Korxona iqtisodiyoti


Ishlab chiqarish harajatlarining umumiy (absolyut)



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə39/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Ishlab chiqarish harajatlarining umumiy (absolyut)

va qiyosiy, iqtisodiy samaradorligi

Mahsulot (ish, xizmat) birligi uchun sarflangan mablag‘ ishlab chiqarish harajatlari deyiladi. Harajatsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi, uni qilmasdan turib foyda topish mumkin emas.


Iqtisodiyotda harajatlarning umumiy miqdori emas, ularning samarasi muhim. Harajatlar samaradorligini to‘liqroq ifodalash uchun qiymat va natural ko‘rsatkichlarga umumlashgan tavsif berish kerak bo‘ladi. Bu maqsadga erishishda harajatlarning umumiy (absolyut) va qiyosiy, iqtisodiy samaradorligi xizmat qiladi.
Rejalashtirishda va loyihalashtirishda umumiy iqtisodiy samaradorlik olinadigan natija (samara)ni kapital harajatlarga nisbati, qiyosiy iqtisodiy samaradorlik esa turli variantlar o‘rtasidagi joriy harajatlar farqining kapital harajatlar farqiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadi.
Umumiy va qiyosiy iqtisodiy samaradorlik bir-birini to‘ldiradi, ularning asosida harajat va natijani solishtirish yotadi. Ulardan quyidagilarni hal etishda foydalaniladi:
- kapital harajatlarni talab etuvchi masalarni hal etishda eng yaxshi variantni tanlashda;
- ko‘rib chiqilayotgan variantlardan eng yaxshisini amalga oshirish sharoitida solishtirilib ko‘rilayotgan variantning mavjud bo‘lgan boshqa variantlardan haqiqatda eng yaxshisi ekanligiga ishonch hosil qilishda, kapital harajatning samaradorligini baholashda.
Kapital harajatlar samaradorligi xalq xo‘jaligi miqiyosida milliy daromadning, tarmoqlar va korxona miqiyosida esa foydaning o‘sishini, bu o‘sishga imkoniyat yaratuvchi kapital harajatlarga munosabatini ko‘rsatuvchi umumiy (absolyut) samaradorlik koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi.
Umumiy samaradorlik koeffitsiyenti rejalashtirish darajasiga bog‘liq turli formulalar bilan ifodalanadi.
Butun bir xalq xo‘jaligi harajatlarining umumiy iqtisodiy samaradorligi aniqlanganda milliy daromadning (uning o‘sishiga sabab bo‘lgan) kapital harajatlarga bo‘lgan nisbati orqali aniqlanadi. Ya’ni:

MD
Sxx = ————;


K

Bu yerda: Sxx - xalq xo‘jaligi bo‘yicha umumiy iqtisodiy


samaradorlik;
MD - milliy daromadning yillik o‘sishi;
K - ishlab chiqarishga sarflangan kapital
harajatlarning o‘sgan qismi.

Alohida tarmoqlar, hamda korxonalarda asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning shakllari (texnikaviy qurollash va qayta qurollash, rekonstruksiyalash, korxona va tashkilotlarni kengaytirish) bo‘yicha umumiy iqtisodiy samaradorlik ko‘paygan foydaning (ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi) (F), kapital harajatlarning (K) o‘sgan qismi nisbati ko‘rinishida bo‘ladi; ya’ni,


F
Si.g.= ———; bu yerda:


K

F - foydaning o‘sgan qismi;


Yangitdan qo‘rilayotgan sexlar, korxonalar va shu kabi ob’ektlar va ayrim chora-tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichi (Sich) aniqlanganda foydani kapital harajatlar (smeta qiymati)ga bo‘lgan nisbati olinadi, ya’ni;


F M - Xich


Si.ch= —— yoki —————;
K K

Bu yerda: F - foyda;


M - loyiha bo‘yicha yil davomida ishlab chiqilgan
mahsulot korxona ulgurji narxi bo‘yicha;
Xi.ch - loyiha bo‘yicha yillik mahsulotni ishlab
chiqishga ketgan ishlab chiqarish harajatlar
(tannarx).

Shuni qayd etish lozimki, alohida ayrim holatlarda harajatlarning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini normativlar (me’yorlar) o‘tgan davrdagi ko‘rsatkichlar hamda boshqa shu kabi korxonalar ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir.


1990-chi yillarda xalq xo‘jaligi bo‘yicha harajatlarning umumiy-mutloq iqtisodiy samaradorligi normativi (Su.n.). 0,12 darajasida belgilangan. Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari bo‘yicha bu normativ tabaqalashtirilgan. Shuni ta’kidlash lozimki xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlariga mo‘ljallangan harajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi normativi 0,12 dan past bo‘lishi mumkin. Masalan xalq xo‘jaligi bo‘yicha ishlab chiqarish harajatlarini qoplash muddati (iqtisodiy samaradorlik normasi 0,12 bo‘lganda) 8,33 yilga (1:0,12)ga teng. Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalardagi ayrim mashinalar, jihozlar, asbob uskunalar 6-7 yildan keyin ma’naviy eskira boshlaydi, shu davrgacha ularni to‘liq tiklashga to‘plangan amortizatsiya summasi yetarli bo‘lmaydi, natijada korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarida to‘sqinliklar paydo bo‘ladi.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi talabini to‘laroq qondirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqarish har bir korxonaning kundalik vazifasiga aylangan. Bu esa ishlab chiqarish korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish, sexlarni texnik jihatidan yangitdan jihozlashtirish, amaldagi korxonalarni rekonstruksiya qilish, eksportga mo‘ljallangan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, bir-birining o‘rnini bosa oladigan mahsulotlarni yaratish, yangi texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xo‘jalik yoki texnik masalalarni hal etishda ularning turli variantlaridan foydalanishni talab qiladi. Bunday sharoitda harajatlarning qiyosiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini hisoblash tavsiya etiladi.
Korxonalarda kapital harajatlarni amalga oshirishdan oldin investitsion loyihlarning bir nechta varianti tuziladi va ular bir-biri bilan qiyoslanadi. Shu asosida optimal ko‘rsatkich - eng kam (minimum) keltirilgan harajatlar aniqlanadi.
Har bir variantlar bo‘yicha keltirilgan harajatlar deyilganda joriy harajatlar (tannarx) va kapital harajatlarning bir xil o‘lchamga keltirilgan ko‘rsatkichlar (NskK1)ni nazarda tutiladi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin