F1-Fy
Nam= ————— x 100
TmF1
bu yerda: F1 - asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m;
Fy - asosiy fondlarning yo‘qotilgan qiymati, so‘m;
Tm - asosiy fondlarning me’yoriy xizmat muddati,
yil.
Amortizatsiya normasi darajasi asosiy fondlarning eskirgan qismini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan resurslar hajmini ifodalaydi. Amortizatsiya normasi yordamida asosiy fondlarning aylanma tezligi va ularni takror ishlab chiqrish jarayonini modellashtirish nazorat qilinadi.
Asosiy fondlarni to‘liq tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya summasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Aa= Ami Fo‘rt.qiy.
bunda: Fo‘rt.qiy. - asosiy fondlarning o‘rtacha qiymati, so‘m.
Misol. Dastgohlarning jami boshlang‘ich qiymati 20,0 mln. so‘m., xizmat muddati - 8 yil. Modernizatsiya harajatlari 4,0 mln. so‘m., demontaj sarflari 0,5 mln.so‘m., stanoklarning qoldiq qiymati 0,9 mln.so‘m. Bu holatda amortizatsiya normasi 11,25% [(20,0-0,9):(20,08)]x100, amortizatsiya ajratmalari so‘mmasi esa [(20,0 +4,0+0,5-0,9)]:8=2,95 mln.so‘mni tashkil etadi.
Amortizatsiya ajratmalari miqdori uch usulda hisoblanadi: bir maromli; bajarilgan ish hajmiga nisbatan sonlar so‘mmasi bo‘yicha va qiymatni hisoblab chiqarish (kumulyativ) tezlashtirilgan usullar.
Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblash asosiy fondlarning bir maromda jismoniy va ma’naviy eskirishiga mo‘ljallangan 7.2.1-jadvalga qaralsin.
7.2.1-jadval.
Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir
maromli usulda hisoblash
Asosiy fondlar ko‘rinishlari
|
O‘rtacha balans qiymati, mln. so‘m
|
Amortizatsiya ajratmalari-ning yillik normasi, %
|
Amortizatsiya ajratmalari-ning yillik miqdori, mln.so‘m (gr.2xgr.3)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Uskunalar
|
60
|
12
|
7,2
|
Binolar
|
350
|
5
|
17,5
|
Transport
|
7
|
20
|
1,4
|
Jami:
|
|
|
26,1
|
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ko‘p hollarda jadal kechadi. Shuning uchun boshqaruvchi amortizatsiya ajratmasini tez ma’naviy eskirayotgan assoiy fondlarning o‘rnini qoplab oladigan darajada belgilashi lozim. Bu muammoni tezlashtirilgan amortizatsiya usuli yordamida hal qilish mumkin.
Hozirgi kunda uskunalar qiymatining katta qismini dastlabki yillardayoq ishlab chiqarish harajatlariga o‘tkazishni ta’minlaydigan notekis amortizatsiya keng qo‘llanilmoqda. Masalan, birinchi yil - 50%, ikkinchi yil - 30%, uchinchi yil - 20% o‘tkaziladi. Bu korxonalarga inflyatsiya sharoitida qilingan harajatlarni tezroq qoplash va uskunalarni yangilash imkonini beradi.
Sanoat korxonalarida amortizatsiya ajratmalari so‘mmasi mustaqil ravishda korxonaning asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va takomillashtirishga sarflanadi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning turli shakllari mavjud. Oddiy takror ishlab chiqarish shakli - bu eskirgan mehnat vositalarini kapital ta’mirlash. Bunda ta’mirlash harajatlari bevosita mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Noishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash uchun harajatlar foyda hisobiga qoplanadi.
Asosiy fondlarni kengaytirilgan shaklda takror ishlab chiqarish deganda yangi qurilishni amalga oshirish, korxona faoliyatini kengaytirish, uni rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollanish hamda uskunalarni modernizatsiya qilish tushuniladi.
Bu shakllarning har biri aniq vazifani bajaradi, o‘ziga yarasha ustunlik va kamchiliklari bor. Yangi qurilish hisobiga asosiy fondlarining barcha elementlari zamon talabiga javob bera oladign korxonalar yuzaga keladi. Biroq hozirgi sharoitda ishlab chiqarishning susayishi bilan ko‘pchilik korxonalar mablag‘ yetishmasligi sababli faoliyatini to‘xtatadilar. Rekonstruksiya qilishda kapital harajatlarning asosiy qismi eski ishlab chiqarish binolari va inshootlaridan foydalanish davrida fondlarning aktiv qismini takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Uskunalarga qilinayotgan harajatlar hissasining ortishi mehnat unumdorligining ortshiga, ishlab chiqarishning kengayishiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi.
Uskunalarni modernizatsiyalash deganda uskunalardagi ma’naviy eskirishni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish va ishlab chiqarishga nisbatan zamonaviy konstruksiyalarni joriy qilish tushuniladi.
Uskunalarni modernizatsiyalsh bir necha yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
ishlayotgan mashinalarning konstruksiyasini ularning texnik imkoniyatlarini oshiradigan qilib takomillashtirish;
stanok va mexanizmlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash;
uskunalarni dasturiy boshqarishga o‘tkazish.
Uskunalarni modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, mehnat unumdorligi va yillik ishlab chiqarish hajmini oshiradi, mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi. Agar foydaning o‘sishi modrnizatsiya harajatlari tufayli asosiy fondlar qiymatining o‘sishidan yuqori bo‘lsa rentabillik oshgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |