Korxona iqtisodiyoti


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə47/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
7.3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va
uni hisoblash usullari

Asosiy fondlar tuzilishining, texnik darajasining mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga ta’siri ulardan foydalanish darajasiga bog‘liq.


Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:

  1. asosiy fondlardan ekstensiv foydalanish ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar muddat bo‘yicha ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi.

  2. asosiy fondlardan intensiv foydalanish ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar ularning quvvatidan foydalanish darajasini ifodalaydi.

  3. asosi y ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar barcha omillar - ekstensiv va intensiv omillar ta’sirini ifodalaydi.

Birinchi guruh ko‘rsatkichlariga uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti, uskunalardan foydalanishning smenalilik koeffitsiyenti, uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti, uskuna ishlash vaqti rejimining smenali koeffitsiyenti.
Uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti uskunalardan haqiqatda foydalanilgan soatlar miqdorini rejadagi soatlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:
Kekst=thaq.f. / tmeer.f.

bunda: thak.f. - uskunalardan haqiqiy foydlanilgan vaqt,


soat;
tmeer.f.­ - uskunalarning norma bo‘yicha ishlash muddati,
soat.


Misol. Agar smenaning davomiylik vaqti 8 soat bo‘lsa, reja bo‘yicha ta’mirlash ishlariga 10 soat sarflansa, stanoklarning haqiqiy ishlash vaqti 6 soatni tashkil etsa, unda uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti 0,86[6:(8-1)] ga teng bo‘ladi. Bu stanoklardan rejdagi foydalanish kerak bo‘lgan vaqtning atigi 86%dangina foydalanilayotganligini bildiradi.
Uskunlardan ekstensiv foydalanish smenalik koeffitsiyenti ko‘rsatkichi bilan ham tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkich kun mobaynida, barcha smenalarda ishlatilgan uskunalar miqdorini eng katta smenada ishlatiladigan stanoklar miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi. Uskunalarning har bir birligi yilda nechta smenada ishlatilishini hisoblashning soddalashtirilgan usuli quyidagicha: sexga 150 birlik stanok o‘rnatilgan, shulardan birinchi smenada 100 birlik stanok, ikkinchi smenada 90 birligi ishlatildi. Smenalilik koeffitsiyenti



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin