Koreyashunoslik



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/11
tarix04.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#86601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
S.Feruza

1.1. 2-rasm. Mehnat bozorining asosiy unsurlari4
BMTning statistik ma’lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050-yilga borib, 128 mlnga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln, Germaniya – 23 mln, Rossiya – 33 mln kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi.
Yevropa Ittifoqi hududida migratsion oqimni va o`zga madaniyatdagilar hamjamiyatini tartibga solish bo`yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Yevropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko`tarilmoqda.
Germaniya immigratsiya siyosati o`ziga xos maxsus qoida va an`analardan kelib chiqqan bo`lib, u ko`pgina Yevropa davlatlarida qiziqish uyg`otdi.
Agarda 1973-yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo‘lsa, 30 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich, ya`ni 2002-yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko‘pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo‘lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
2000-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, 2000-yilgacha muhojirlardan tug‘ilgan bolalar bevosita nemis fuqaroligini qo‘lga kiritadi. Balog‘at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-onalarining fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq tanlashlari talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar, sudlanganlar da’vogarlik qila olmaydilar. Shuningdek, nemis tilini o`rganish bo‘yicha test olish majburiy qilib qo‘yildi. Umumiy hisobda 2000-2004-yillar oralig‘ida 191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo`lga kiritishdi. Ularning ko`pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab bo‘ldi. Urush davom etib turgan paytdagi migratsion harakatlar vaqtincha migratsiyadir. Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf – xavfsizroq rayonlarga ko‘chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush tugagandan so‘ng chegaralarning o`zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va boshqalar doimiy migratsion harakatlarga sabab bo`ladi. Ikkinchi jahon urushi boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlari xududida Yevropa mamlakatlar (asosan Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning mag‘lubiyati bilan tugashi va yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq nemislarning deyarli xammasi Germaniya va qisman Avstriya hududiga ko‘chib o‘tdi. Xozirgi paytda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida (asosan Ruminiya va Vengriyada 800 mingga yaqin nemislar yashaydi). Urush davrida va undan so`ng Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`rtasida qaysi millatga mansubligiga qarab aholi ayirboshlash ham bo‘ldi. Bu chegaralarni aniqlash va o‘zgartirish yoki o‘z aholisi milliy tarkibining mumkin qadar bir xil bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash Bolgariya bilan Ruminiya, Polsha va Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o‘rtasida bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushining siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog‘liq bo‘lgan migratsion harakatlar Osiyoda ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining urushda taslim bo‘lishi va u ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o‘z yurtiga qaytishi bilan bog‘liq edi.
1956-yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko‘chib keldi (asosan Xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyoda eng kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkil topishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda yashovchi aholining diniy e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston ko‘chib o‘tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada kuchaydi. 1946-1961-yillarda Yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa qit’alarga ko‘chib ketdi. Italiyadan 1,1 million kishi – asosan Argentina, AQSh va Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950 ming kishi – ko`proq Kanada, Avtraliya va AQShga), Ispanidan (500 mingdan ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) ko‘chib ketdi.
Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha Yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo‘lib keldi. Faqat keyingi yillardaginaYevropada emigratsiya birmuncha susaydi. Ayrim hollarda esa, Yevropa boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion balansga ega bo‘la boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati haqidagi qisqacha obzorni tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tish zarur. Migratsiya oqibatida Biron davlat aholisi ko‘payadi yoki kamayadi, bundan tashqari, aholining yosh, jinsiy tarkibi o‘zgaradi. Bu esa bir qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, migratsion harakatlarda ko‘pincha yosh va o‘rta yosh aholi (eng sifatli mehnat resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar ketgan mamlakat mehnat resurslari soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga sabab bo‘lsa, immigrantlar qabul qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har tomonlama yaxshilaydi. Migratsion harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o‘rta yashar kishilar orasida ko‘proq erkaklar ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati bilan tenglashtiradilar. Chunki ko‘p emigrantlar yo‘qotgan mamlakatlar urushlardagi singari, o‘zining yosh va o‘rta yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo bo‘ladi. Bu esa shu mamlakatda aholining bundan keyingi takror barpo qilinishi hamda iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi5.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin