Korxona iqtisodiyoti


Asosiy fondlarning turlari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə45/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
Asosiy fondlarning turlari,

tarkibi va ko`rsatkichlari.

Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko`ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo`linadi.


Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o`zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o`z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o`tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko`rsatuvchi ob’ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o`laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o`zining qiymatini mahsulotga o`tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo`q bo`lib ketadi. Ularning o`rni to`ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir o‘tkazmasada ishchilar turmush sharoiti bilan bog‘liq holda albatta korxonaning xo`jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiladi.
Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy o`xshashligiga qaramasdan umumiy maqsadi va xizmat qilish muddati bilan farqlanuvchi mehnat vositalarining asoiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ularni aloxida xususiyatlari bo‘yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug‘iladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

  • er uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo`lgan tabiatdan foydalanish ob’ektlari (suv,yer osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar);

  • binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar);

  • inshootlar (injenerlik qurilish ob’ektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar);

  • uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);

  • mashina va jihozlar;

  • o‘lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari;

  • hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish)

  • qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo`lgan asbob va moslamalar;

  • Ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari;

  • Xo`jalik ichidagi yo`llar.

Asosiy fondlar alohida guruhlari o`rtasidagi nisbat asosiy fondlarning qaysi guruhi uchun mablag‘ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy o`rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini harakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi - mashina va jihozlarning ko`payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o`sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to`g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning o`sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag‘larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo`lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida binolar asosiy o`rin egalaydi (44-46%), yonilg‘i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o`rin egallaydi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar bo`lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot harakteri, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi.
Birinchi omil binolarning qiymati va o`lchamiga, transport vositalari va o`tkazish qurilmalarining hissasiga tasir qiladi . Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi -maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to`rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko`rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bog‘liq.
Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi:

  1. uskunalarni yaxshilash va zamonaviylashtirish;

  2. uskunalar xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish;

  3. bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo‘sh turgan joylarga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish;

  4. korxonaning qurilish loyihalarini to‘g‘ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish;

  5. ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalarni tugatish.

Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydonining o‘lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish, hisobga kiritish amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarni pul (qiymat) shaklida baholash asosiy fondlarning takror ishlab chiqarishini rejalashtirish, eskirish me’yorini va amortizatsiya ajratmalari miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun zarur hisoblanadi.
Asosiy fondlarni baholashning boshlang‘ich, qayta tiklanish va qoldiq qiymat ko‘rinishlari farqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlang‘ich qiymati asosiy fondni yaratish yoki sotib olish uchun ketgan hamda uni o‘rnatish, montaj uchun ketgan jami harajatlar so‘mmasidan iborat. Bundan amortizatsiya me’yori va amortizatsiya ajratmalari ko‘lamini aniqlashda, korxona foydasi va rentabelligini hisoblashda foydalaniladi.
Fan-texnik taraqqiyoti natijasida asosiy fondlarni ishlab chiqarish shartlari va omillari ham o‘zgarib bormoqda, binobarin, joriy bozor baholari va tariflari bilan bog‘liq ravishda ularni ishlab chiqarish harajatlari ham o‘zgarib bormoqda. Hozirgi kunda asosiy fondlar joriy baholari va tariflariga birinchi darajali ta’sir qiluvchi omil bo‘lib inflyatsiya hisoblanadi.
Korxona balansida asosiy fondlar vaqt o‘tishi bilan turli xil qiymatda aks etib qoladi. Ya’ni, xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitida asosiy fondlarni faqat ularning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha haqiqiy baholab bo‘lmaydi va shuning uchun ularni qayta baholash va bir xil qiymatga o‘tkazish zarurati to‘g‘iladi.
Tiklanish qiymati - bu asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish uchun hozirgi, ya’ni qayta baholash o‘tkazilganidan keyingi qiymati.
Asosiy fondlar ishlatilishi jarayonida eskirib boradi va o‘zining boshlang‘ich qiymatini bosqichma-bosqich yo‘qotib boradi. Ularning real qiymatini aniqlash uchun eskirgan qismining qiymatini aniqlash zarurati to‘g‘iladi. Ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatidan eskirish so‘mmasi ayrilib asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi.
Eskirishning jismoniy va ma’naviy ko‘rinishlari farqlanadi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang‘ich iste’mol qiymatining bosqichma-bosqich yo‘qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham eskirganligi kiradi. Asosiy fondlarning fizik eskirishi asosiy fondlar sifatiga, ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga, ularning ishlash vaqtiga, tashqi ta’sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy fondlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq.
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi hatto ularning bir xil elementlarida ham har xil bo‘ladi. Asosiy fondlarning to‘liq va qisman eskirishi farqlanadi. To‘liq eskirganda ishlab turgan, asosiy fondlar yo‘qotiladi va joyiga yangisi (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. Qisman eskirish ta’mirlash yo‘li bilan qoplanadi.
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi haqiqiy xizmat qilgan davrni normativdagi davrga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanishi mumkin. Nisbatan to‘g‘ri usul bu ob’ektning tabiiy holatini tekshirishdir.
Ma’naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy harajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta’sirida pasayishidir. Ushbu omillar ta’sirida asosiy fondlar o‘zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatdan qoloq bo‘lib qoladi, ya’ni ma’naviy eskiradi.
Hozirgi sharoitda ma’naviy eskirishni hisobga olishning ahamiyati ortib boradi. Ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun hali to‘liq jismoniy eskirmagan, lekin ma’naviy eskirgan asosiy fondlarni yangisi bilan almashtirish kerak bo‘ladi. Ma’naviy eskirgan texnikani o‘z vaqtida zamonaviylari bilan almashtirmaslik mahsulot tannarxini pasaytirishga, sifatini yaxshilashga imkoniyat bermaydi. Bunday mahsulotlar bilan raqobatga kirishib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida tijorat korxonlarida asosiy fondlarni yangilashga ketadigan harajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o‘z mablag‘lari hisoblanadi. Bu mablag‘ asosiy fonddan foydalanish mobaynida amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg‘ariladi.
Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qismlab o‘tkazish yo‘li bilan yig‘ilib boriladigan pul mablag‘laridir.
Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O‘zbekiston Respublikasini qonunchiligiga ko‘ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq bo‘lgan va foydalanish muddati 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Yer uchastkalari, qazilma boyliklar, o‘rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya ajratmasi so‘mmasi asosiy fondning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va modernizatsiya harajatlariga bog‘liq.
Amortizatsiyaning yillik so‘mmasini asosiy fondlar qiymatiga nisbatan protsentlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy fondlar yiliga o‘zining balans qimatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shayotganligini bildiradi. Amortizatsiya normasini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin