Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə85/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

II-Bosqich-investitsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish ko‘zda tutilgan.
- eksport va importni hisobga olgan holda;
- mahsulotga yoki xizmatga bo‘lgan talabni o‘rganish;
- mahsulotga (xizmat) tayanch, joriy va istiqboldagi baholarni o‘rganish;
- loyihani realizatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy shakli va ishtirokchilar tarkibi holida taklif tayyorlash;
- yiriklashtirilgan normativ bo‘yicha taxminiy investitsiya hajmini baholash va tijorat samaradoriligini taxminiy baholash.
- chiqish ruxsat hujjatlarini tayyorlash, TIA bo‘limlari bo‘yicha tahminiy baho tayyorlash, jumladan loyiha samaradorligini baholash;
- asoslangan investitsiya imkoniyatlari natijalarini tasdiqlash;

  • loyiha-izlanish ishlari, kontrakt hujjatlarini tayyorlash. Investitsiya imkoniyatlari tadqiqot maqsadi – potensial investor uchun investitsiya takliflarini tayyorlash. Agar investorga ehtiyoj bo‘lmasa va barcha ishlar o‘z mablag‘i hisobiga olib borilsa, unda loyihaning TIAni tayorlash bo‘yicha moliyalashtirish haqidagi qaror qabul qilinadi.

III-Bosqich – loyiha TI asosnoma to‘la hajmda quyidagilar ko‘zda tutiladi:

  • to‘la hajmdagi marketing tadqiqotlarini olib borish;

  • mahsulotni (xizmatni) realizatsiya qilish uchun dastur tayyorlash;

  • chiqish-ruxsat hujjatlarini tayyorlash;

  • texnik qarorlarni ishlab chiqish, jumladan general rejani;

  • gidroqurilish, arxitektor-rejalashtirish va qurilish qarorlari;

  • injener ta’minoti;

  • fuqarolar xavfsizligi, tabiat muxofazasi tadbirlari;

  • qurilishni tashkil etish tavsifnomasi;

  • fuqarolar uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar;

  • korxonani boshqarish tizimi, ishchi xizmatchilar ishini tashkil etish bo‘yicha tavsifnoma.

Smeta moliya hujjatlarining shakllanishi; ishlab chiqarish xarajatlarini baholash; kapital xarajatlarni hisoblash; korxona faoliyatidan keladigan yillik tushumni hisoblash; oborot kapitaliga ehtiyojni hisoblash; loyiha va tavsiya etilgan loyihadagi moliya manbalarni hisoblash; chet el valyutasiga taxminiy ehtiyoj; investitsiya shartlari, konkret investorni tanlash va kelishuvni rasmiylashtirish;
- Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarni baholash;
- Loyihani amalga oshirishni rejalashtirish;
- Loyihaning (byudjet investitsiyadan foydalangan holda) tijorat samaradorligini baholash;
-Loyihani realizatsiya qilishni ta’minlash shartlarini ishlab chiqish.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga bo‘linishlari mumkin.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi;

  • loyiha rahbarining rezyumesi;

  • marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;

  • loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimi;

  • loyihani majmuaviy asoslanishi;

  • loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;

  • ITK ning ta’rifi;

  • loyihaning ekspert xulosasi;

  • loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.


Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin