Korxona iqtisodiyoti


Ishlab chiqarishning ijtimoiy va



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə38/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Ishlab chiqarishning ijtimoiy va

iqtisodiy samaradorligi

Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.


Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
“Samaradorlik” so‘zi natija degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni va ularga baho berishni zaruriyat qilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir.
Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikga erishgan bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega.
Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni harajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) harajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Harajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirilish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlari kabilarni aniqlash bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi - murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda, harajatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o‘sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to‘g‘ri kelishida o‘zining aksini topadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;

  2. Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;

  3. Material sarfining kamayishi;

  4. Fond samarasining oshishi.

Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chiqarish samardorligini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur.
Bu ko‘rsatkichlardan eng muhimi ijtimoiy mehnat unumdorligidir. U vaqtni tejash qonunining amal qilishini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi usulda aniqlash mumkin:

MD
I.M.U.= ————


J.M.

Bunda: IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi;


MD - milliy daromad;
JM - moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan
ishchilarning o‘rtacha soni.
Milliy daromad iqtisodiyotning eng muhim ko‘rsatkichi, samaradorlik mezoni, jamiyat boyligini to‘laroq tavsiflovchi iqtisodiy vositadir. U mamlakat xalqining farovonligi va barqaror rivojlanishining moddiy manbaidir. Shuning uchun ham uni oshirishning barcha vositalari va yo‘llari ishga solinadi.
Milliy daromad - bu moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan qiymatdir. U yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Aniqroq aytganda, u yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xom-ashyo, yonilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari qiymatini chiqarishdan keyin qolgan qiymatdir. O‘z navbatida, moddiy ishlab chiqarishning alohida-alohida tarmoqlarida yalpi mahsulot qiymatidan moddiy ishlab chiqarish harajatlarini ayirib tashlash yo‘li bilan sof mahsulot aniqlanadi.
Milliy daromad moddiy ishlab chiqarishning sof mahsuloti hisoblanadi. U baholarning o‘zgarib turishidan tozalangan, o‘zgarmas baholarda hisoblangan taqdirdagina iqtisodiyotning haqiqiy ko‘zgusi bo‘la oladi.
Milliy daromadning o‘sishi asosan ikkita omilga - ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilarning soniga va ular mehnat unumdorligining oshishiga bog‘liq. Bu ikki omil jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha ahamiyatga ega. Fan-texnikaning shiddatli taraqqiyoti ro‘y berayotgan hozirgi sharoitda ikkinchi omilning roli oshmoqda.
Moddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmog‘larida unumdorlik yalpi mahsulot nisbati orqali aniqlanadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sish tempasini aniqlash uchun ko‘rsatkichlarni taqqoslash, hamda taqqoslama narxlarda ko‘rish zarur ekanligini hisobga olish shart.
Mehnat unumdorligining oshishi xodimlar malakasiga, ularning tajribasiga, ishlab chiqarishning tashkil etish darajasiga bog‘liq. Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi. Fond bilan qurollanish (F.K.) fondlar qiymatining ishchilar soniga nisbati ko‘rinishida o‘lchanadi va quyidagi formulada ifodalanadi:

F
FQ= ————


I.s.

F - asosiy ishlab chiqarish fondlarning qiymatidir


I.s. - Ishchilar soni

Misol: Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymati 40,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Korxonada 120 kishi ishlaydi. Korxona ishchilarining fondlar bilan qurollanganligi 40,0:120=333,3 ming so‘mga teng.


Xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan qaraganda mehnat unumdorligining har qanday oshishi emas, balki jonli mehnatni tejash, uning texnika bilan qurollanish darajasining o‘sishiga ketgan qo‘shimcha harajatlarni mumkin qadar qisqa muddatlarda qoplaydigan darajada oshishigina samaralidir.
Mehnat unumdorligining yana bir ko‘rsatkichi mehnat sig‘imidir. Bu ko‘rsatkich yaratilgan mahsulot qiymatiga to‘g‘ri keladigan mehnat harajatlari tusida bo‘ladi. Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Ms
M.S= ————;
Mh

Bu yerda: Ms - mehnatning sarfi;


Mh - mahsulotni hajmi, miqdori.

Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligining teskarisi bo‘lib uning hajmi qancha yuqori bo‘lsa, natijaning yomonlashganligi va aksi bo‘lsa, (ya’ni past bo‘lsa) natijaning yaxshilanganligidan dalolat beradi. U asosan korxona darajasida aniqlanadi.


Misol. Korxonada bir smenada - 8 soatda 800 ta yengil mashina detali ishlab chiqarildi: bu 1 soatda 100 dona detal ishlab chiqarilganligini ko‘rsatayapti (800:8).
Ishlab chiqarish korxonalarida aniqlanishi mumkin bo‘lgan texnologik mehnat sig‘imini, ishlab chiqarish mehnat sig‘imining to‘liq mehnat sig‘imini farqlash va anglash lozim.
Ijtimoiy mahsulot sig‘imi - bu ko‘rsatkich xom-ashyo materiallar, yonilg‘i, energiya va boshqa mehnat predmetlarini harajatlarning yangi ijtimoiy mahsulotga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Korxonalarning mahsulot sig‘imi shu mahsulotni yaratilishi uchun ketgan moddiy harajatlarning jami ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan nisbati orqali aniqlanadi. Ya’ni:
Mx
MhS= ———— ;
Im

MxS - mahsulot sig‘imi turli shaklda;


Mx - moddiy harajatlarning umumiy hajmi;
Im - ishlab chiqilgan mahsulot umumiy hajmi.

Korxona faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlaridan yana biri mahsulotning kapital sig‘imidir. Ma’lum bir darajada kapital sig‘imi hamda fondlar sig‘imi bir-biriga yaqin ko‘rsatkichlardir.


Mahsulotning kapital sig‘imi odatda ishlab chiqilgan mahsulotni ko‘paygan (o‘sgan) qismining kapital qo‘yilmalar nisbati bilan belgilanadi.
Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
K
K0= —————
O

Bu yerda: K0 - mahsulotni kapital sig‘imi;


K - kapital quyilmalarni umumiy hajmi;
O - yaratilgan umumiy mahsulotning o‘sgan qismi.

Xalq xo‘jaligi darajasida bu ko‘rsatkich kapital harajatlarning milliy daromadga nisbati ko‘rinishida hisoblanadi.


Korxona darajasida fondlarni samaradorligini hisoblaganda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

F
Fs= ———


O

Bu yerda: Fs - fondlar sig‘imi;


F - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha
qiymati;
O - yaratilgan mahsulotning umumiy hajmi (odatda
yalpi mahsulot).

Fondlar sig‘imini xuddi kapital sig‘imi singari milliy daromadga nisbatida ham hisoblash mumkin.


Xalq xo‘jaligida, uning ayrim tarmoqlarida, shu jumladan sanoatda fondlar qaytimi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu fondlar sig‘imi ko‘rsatkichining aksidir.
Fond unumi (FU) asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. U asosiy fondlar muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi.

MM
FU= ————


F
Bu yerda: MM - mahsulot miqdori.

Fond unumi, mehnat unumdorligi va uning fond bilan qurollanishi o‘rtasida aloqa mavjud. U quyidagi formula bilan ifodalanadi:


MU
FU= ————


FQ

Bu yerda: FU - fond unumi;


MU - mehnat unumdorligi.
FK - mehnatning fond bilan qurollanishi.

Bu bog‘liqlikdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat unumdorligi mehnatning fond bilan qurollanishiga qaraganda tezroq o‘sib borgan taqdirdagina fond unumi oshadi. Va aksincha, agar mehnat unumdorligi o‘sishi fond bilan qurollanishining o‘sishidan orqada qolsa, fond unumi pasayadi.


Samaradorlikni tashkil etuvchi omillar va uni ifodalovchi konkret ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda “Korxona iqtisodiyoti” fanida va xo‘jalik tajribasida hozirgi vaqtda samaradorlikning mavjud ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda murakkab, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni ham qo‘llash haqidagi masala qo‘yilmoqda.
Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini amaliyotga kiritish iqtisodiy samara bilan bir qatorda og‘ir jismoniy mehnatni mashinalar mehnati bilan almashtirish, ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini bartaraf etish, fondlar va energiya bilan ta’minlanish darajasini oshirish, yuqori malaka talab qiladigan va manfaatdorlikni oshiradigan jozibali kasblarga talabni paydo qilish, hamda mavjud kasblarga yoshlarda rag‘bat o‘yg‘otish va boshqa ijtimoiy muammolarni ham hal etishi lozim.
Insonni har tomonlama yetuk (barkamol) qilish uchun zamin yaratishni maqsad qilib qo‘ygan jamiyatning pirovard ijtimoiy samaradorlik mezonidir.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi bir qancha ko‘rsatkichlar mavjud, jumladan, mahsulot (ish, xizmat)larga talabning qondirilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Mahsulot (ish, xizmat)larga iste’molchilar talabining qondirilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
- mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos kelishi koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich tovar zahiralarida turib qolgan (o‘tmas) tovarlarning hissasi ko‘rinishida tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘sishi ijtimoiy samaraning pasayayotganidan darak beradi. Erkin iqtisodiyot sharoitida mahsulot (ish, xizmat)ning sifati va uning iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash korxonalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
- reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda haridorni tovarlarning xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko‘proq qiziqtiradi. Bu masalalarda esa unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish, xizmat)larni iste’molchilarga tanishtirish darajasini o‘rganishda turli shakldagi reklamalardan (televideniye, radio va gazetalardan, sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak bo‘ladi;
- iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash koeffitsiyenti va boshqalar.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlar tarkibida mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar alohida o‘rin egallaydi. Ular asosan, quyidagilardan iborat:
- mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi;
- mehnat jarayonlarini robotlashtirish darajasi;
- ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan texnologiyalar, asbob uskunalar va mexanizmlarning ilg‘orlik (zamonaviylik) darajasi;
- mehnatni elektrlashtirish darajasi;
- isitish, sovutish, yuklash-tushirish, ko‘tarish-yuklash uskunalar va boshqa asboblar bilan haqiqiy ta’minlanishning me’yorlarga mosligi darajasi;
- bino va inshootlarning davr talablariga javob berish darajasi (ularning zamonaviy loyiha asosida qurilishi, ularda ishlash va dam olish, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi);
- o‘ralgan, qadoqlangan va idishlarga solingan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan jami mahsulotlardagi hissasi;
- korxonalarning sog‘lomlashtirish, sport va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
- korxonalarda xodimlar va mutaxassislar safining to‘ldirilishi koeffitsiyenti. Bu haqiqiy ishlovchi xodimlar sonini belgilangan me’yor bilan qiyoslash asosida aniqlanadi;
- korxonalar xodimlarining davolanish va sayohat uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi;
- xodimlar va mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish darajasi;
- ishlab chiqarish jarayonida aqliy mehnat hissasining va ijodkorlikning oshib borishi, mehnat intizomi buzilishi hollarining kamayishi, xodimlar qo‘nimsizligini pasaytirish va boshqalar.
Qayd etilgan ko‘rsatkichlar ijtimoiy samaradorlikning alohida yo‘nalishlarini tavsiflaydi. Ular birgalikda hisoblansa va ijtimoiy samaradorlikni baholashda birgalikda qo‘llanilsa, ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligiga to‘liq baho berish imkoniyatini to‘g‘diradi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari uzviy bog‘liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib iqtisodiy samarani o‘stirib bo‘lmaydi va aksincha.


  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin