21
Original modellarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Model tabiiy obektning aynan nusxasi bo’lishi kerak
2.Original model o’zida elementlarning murakkab tuzilishini namoyon eta olishi kerak.
3.Tabiiy obektning hamma xususiyatlari original modelga to’g’ri kelishi kerak.
4.Model
evristik funktsiyaga ega bo’lishi kerak. Yani u yangi g’oyalar bera olishi va
uni amaliyotda sinab ko’rish imkoniyati bo’lishi zarur.
Masalan:
a)
T –H so’z birikmasining modeli.
( tobe – hokim )
b) O’Pm minimal sodda gapning modeli. M: Bordim, yozding. Va h.k.
Gipotetik (
nazariy) modellarga xos xususiyatlar sifatida o’z-o’ziga zid emaslik, tavsifning
to’liqligi, modelning soddaligi xisoblanadi.
Yaratuvchi modellar tilshunoslik rivojlangach yuzaga keldi. Bunda lingvistik modellar bor
narsani tekshirishdan o’tib o’zi ham yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi.
Yaratuvchi modellar invariant asosida variantlar haqida xulosa chiqariladi.
Quyida ingliz tili grammatikasining modeli namunasini keltiramiz.
Shu namuna asosida
(albatta, har bir tilning o’z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda) boshqa tillarning ham
modelini
ishlab chiqish - formallashtirish mumkin bo’ladi. Đngliz tili grammatikasining
butun modeli juda
katta hajmga ega. Bunda o’quv materiallarining hajmidan kelib
chiqqan holda nisbatan
qisqartirilgan model keltiriladi. Gaplarni tadqiq qilishning uch bosqichli ko’rinishi umum
tomonidan tan olingan:
1)
so’zlar (so’z turkumlari);
2)
frazalar (gap bo’laklari);
3)
gaplar (gap konstruktsiyalarining sxemalari).
Dostları ilə paylaş: