Korxona iqtisodiyoti


Aylanma fondlarning tarkibi, shakllanish



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə52/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Aylanma fondlarning tarkibi, shakllanish

manbalari va iqtisodiy tabiati

Qayd etilganidek, korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari uch qismdan iborat:


- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar;
- kelgusi davr harajatlari.
Ishlab chiqarish zahiralari - bu ishlab chiqarish jarayoniga kiritish uchun tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, idish va idish materiallari, asosiy fondlarni joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlardan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish va o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar - bu ishlab chiqarish jarayoniga kirgan mehnat predmetlari: materiallar, detallar, ishlov yoki yig‘ish jarayonidagi buyumlar, shuningdek korxonaning bir sexida oxirgacha ishlab chiqarilmagan va keyinchalik shu korxonaning boshqa sexlarida ishlanishi lozim bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar.
Kelgusi davr harajatlari - bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari bo‘lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli bo‘lgan yangi mahsulotni tayyorlash va o‘rganish harajatlarini o‘z ichiga oladi (masalan, yangi turdagi mahsulotlarning texnologiyasini yaratish va ishlab chiqish harajatlari va boshqalar).
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalardan biri - resurslarni tejash tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni jadallashtirishdir.
Tejamkorlik rejimini ta’minlash buyicha chora tadbirlar tizimida asosiy o‘rinni mehnat predmetlarini tejash egallaydi. Bu mahsulot sifati, ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga zarar yetkazmagan holda unga sarflanadigan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i harajatlarini kamaytirishni bildiradi.
Hozirgi sharoitda aylanma fondlarni tejashning iqtisodiy ahamiyati quyidagicha ifodalanadi:
- xom ashyo, material, yoqilg‘i harajatlarining kamayishi ishlab chiqarish uchun katta iqtisodiy foydani ta’minlaydi. Bu, avvalom bor, mavjud moddiy resurslar miqdoridan ko‘proq tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi;
- moddiy resurslarni tejash, ishlab chiqarishga yangi, tejamliroq materiallarni kiritish takror ishlab chiqarish jarayonida alohida tarmoqlar o‘rtasida taraqqiy etgan nisbatlarni belgilashga, sanoat ishlab chiqarishning mukammal tarmoq strukturasiga erishishga imkon beradi;
- moddiy resurslarni tejashga intilish yangi texnikani joriy etish va texnologik jarayonlarni mukammallashtirishga turtki beradi;
- moddiy resurslar iste’molidagi tejamkorlik ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashga va jonli mehnat harajatlarining tejalishiga ham olib keladi (materiallarni tashish; saqlashga sarflanadigan ish kuchi kamayadi);
- moddiy resurslar tejalishi sanoat mahsuloti tan-narxining kamayishiga yordam beradi. Hozirgi vaqtda moddiy harajatlar hisobiga barcha ishlab chiqarish harajatlarining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Keyinchalik, ishlab chiqarishning texnik darajasi o‘sishi bilan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy harajatlarda buyumlashgan mehnat ulushi oshib boradi va demak, mehnat predmatlari va mehnat vositalaridan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarish harajatlarini tejashning asosiy yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi;
- mahsulot tannarxining kamayishiga ta’sir qiladigan moddiy resurslar tejamkorligi korxonaning moliyaviy holatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Shunday qilib, aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash va tejamkorligining iqtisodiy samaradorligi korxonaning barcha ishlab chiqarish va xujalik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishda aylanma fondlardan foydalanishni baholash.
Aylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash - sanoat korxonalarining muhim vazifalaridan biridir. Xom ashyo, yonilg‘i, yordamchi materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Moddiy resurslar sarfi ko‘rsatkichlari va moddiy resurslardan foydalanish darajasi ko‘rsatkichlari farqlanadi.
Moddiy resurslar sarfi ularning ishlab chiqarish iste’molini ifodalaydi. Ishlab chiqarish harajatlari korxona tomonidan bevosita mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni bajarishga sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini qamrab oladi. Moddiy resurslar ta’mirlash ehtiyojlariga, yordamchi xo‘jalikni ta’minlashga, korxona ichida transport xizmatiga, madaniy-maishiy ehtiyojlarga ham sarflanadi. Moddiy resurslar iste’moli ularning umumiy va salmoqli ulushi bilan tavsiflanadi.
Moddiy resurslar umumiy sarfi - bu hisobot davrida butun ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun jami moddiy resurslar yoki uning alohida turlari iste’molidir. Moddiy resurslar umumiy sarfi - natural shaklda; turli xil moddiy resurslarning jami sarfi qiymat shaklida hisobga olinadi.
Muayyan “m” turdagi resurslarning salmoqli ulushi deganda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot birligi sarflangan moddiy resurslar miqdori tushuniladi. U hisobot davrida mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan barcha moddiy resurslari miqdorini (MRm) ushbu mahsulotning yaroqli birliklari miqdoriga (N) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin