6.3. Harajatlarni qoplash muddati - harajatlr samaradorligining muhim ko‘rsatkichi
Madaniyatli bozor munosabatlarining shakllanib borishi mobaynida tovar taqchilligining va ayrim monopol korxonalarning yo‘qolishi sababli korxonalarda foydani o‘stirishning asosiy yo‘li - ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo‘lib qoladi. Albatta, buning uchun korxonalar ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarish ob’ektlarini kengaytirishga, qayta qurishga va yangitdan texnik jihozlashga ehtiyoj sezishadi. Bu esa, tabiiyki, qo‘shimcha kapital harajatlarni talab qiladi. Har bir tadbirkor kapital harajatlar qilishdan oldin ular qaysi muddat ichida o‘zini qoplashini ham hisoblab chiqadi.
Kapital harajatlarning samaradorligi nuqtai nazaridan ularni qoplash muddati yil hisobida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kapital harajat qilish natijasida mahsulot (ish, xizmat) tannarxining pasayishi yoki mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan foyda kapital harajatlarni necha yilda qoplashi tadbirkorni qiziqtiradi.
Kapital harajatlarni amalga oshirish uchun ikkita variant mavjud bo‘lsa, ularning birontasini tanlashda, ikkala variantlardagi kapital harajatlar so‘mmalari o‘rtasidagi farqni variantlarning biron-biri bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat) tannarxidan tejaladigan so‘mmaga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shimcha kapital harajatlarni qoplash muddati aniqlanadi. Variantlarning qaysi biri ko‘proq foyda berib o‘zini tezroq qoplasa shu variant tanlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
K2 - K1
M=—————
T1 - T2
Bu yerda: M - kapital harajatlarning qoplanish muddati;
K1 va K2 - birinchi va ikkinchi variantlar
quyidagi kapital harajatlar;
T1 va T2 - yillik mahsulotlarning birinchi va
ikkinchi variantlar bo‘yicha tannarxi;
Kapital harajatlarni amalga oshirishda faqat bitta variant mavjud bo‘lsa, kapital harajatlar so‘mmasi mahsulot (ish, xizmat) tannarxidan tejaladigan so‘mma yoki qo‘shimcha olinadigan foydaga bo‘lish orqali qo‘shimcha kapital harajatning qoplanish muddatini aniqlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |