Koreyashunoslik



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/11
tarix04.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#86601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
S.Feruza

2.2. 1-rasm. O‘zbek muhojirlarning mamlakatlarga ishlash uchun borish ko‘rsatkichlari (2020-yil)19

Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarining hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin boʻladi.


Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim.


Xorijiy ishchilarni Rossiya korxonalariga jalb qilishning asosiy sabablari ma'lum kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishchilar etishmasligi, shuningdek mahalliy aholining taklif qilinayotgan ishlarni bajarishdan bosh tortishi. Bu holat deyarli barcha sanoat tarmoqlariga xosdir, lekin ko‘pincha qazib olish sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun. Xorijiy ishchilarni jalb qilishning boshqa sabablari qatoriga korxonalarning tashkil etilgan jamoalarini saqlab qolish zaruriyati kiradi. Bu birinchi navbatda Rossiyaning shimolidagi neft va gaz va neft qazib olish sanoatining korxonalariga tegishli. Ko‘p yillar davomida bunday ob’ektlarni shtat bilan to‘ldirish nafaqat mahalliy aholini o‘qitish, balki birinchi navbatda xodimlarni tashkiliy yollashga jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
So‘nggi paytgacha mehnat migratsiyasi oqimi deyarli bir tomonlama xususiyatga ega edi: rivojlanayotgan va qashshoq mamlakatlardan rivojlangan va boy mamlakatlarga. Ushbu harakatning bir tomonlama xarakterga ega bo‘lishi asosan demografik sabablarga bog‘liq: rivojlangan mamlakatlarda tug‘ilish darajasining pasayishi va populyatsiyaning qarishi va aksariyat qashshoq mamlakatlarda aholi sonining "o‘ta yuqori" ko‘rsatkichlari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining prognozlariga ko‘ra, Evropa aholisining 2000-2050 yillarda Yerning umumiy aholisidagi ulushi 12% dan 7% gacha kamayadi. Muhojirlar oqimi rivojlangan mamlakatlarga aholining iqtisodiy faol qismini to‘ldirishga imkon beradi va bundan tashqari ishchi kuchini shakllantirish xarajatlarini tejaydi. Rossiya, Belorusiya va boshqa bir qator MDH davlatlari kabi nisbatan rivojlangan mamlakatlar asosan migratsiya obektlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, nazariy jihatdan xalqaro mehnat migratsiyasini ijobiy baholash tobora kuchayib bormoqda: asosiy dalillar biznesning bevosita foydalari bilan bog‘liq.


XULOSA

Mehnat bozori tuzilishi, uning asosiy sub’ektlari va ularning funksiyalarini chuqur tahlil qilgan holda va viloyat mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishlarini tahlil qilib chiqqanimizdan keyin quyidagi xulosalarni chiqarish imkoniyati yuzaga keldi:


Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda mehnat bozorining ahamiyatini yoritib berishda yaqin istiqbolda mamlakatimiz mehnat salohiyati oshib borar ekan, ushbu tendensiya mazkur salohiyatdan samarali foydalanish va ularni iqtisodiyotning turli jabhalariga safarbar etish choralarini ko‘rishni talab etadi.
Bunda davlat o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli dasturlar ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Chunki maqsadli kompleks dastur mehnat bozorining kelajakdagi faoliyatida asosiy tadbirlarni ishlab chiqishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat bozori faoliyatining maqsadli kompleks dasturini amalga oshirishga alohida ahamiyat berish kerak. U qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ishchi kuchiga talab va taklifni kamaytirish; sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarda jonli mehnat va ish joylariga o‘sib borayotgan talablarni qanoatlantirish; ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi bozor muvozanatiga erishish; ishsizlikni kamaytirish; yuqori malakali xodimlarni shakllantirish; mehnat bozori infratuzilmasi ob’ektlarini samarali rivojlantirish; ish bilan band bo‘lmagan shaxslarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi esa ayol mehnat migrantlari asosan xorijda qanday mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishayotgani va ular aynan qanday muammo va qiyinchiliklarga duch kelganini chuqur o‘rgangan holda ularga mehnat faoliaytini olib borishmoqchi bo‘lgan mamlakat tilini o‘zlashtirishda turli xil til kurslarini joriy qilishlarini taklif qilgan bo‘lar edim.
Mehnat bozorini tartibga solishning nazariy-huquqiy asoslari ko‘rsatib berish bilan birgalikda shuni aytib o‘tish kerakki, mamlakatimizda aholining 60 %ga yaqinini mehnat resurslari tashkil etadi. Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Mehnat resurslari tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zahiralarini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo‘shilishlari mumkin.
Ish o‘rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari – iqtisodiyotning ayrim korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, muhim investitsiya loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, chet el investitsiyalari, tijorat banklari kreditlari, korxonalar mablag’lari, aholining yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va yuritishga mo‘ljallangan mablag‘laridan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, viloyatda mehnat resurslarining soni yuqori sur‘atlarda oshib borishi bilan birgalikda, ularning ish bilan bandligi ham oshib bormoqda. Butun mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy nofaol aholi hissasining oshib borishi sharoitida viloyatda mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholining hissasi oshib, iqtisodiy nofaol aholining hissasi esa kamayib borishi yuz bermoqda. Bunga mehnat bozorini davlat tomonidan oqilona tartibga solish borasida olib borilgan faoliyat tufayli erishilmoqda.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin