Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə51/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Tayanch iboralar: mulk, uzoq muddatli aktivlar, asosiy fond, asosiy vosita, asosiy ishlab chiqarish fondlari, noishlab chiqarish asosiy fondlari, asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, amortizatsiya, ishlab chiqarish quvvati, asosiy fondlar modernizatsiyasi.


Takrorlar uchun savollar

1. Korxonalar mulkining asosiy fondga mansub ekanligi qanaqangi mezonlarga ko‘ra aniqlanadiQ


2. Asosiy ishlab chiqarish fondiga tushuncha bering.
3. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qanaqangi ko‘rinishlarda baholanadiQ
4. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishi mazmunini va ularga ta’sir etuvchi omillarni yoriting.
5. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish manbalarini ayting.
6. Amortizatsiyaning mohiyatini va keyingi yillarda amortizatsiya siyosatida qanaqangi o‘zgarishlar ro‘y berganini yoriting.
7. Korxona ishlab chiqarish quvvatiga tushuncha bering.
8. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining samarali ishlatilishi qaysi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadiQ
9. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishini yaxshilashning muhim va real yo‘llarini ayting.


VIII bob. KORXONA AYLANMA FONDLARI VA
AYLANMA MABLAЂLAR



  1. Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar to‘g‘risida tushuncha.

  2. Aylanma fondlarning tarkibi. Shakllanish manbalari va foydalanish ko‘rsatkichlari.

  3. Korxona aylanma fondlar elementlarini tejash.

  4. Aylanma mablag‘lar va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari.


  1. Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar

to‘g‘risida tushuncha

Aylanma aktivlar ham korxona mulki hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig‘indisini ifodalaydi.


Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur bo‘ladi. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi.
Mehnat predmetlari ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o‘zining natural shaklini o‘zgartiradi, qiymatini to‘liq yangidan yaratilgan mahsulotga o‘tkazadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilganidan keyin ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag‘lar korxonaga qaytadi va doimo oborotda qatnashadi. Korxonaning mablag‘lari doiraviy aylanishning turli bosqichlarida: pul, ishlab chiqarish vositasi va tayyor mahsulot (tovar) shaklida bo‘ladi.
Ishlab chiqarish vositalari (ya’ni mehnat predmetlari va mehnat vositalari) takror ishlab chiqarish jarayonida tutgan o‘rniga va ayrim xususiyatlariga qarab asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi.
Mehnat predmetlari to‘liq, mehnat vositalarining ayrimlari (xizmat muddati va qiymatiga ko‘ra) aylanma fond tarkibiga kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarining aylanma fondlari ishlab chiqarish va muomala doirasiga ajratilgan bo‘lib, shunga muvofiq ular muomala va aylanma ishlab chiqarish fondlarini hosil qiladi. Birinchisiga sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida saqlanayotgan pul mablag‘i hamda hisob-kitoblardagi mablag‘lar kiradi. Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr harajatlari va boshqalar kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo‘lishligini ta’minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish va muomala fondlari zahiralarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari korxonaning aylanma mablag‘i deyiladi.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin