5.5. Korxona rejasining bo‘limlari va ko‘rsatkichlari
Korxonaning faoliyati ko‘p qirralik bo‘lib, uni rivojlantirish rejasi birqancha bo‘limlardan, bo‘limlar esa ko‘rsatkichlar tizimidan iborat bo‘ladi.
Uzoq muddatli (strategik) rejada korxonada yangi bo‘lim, yacheyka sex, filiallar kabilarni tashkil qilish; ishlab chiqarish quvvatini oshirish, kapital mablag‘lar; moliyaviy vositalarga bo‘lgan talab, ilmiy tadqiqot ishlari; bozor sigmenti, korxonani bozordagi hissasini kengaytirish; mahsulotni raqobatbardoshligi; korxona byudjeti, balansi kabi moslamalar yechimi va ularga mos reja bo‘limlari aks topadi.
Qisqa muddatli (joriy) rejalar ishlab chiqarish va sotish hajmi; zahiralarni siljishi; xom ashyo va qo‘shimcha materiallar; mehnat va kadrlar; amortizatsiya; reklama; harajatlar (tannarx) va ajratmalar; daromad; foyda va rentabellik; kredit; kapital mablag‘lar; ilmiy tadqiqot ishlari; korxona byudjeti (moliyaviy reja), tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) kabi bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Har bir bo‘lim mohiyati, statistik o‘lchov birligiga mos ko‘rsatkichlar orqali o‘z ifodasini topadi. Ular sonli va sifat; hajmiy va solishtirma kabi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi.
Sonli ko‘rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini (dona, tonna, t.k.m., kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad hajmi; foyda so‘mmasi kabilarni ifodalaydi.
Cifat ko‘rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi va korxona faoliyatini samaradorligini o‘lchov birligi sifatida ko‘proq ishlatiladi. Bu ko‘rsatkichlar protsent, indeks, koeffitsiyent kabilarda o‘z aksini topadi.
Hajmiy ko‘rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish hajmi, resurslar so‘mmasi, va h.k.).
Solishtirma ko‘rsatkichlar nisbiy miqdorlarda o‘lchanib (sifat ko‘rsatkichlarni bir turi), solishtirma og‘irlikni, solishtirma birlikni ko‘rsatadi. Masalan: ishlab chiqarishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy ishchi - xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar.
Barcha ko‘rsatkichlar natural va qiymat miqdorlarda hisobga olinadi.
Ayrim turdagi korxonalar faoliyatining ko‘rsatkichlarini keltiramiz.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish hajmi - yalpi mahsulot, tovar mahsuloti va sotiluvchi mahsulot, ularning assortimenti kabi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi. Bu ko‘rsatkichlar natural va qiymat miqdorlarda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish quvvati, ya’ni korxonaning sutkada, oyda, kvartalda, yilda mavjud jihozlarni maksimal ishlatgan holda ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotning miqdori, natural ko‘rsatkichlarda ishchi-xizmatchilarning umumiy soni, tarkibi, ish haqi fondi.
Xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiya, jihozlarga ehtiyoj hajmi, soni, natural va qiymat ko‘rsatkichlarda.
Tannarx hamda sex, umum ishlab chiqarish harajatlarining so‘mmasi, har xil ajratmalar va to‘lovlar. Daromad, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari.
Aylanma mablag‘larni normativlari va ishlatilish ko‘rsatkichlari.
Asosiy fondlar va amortizatsiya ko‘rsatkichlari.
Kapital mablag‘lar va uning tarkibi.
Avtotransport korxonalarida: yuk tashish (tonnada); shu jumladan yuk bilan (km); avtomobillarni hisob soni; avtomobillarni umumiy yuk ko‘tarish quvvati (tn); naryadda bo‘lgan umumiy vaqti (soat), shu jumladan yuk bilan (soat); marshrutda yurib kelganlik soni (marotaba); texnik tezligi (km/soat), ekspluatatsion tezligi (km/soat); mehnat, moddiy va moliyaviy resurslrni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish korxonalari ko‘rsatkichlariga o‘xshaydi.
Savdo korxonalarida tovar aylanishi hajmi assortimenti (so‘m); tovar zahiralari hajmi va assortimenti (so‘m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti (so‘m). Bu uchchala ko‘rsatkichlarni assortiment bo‘yicha miqdori natural ko‘rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.) hisobga olinadi, tahlil qilinadi va rejalashtiriladi.
Muomala harajatlari so‘mmasi, tarkibi moddalar bo‘yicha (so‘m, %).
Mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlari.
Daromad, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari.
Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Kapital mablag‘lar, kredit, soliq va to‘lovlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar kabilar.
Dostları ilə paylaş: |