-tez siyishdan shikoyat qiladi. Bemor og’zidan atseton hidi kelib turadi.
2). O’rta darajali ketoatsidozda (koma oldi holati) doimiy kongil aynishi, tez-tez qusish, korishning pasayishi, hansirash, kuchli chanqash, atrof-muhitga befarqlik, tez-tez siyish kuzatiladi. Koma oldi davri 12 soatdan 23 kungacha davom etishi mumkin. Bemorning hushi o’zida, savollarga sekin, kechikib, bir xil, noaniq ovoz bilan javob beradi.
3). Og’ir darajadagi ketoatsidoz holatida esa teri quruq, sovuq, hurpaygan. Lab quruq, yorilgan. Til to’q qizil, chetlarida tish izlari bor. Karash bilan qoplangan. Quruq, kulrang qoplama bor. Agar davo qilinmasa, bemor ahvoli og’irlashadi. Savollarga javob bermay qoyadi. Hushi yoqoladi. Nafas olishi Kussmaul tipida, puls kichik, bradikardiya, qon bosimi 80/40 mm.sim.ust. va undan ham past, gipotoniya, siydik yoqoladi. Tana harorati tushadi.