Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə48/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
100 + 90
—————= 1,33 ni tashkil etadi.
150

Korxonalarda smenalilik koeffiitsentini oshirishga intilish kerak, chunki u qanchalik yuqori bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarish ham ortadi.


Uskunalar ishining smenaliligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

  1. ishchi o‘rinlarining ixtisoslashganlik darajasini oshirish. Bu ishlab chiqarishning seriyaliligini va uskunalarning ish bilan ta’minlanganligini oshiradi;

  2. ishlarning ritmligini oshirish;

  3. bekor turib qolishlarni kamaytirish;

  4. ta’mirlash ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish;

  5. asosiy va maxsus yordamchi ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash. Bu qo‘shimcha ishchi kuchini ozod qilish va ularni og‘ir yordamchi ishlarga yoki uchinchi smenaga o‘tkazish imkonini beradi.

Uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti ham uskunalardan vaqt bo‘yicha foydalanishni harakterlaydi. Bu ko‘rsatkich asosiy ishlab chiqarishdagi jami mashina parklari uchun hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich mavjud uskunalar bilan barcha mahsulotlarni tayyorlash mehnat sig‘imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati sifatida aniqlanadi. Amaliyotda uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti smenalik koeffitsiyetidan ikki barobar (agar 2 smenali rejim bo‘lsa) yoki uch barobar (agar 3 smenali rejim bo‘lsa) kam qiymatda qabul qiladi.
Bizning misollarimizda:


Kyuklanganlik= 1,33 / 2 = 0,67

Uskunalar ishining smenalik ko`rsatkichi asosida uskuna ishlash vaqti rejimning smenalik foydalanishi koeffitsiyenti ham hisoblanadi. Bu ko`rsatkich uskunalar ishining smenalik koefitsiyentini ushbu korxonada o`rnatilgan smenaning davomiylik vaqtiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar korxonada smenaning davomiyligi vaqti 8 soat bo`lsa, unda bu ko`rsatkich:




Ksm.i.= 1,33 / 8 = 0,17
ga teng bo`ladi.
Biroq uskunalardan foydalanish jarayonining boshqa tomonlari ham bor. Smena orasida vaqtincha kun mobaynida bekor turib qolishlarni bilishdan tashqari uskunalardan haqiqiatdan ish bilan ta’minlangan vaqtlarida qanchalik darajada samarali foydalanilayotganligini ham aniqlash kerak. Uskunalar to`liq ish bilan ta’minlanmagan paytda umuman mahsulot chiqarmasligi mumkin. Bunday hollarda biz uskunalardan ekstensiv foydalanish ko`rsatkichlarini hisoblash bilan cheklansak yuqori natija olganday bo`lamiz. Lekin yuqorida ko`rganimizdek, uskunalardan samarali foydalanish samaradorligi haqida to`liq xulosa chiqarishga kifoya qilmaydi.
Olingan natijalarni ikkinchi guruxga taalluqli bo`lgan, asosiy fondlar unumdorligi aks ettiruvchi asosiy fondlardan intensiv foydalanish ko`rsatkichlari bilan boyitish kerak. Bularning ichida eng muhim uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyenti ko`rsatkichidir.
Bu ko`rsatkichni aniqlash uchun asosiy texnik uskunalar haqiqiy unumdorligini uning normtivdagi unumdorligiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Buni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin