Kon ishlari asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə85/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Yk = (100 Qk)/Qboy; Yr = (100 Qr)/Qboy.
  1. Foydali qazilma massasini bo‘lak o‘lchamlari bo‘yicha saralash va uning granulometrik tarkibi




Kon massasini undagi bo‘laklar o‘lchamlari bo‘yicha ikki yoki undan ortiq sinflarga ajratish kon massasini bo‘laklar o‘lchami bo‘yicha tasniflash deyiladi. Kon massasini bunday tasniflash ikki usulda bajariladi:


  1. bo‘laklarning o‘lchamlari bo‘yicha saralash;


  2. suv yoki havo muhitida tasniflash.


Bo‘lakdor va zarrasimon materiallardan tashkil topgan kon massasini turli kattalikka ega bo‘lgan bo‘lak sinflariga ajratish kon massasini bo‘laklar o‘lchami bo‘yicha saralash (грохочение) deb ataladi. Bo‘laklar bo‘yicha kon massasini saralash qo‘zg‘almas panjarali saralagich qurilmasi (колосниковая решетка) yordamida amalga oshiriladi.

Bu qurilma orasi ochiq panjaralardan tashkil topgan bo‘lib, gorizontga nisbatan ko‘mirni saralashda 40—45° burchak ostida, rudani saralash uchun esa, 30—35° burchak ostida o‘rnatiladi. Bunda kon massasi panjara qiyaligi bo‘yicha o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida harakatlanib, yirik bo‘laklar panjara ustidan o‘tib ketadi, maydalari esa panjara ostiga tushadi. Ikki panjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Saralagich qurilmasining kengligi saraladigan kon massasi tarkibidagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan kamida 2—3 marta katta, uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo‘lishi kerak. Saralagich panjaralari turli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: trapetsiyasimon, doira, kvadrat va h.k.

Panjaralar temir yo‘l relsi, shveller va boshqa prokat materiallardan yasalgan bo‘ladi. Saralash natijasida saraluvchi material ikkiga — panjara usti mahsuloti (panjara ustidan o‘tib ketgan bo‘lak va zarralar) va panjara osti mahsuloti (panjaradan pastga o‘tib ketgan bo‘lak va zarralar)ga ajraladi.

Panjara usti mahsuloti +d sinfi, panjara osti mahsuloti esa, — d sinfi jeb ataladi. d —ikki panjara o‘rtasidagi masofa, mm (+d>d—l).

Boyitish fabrikalarida dastlabki saralash, yordamchi saralash, mustaqil saralash, tanlab saralash va suvsizlantiruvchi saralash usullaridan birin-ketin foydalaniladi.

Dastlabki saralash usuli materialni bir necha sinflarga ajratib, keyinchalik ularga alohida qayta ishlov berishni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.

Yordamchi saralash usulidan dastlabki saralash natijasida olingan mahsulotdan qayta ishlashga yaroqli tayyor material sinfini ajratib olish, qolgan qismini esa, maydalash zarur bo‘lgan sinfga ajratishda foydalaniladi.

Mustaqil saarlash usuli tayyor mahsulot ko‘rinishiga ega bo‘lgan materiallarni kattalik o‘lchamlari bo‘yicha sinflarga ajratishda qo‘llaniladi (bu usulda ruda, ko‘mir, qurilish materiallari saralanadi).

Tanlab saralash usuli tarkibida turli qattiqlik, pishiqlik va boshqa sifatlarga ega bo‘lgan bo‘laklardan tashkil topgan, shuningdek, bo‘laklar tarkibida qimmatbaho komponentlar mavjud bo‘lgan foydali qazilmalarni boyitishda qo‘llaniladi.

Suvsizlantiruvchi saralash usuli donador (zarralardan tashkil topgan) materiallardan suvni (loyqani) chiqarib tashlash maqsadida qo‘llanadi.

Saralash jaryonlarida mayda materiallarni yiriklaridan to‘la ajratib olish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli mayda zarralarning bir qismi panjara usti mahsulotlariga o‘tib ketadi. Miqdori jihatdan saralash natijalarini baholash maqsadida saralashning samaradorligi deb ataluvchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi.

Saralash samaradorligi (E) amalda olingan panjara osti mahsulotni (C) saralanadigan material massasi (Q) ga nisbati orqali aniqlanadi:

it 104 C


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin