Fqaytim= T / F
Bunda: T – tovar yoki yalpi, yoki sotilgan mahsulot hajmi, so`m;
F – korxonaning yillik o`rtacha asosiy ishlab chiqarish
fondlarining qiymati, so`m.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o`rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Fishga tush. x i1 Fishdan chiqish x i2
F = F1 + ——————; ————————
12 12
Bunda: F1 – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi
qiymati, so`m;
Fishga tush.; Fishdan chiqish. – yil mobaynida ishga tushirilgan
(hisobdan chiqarilgan) asosiy ishlab
chiqarish fondlari qiymati, so`m;
i1, i2 – ishga tushirilgan (hisobdan chiqarilgan) vaqtdan
keyingi to`liq oylar soni.
Fondlar qaytimi asosiy fondlardan foydalanishni ifodalovchi muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Mamalakat bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida fondlar qaytimini oshirish xalq xo`jaligining muhim vazifasi hisoblanadi. Fondlar qaytimi ko`rsatkichining oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
Mahsulotlarning fondlar sig‘imi ko`rsatkichi fondlar qiymatiga teskari ko`rsatkich hisoblanadi. Bu ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so`miga qancha asosiy fondlar to`g‘ri kelishini ifodalaydi. Agar fondlar qaytimi o`sish tendensiyasiga ega bo`lsa, unda fondlar sig‘imi kamayib boradi.
7.2.1-chizma
Fondlar qiymatini oshiruvchi omillar
Фондлар qайтимини оширувчи омиллар
Янги корхоналарнинг qурлиши, ускуналарни реконструкция qилиниши ва техник qайта qуролланиш натижасида ускуналар унумдорлигининг ошишии
Ускуналар ишининг сме-налилик коэффициенти-нинг o`сиши
Янги qабул qилин-ган реконструкция qилинган ва qайта qуролланган кор-хоналар qувват бирлиги qийматини камайтириш
Фойдаланиш ваqти ва qувватининг ортиши
Qo`л меќна-тини маши-налаштириш
Янги ишлаб чиqариш qувватларини o`злаштиришни тезлаштириш
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo`nalishlar.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini xalq xo`jaligi miqyosida baholash qiyin. Bu muammoning yechimi mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, aholi istemolini to`laroq qondirilishiga, mamlakatda uskunalar badlansining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga, ishlab chiqarish rentabilligining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan nisbatan to`laroq foydalanish yangi quvvatlarni jalb qilish kabi ehtiyojlarning kamayishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi ularning aylanish tezligining oshganligini ham bildiradi.
Xullas, asosiy fondlardan samarali foydalanish iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi hisoblangan - chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshishi, raqobat sharoitida mahsulotlarning tez realizatsiya qilinishi bilan ham chambarchas bog‘liq.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ularning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi intensiv va ekstensiv omillardan qanchalik to`liq foydalanilayotganligiga bog‘liq. Asosiy fondlardan foydalanishning ekstensiv o`sishi bir tomonidan kalendar davrda uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan uskunalarning umumiy qiymatida ishlayotgan uskunalar hissasini oshirishni taqozo qiladi.
Uskunalaran foydalanish vaqtini oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilar:
Smena o`rtasida bo`sh turib qolishlarni kamaytirish maqsadida uskunalarni ta’mirlash sifatini oshirish, o`z vaqtida asosiy ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan, xom-ashyo bilan, yonilg‘i va yarim fabirkatlar bilan ta’minlab turish;
Kun mobaynida uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, ularning ishini smenalik koeffitsiyentini oshirish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`li ortiqcha uskunalar miqdorini kamaytirish va o`rnatilmagan uskunalarni ishlab chiqarishga tezroq jalb etish hisoblanadi. Mehnat vositalari katta qismining bekor turishi ishlab chiqarishni o‘stirish imkoniyatlarining qisqarishiga, uskunalarning bekordan bekor jismoniy eskirishiga va uzoq vaqt ishlamasdan saqlanish natijasida ularning yaroqsiz ahvolga kelib qolishiga sabab bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan yaxshi saqlangan uskunalar ham ma’naviy eskirish natijasida jismoniy eskirgan uskunalar qatoriga qo`shilib qoladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning intensiv o`sishi vaqt birligida uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishni taqozo qiladi. Uskunalarning intensiv ish bilan ta’minlanganligini oshirish uchun ishlayotgan mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ular ishining optimal rejimini o`rnatish lozim. Texnologik jarayonlarning optimal rejimda ishlash ishchilar soni va asosiy fondlarni ko`paytirmay turib mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va mahsulot birligiga sarflanadigan moddiy resurs harajatlarni kamaytiradi.
Asosiy fondardan foydalanish intensivligini oshirish quyidagilarni talab qiladi: ishlab chiqarish texnologiyalarini va mehnat qurollarini takomillashtirish; mehnatni ilmiy tashkil etishni va boshqarishni takomillashtirish; ishchilarning professionaligi va bilmini oshirish; ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlarni bartaraf qilish.
Texnika rivojlanishi va shu bilan bog‘liq ravishda jarayonlarni intensivlashtirish chegaralanmagan. Shuning uchun aosiy fondlardan foydalanishni intensiv oshirish imkoniyatlari ham chegaralanmagan.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri uning tuzilishini takomillashtirish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarishning qanchalik o`sishi asosiy sexlarga bog‘liq va shuning uchun ularning asosiy fondlar umumiy qiymatidagi hissasini oshirish lozim. Yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning ortishi mahsulotlar fond sig‘imining oshishiga olib keladi, lekin bevosita mahsulot ishlab chiqarishning ortishiga olib kelmaydi. Biroq yordamchi ishlab chiqarishning proporsional ravishda rivojlanishisiz asosiy sexlar to`liq quvvat bilan ishlay olmaydi. Shuning uchun aosiy fondlarning optimal ishlab chiqarish tuzilishini aniqlash ulardan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo`nalish hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi muhim omil - korxonalarni xususiylashtirish va aksionerlik jamiyatlariga aylantirishdir. Ikkala holatda ham mehnat jamoasi asosiy fondlarning egasiga aylanadi, ishlab chiqarish vositalarini boshqarish, asosiy fondlarning ishlab chiqarish tuzilishini mustaqil shakllantirish, shuningdek korxona foydasini boshqarish imkonini beradi. Bu maqsadli investitsiyalashni oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |