Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə40/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
KX1 = Xj + Nsk  Ki  min

Bu yerda: KX1 - shu variant bo‘yicha keltirilgan harajatlar;


Xj - shu vaqt bo‘yicha joriy harajatlar
(tannarx);
Nsk - kapital harajatlarning normativ
koeffitsiyenti;
K - har bir variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar.

Yuqorida qayd etilganidek xalq xo‘jaligi bo‘yicha koeffitsiyent 0,12 hisoblanib, bu ko‘rsatkich tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtiriladi.


Tabaqalashtirish fan-texnika taraqqiyoti, mintaqalar hamda tarmoqlar xususiyatlari, qurilish davri va hokazolar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Korxonalarning xo‘jalik yuritish natijalarini yaxshilashda va iqtisodiy samaradorligini oshirishda ishlab chiqarish infratuzilmalarining o‘rni beqiyosdir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasiga xilma-xil turdagi ob’ektlar, aloqa, elektr, neft, gaz, suv ta’minoti tizimi, moddiy-texnikaviy ta’minot (omborxonalar, xolodilniklar, mahsulotni saqlash joylari va h.k.), ma’lumotlarni qayta ishlash va hisoblash texnikalari - kompyuterlar, internet tarmoqlari kiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmalari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida ishlab chiqarish samaradorligi hisoblanadi, ya’ni bularga transport vositalaridan to‘g‘ri va to‘la foydalanish, elektr energiyani, gaz, suv hamda yonilg‘ini har bir so‘mlik ishlab chiqilgan mahsulotga sarfini kamaytirib borish, omborxonalardan, xolodilniklardan samarali foydalanish, kompyuter texnologiyasini ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda keng qo‘llash va hokazo hisoblanadi.
Korxona faoliyatini tahlil qilganda, uning istiqbolini belgilaganda, faoliyatiga baho berganda faqatgina harajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi haqida hamda qiyosiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘rganish bilan chegaralanmaslik kerak. Korxona faoliyati samaradorligini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar - mehnat unumdorligi, fondlar sig‘imi, fondlar qaytimi, kapital qo‘yilmalar, xom ashyo materiallarini, yonilg‘i, energiya, ishlab chiqarish harajatlari darajasining pasayishi, hamda ijtimoiy natijalari ko‘rsatkichlari orqali o‘rganish zarurdir.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxona faoliyatiga baho berish mezoni sifatida foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shu sababli, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati asosan foydani ko‘paytirishga va rentabellik darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu, albatta mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, maqsadsiz harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi texnologiyani joriy etish va hokazolar hisobiga erishiladi.
Korxona foyda olish uchun eng avvalo, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan pul tushumi hisobidan qilingan harajatlarni qoplashi zarur. Harajatlarni hajmi qancha past bo‘lsa, foyda shuncha ko‘p bo‘lishi hammaga ayondir. Shunday ekan, har bir korxona, faoliyatida yangilikni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish zaruriy jarayonga aylanib borishi kerak. Zero, yangilikni joriy etish va investitsiya kiritish hozirgi iqtisodiy sharoitda korxonalarga yangi sanoat texnologiyalarini kiritishning eng qulay va ma’qul bo‘lgan shakllari hisoblanadi.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb etish korxona faoliyatiga yangilikni kiritishga asos bo‘lib hisoblanadi. Korxona faoliyatining bozor talabi bilan bog‘liqligi sababli yangilikni joriy etishning iqtisodiy tabiati bozor talabi orqali belgilanadi: bozor yangiliklarining fan-texnika yangiliklaridan ustunligi sababli u asosiy omilga aylanadi. Korxonaga, investitsiya va yangilikni joriy etishdagi bosh maqsad - bozor talabini qondirish asosida yuqori foyda olishdir.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin