4.4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va
korxonani boshqarishda rahbarning o‘rni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlanishi va takomillashuvining hal qiluvchi sharoitlaridan biri boshqarish kadrlari bilan olib borilayotgan ishlarni doimi suratda yaxshilashdan iborat. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bozor munosabatlarining imkoniyatlari va ustunligidan samarali foydalanish aynan boshqarish kadrlarining va birinchi navbatda rahbarlarning aqli, ish bilarmonligi, yangi sharoitda boshqarish maqsadlari, tamoyillari va uslublarini qay darajada qo‘llay bilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z vaqtida menejment nazariyasi klassiklari har qanday davlatni rivojlanishi uchun uchta asosiy omil amal qilishiini alohida ta’kidlab o‘tgan edilar. Bularga insonlar, moliya siyosati, texnika va texnologiya kiradi. Burinchi o‘ringa insonlarning qo‘yilishi bejiz emas. Yapon, Amerika va Yevropadagi ko‘zga ko‘ringan menejerlarning biznes sohasida erishgan yutuqlarini ana shu omillarga tayanib ish ko‘rganlari bilan bog‘lash mumkin.
Hozirgi sharoitda korxona rahbarlari rolining oshib borishi bir qator omillar bilan belgilanadi. Bularga korxonalardagi sifatli o‘zgarishlar, ishlab chiqarish hajmining oshishi, ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishi, davrga xos bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishchi-xodimlar mafkurasining o‘zgarishi, boshqarishni shkl va uslublarining o‘zgarishi, hamma sohada demokratlashtirishni amalga oshirilishi, davrning talabi bilan rahbarlarning alohida o‘rin egallashi va hokazolarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi sharoitda rahbarlar rolining oshib borishi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
turli mulk shakllarining vujudga kelishi (davlat, xususiy, aksioner jamiyatlar, mahalla va hokazolar);
xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini vujudga kelishi (aksioner jamiyatlar, konsern, korporatsiya, konsorsium, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va hokazo);
iqtisodiyotimiz hajmining o‘sishi, iqtisoddagi sifatli o‘sishlar, fan-texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llash boshqarish qarorlari variantlarini ko‘paytiradi, ularni tanlash mummolarini murakkablashtiradi;
xo‘jalik yurtishni noiqtisodiy yo‘nalishlari rolining oshib borishi (sotsial me’yorlar, iste’mol mezonlari, atrofdagi muhit muammolari va hokazo) boshqarish kadrlari va birinchi navbatda rahbarlarning mas’uliyatini oshiradi;
bilim hajmining oshishi va ularni tuzilishining o‘zgarishi, yangi fan sohalarining paydo bo‘lishi faoliyat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini kuchaytiradi va rahbarlarni boshqarishga ta’sir qilish zaruriyatini kengaytiradi;
bozor sharoitida boshqarish tizimining o‘zidagi o‘zgarishlar, hamma sohalarda demokratik tamoyillarning kirib kelishi;
qonun ustivorligini ta’minlash boshqarish qarorlarini qabul qilishda sub’ekt omilning rolini oshiradi;
bozor mexanizmlarining ta’siri ostida bir qator yangi istiqbolli qarorlar hissasi oshadi, doimiy ravishda yangi muammolar paydo bo‘ladi. Bularni o‘z vaqtida aniqlab hal qilish, birinchi navbatda, rahbarlardan mahorat, ziyraklik va bilimdonlik talab qiladi.
Hozirgi zamonda ko‘pchilik qarorlarning asosiy xususiyati shanday iboratki, ular o‘zlariga iqtisodiy, sotsial, tashkiliy va boshqa yo‘nalishlar nuqtai nazaridan yondoshishni talab qladi. Aynan rahbar o‘zining boshqarish tizimida tutgan o‘rniga qarab yuqoridagi yondoshishni amaliyotga tadbiq qila olish mumkin. Bundan tashqari rahbarlar rolining oshib borishi axborotlarni ishlash jarayonini avtomatlashtirish, keng miqyoda kompyuter texnikasidan foydalanish bilan ham belgilanadi. Yuqoridagi texnikadan keng ko‘lamda foydalanish boshqarish xodimlarini hammaga ma’lum bo‘lgan, noijodiy vazifalardan ozod qilib, asosiy diqqat e’tiborni eng muhim masalalarga qaratishni talab qiladi. Shunday qilib, iqtisodiyot murakkablashib borgan sari rahbarlarning ham vazifalari murakkablashib boraveradi.
Rahbar sotsial, professional va shaxs nuqtai nazardan olib tekshirilishi lozim. Shuni aytish joizki har qanday xo‘jalik rahbari eng oldin bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulk shakllariga asoslangan mavjud iqtisodiy munosabatlarini ustunligini amalga oshirish yo‘llarini o‘ylab topishi kerak. Bu bilan u yuqori darajadagi ma’sul sotsial-iqtisodiy vazifani bajargan bo‘ladi. Ushbu vazifani bajarish uchun unda hamma imkoniyatlar mavjud. Eng asosiysi unga kerak bo‘lgan va huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlangan vakolot berilgan. Avvalo bizni Respublikamizda bajarilgan vazifalarning sifati va samaradorligi so‘z bilan emas uni ishi bilan baholanashi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu baho har bir faoliyatning iqtisodiy va sotsial natijalari bilan belgilanishi lozim.
Xo‘jalik rahbari o‘zining eng asosiy sotsial-iqtisodiy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yuqori darajadagi professional va uni amaliyotga joriy qila olishi lozim va birinchi navbatda mehnat jamoasini tashabbusini davlat tomonidan belgilangan maqsadga erishish jarayoniga jalb qila bilishi kerak.
Va nihoyat shuni qayd qilish joizki, xo‘jalik rahbari birinchi navbatda insondir. Shuning uchun ham inson uchun xos bo‘lgan hamma xususiyatlar rahbarga ham xosdir. U kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin. Yashash uchun sharoit yaratish afzalroq ekanligini tushinadi. Ko‘pchilik rahbarlar ishdagi muvaffaqiyat uy-ro‘zg‘orini tinch ekanligiga bog‘liq ekanligini ham yaxshi his qiladi. Dam olishning, mashg‘lotlarni o‘zgartirib turishning bahosini yaxshi biladilar. Lekin o‘zining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun yaxshi moddiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan rahbarlar vaqt tansiqligiga duch keladilar. Natijada o‘zlarining yaxshi tilaklarini hayotda tadbiq qiolmasdan qoladilar. Bularning hammasi oqibatda ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, bu holdan serg‘ayratli, tashabbuskor rahbarlarga ko‘proq ziyon yetadi. Shuning uchun ham rahbarlarni sotsial, professional va shaxs tomonlarning birligi nuqtai nazaridan olib qaramaslik qarama-qarshi holatga olib kelishi mumkin. Bunday qarama-qarshilikni bartaraf qilish faqatgina jamiyat va rahbarlarni o‘zlarining umumiy tirishqoqligi orqali amalga oshadi.
Boshqarish tizimida rahbarlarning alohida roli ularda doimo o‘z ustida ishlash, bilimlarni takomillashtirib borish, alohida blim sohalarini o‘rganishni talab qiladi. Chunki yuqoridagi ishlarni amalga oshirmasdan turib rahbar o‘ziga berkitilgan vazifani samarali hal qilishi juda qiyin bo‘ladi. Hech kimga bir umr rahbar bo‘lish huquqi berilmagan. Faqat halol mehnat, faoliyatida tashabbus, yaxshi xo‘jalik natijalari bilan rahbar o‘zining rahbar degan otini oqlay oladi.
Hozirgi sharoitda rahbarlarning rolini aniqlash ularni boshqarish tizimida tutgan o‘rnini belgilash imkoniyatini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zamonaviy korxona rahbari a) peshqadam, b) boshqaruvchi, v) diplomat, g) tarbiyachi, d) innovator, ye) insoniy mavjudot tariqasida namoyon bo‘ladi. Bularning har birini amaliyotda sinab ko‘rish rahbardan juda ko‘p sifat va fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu borada mehnatni ilmiy tashkil qilish nazariyasining asoschisi F.Teylor menejerda quyidagi sifatlarni ajratib ko‘rsatadi: aql, ma’lumot, texnik bilimlar, odoblilik, g‘ayratlilik, qat’iyatlilik, rostgo‘ylik, mulohazalik. Menejmentning yana bir klassiki A.Fayol esa, menejer oldindan ko‘rabilishi va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘z sog‘lig‘i bilan ajralib turishi, rivojlangan aqlu zakovat sohibi bo‘lishi, yuksak madaniy va axloqiy darajaga ega bo‘lshi kerak deb ta’kidlagan edi. Qolaversa, hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar firma va kompaniyalarda menejer qanaqa sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida o‘zlarining nuqtai nazarlari mavjud.
Menejment masalalariga oid chet el adabiyotlari bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik AQSH, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani regionidagi raqobatga bardosh beradigan firma va kompaniyalar qat’iylik bilan menejerlik san’atini o‘rganib, uni amaliyotda ustalik bilan tadbiq qilish natijasida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bu o‘z ifodasini o‘z vaqtini boshqarish, xizmatga oid xatlarni tayyorlash, odamlar bilan munosabat qilish, auditoriya oldida so‘zga chiqishi, muzokaralar olib borish va hokazolarda topdi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarni yaxshi, sifatli boshqarish uchun rahbar nimalarga ega bo‘lishi kerakQ
Tashkilotchilik qobiliyatiga, tadbirkorlikka, boshqarishning pastki darajalarida rahbarlik qilish tajribasiga, ma’lum pedagogik mahoratga aniq va ma’lumotli qilib o‘z fikrini yetkazish uchun so‘zlashish qobiliyatiga, o‘z xatolarini mardlarcha tan olish va tanqidni hurmat qilishga.
Nimalardan xabardor bo‘lishi kerakQ
1. Iqtisodiyotdan, tashkil qilishdan, boshqarishdan, rejalashtirishdan, moliyadan, hisobdan, texnika va texnologiyadan, pedagogikadan, psixologiyadan, huquqshunoslik va hokazolardan.
2. O‘z sohasi bo‘yicha oxirgi fan-texnika yutuqlaridan.
3. Boshqarishning ob’ektidan, shu soha bilan bevosita aloqador xodimlarning ma’lumotidan, jamoadagi munosabatlardan, ulardagi norasmiy peshqadamlarning (liderlarning) ma’lumotidan.
Nimalarni bilish kerakQ
Ilm-fandan foydalanishni, yangilikni, ilg‘or yutuqlarni, aniq, tez ishlashni, shu bilan birga jamoada sokin, ishchanlik vaziyatini ta’minlashni, har bir vaziyatda asosiy muammoni ko‘ra bilish va bir yo‘la bir necha ishga yopishmaslikni, vaziyatni to‘g‘ri baholash va optimal qarorlar qabul qilishni, yuqori mehnat intizomini ta’minlashni.
Dostları ilə paylaş: |