Korxona iqtisodiyoti


Rejalashtirish prinsiplari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə33/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Rejalashtirish prinsiplari,

metodlari va ko‘rsatkichlari

Jamiyatning siyosiy ustqurmasi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitidan qat’iy nazar rejalashtirishni umumiy qoidalari (prinsiplari) mavjud. Ular insoniyat taraqqiyotining barcha farmatsiyalarida u yoki bu darajada, ayrim hollarda rejalashtirish to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikr yuritishdan chetda bo‘lgan holda ishlatilgan.


Bizlarga ma’lum, MHD-larida tarqatilayotgan iqtisodiyotga oid chet el adabiyotlarida rejalashtirish nazariyasi, uning metodologiyasiga oid masalalarga, shu jumladan rejalashtirish prinsiplari to‘g‘risida nazariy fikrlar keltirilmaydi.
Rejalashtirishning o`ziga xos prinsiplari, usullari va uslublari, umuman aytganda, bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirishning o`ziga xos metodologiyasi mavjud. Lekin bu gap sobiq sotsialistik tuzumda ishlatilgan rejalashtirish metodologiyasini butunlay inkor qilish degan fikr emas. Uning salbiy tomonlarini (erkinlikning chegaralanganligi, rejalashtirishning direktivligi, partiyaviyligi va hokazolar) olib tashlanib, ijobiy jihatlarni, ya’ni metodologiyasidan, usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish jarayonida ilmiylik, reallik, optimallik, komplekslik, uzluksizlik, uzgaruvchanlik (korrektirovka qilinishi, elastiklik) nazorat kabi prinsiplari ishlatiladi.
Jahon tajribasida rejalashtirishning o`ziga xos qoidalari (prinsiplari) mavjud bo`lib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- rejalashtirishning ilmiy asoslanganligini, ya’ni rejalashtirish iqtisodiy qonunlar talablarini, bozor iqtisodi qoidalarini hisobga olish, fan va texnika yutuqlariga asoslanishi, rejalashtirishda keng ma’noda ilmiy-tekshirish muassasalarini, olimlarni jalb qilinishi orqali ta’minlanadi;
- rejalashtirishni har xil muddatlarga tuzish tizimi orqali uning uzluksizligi ta’minlanib boriladi;
- jamiyatda, korxona, firmalarda ishlatiladigan barcha resurslarning chegaralanganligi ulardan foydalanishda tejamlikka intilish, real resurslarga asoslanish, rejalarni har xil varinatlarda tuzib ulardan eng optimal variantni tanlab olishni taqoza qiladi;
- raqobat, vaziyatning o`zgarib turishi rejalarga o`zgarishlar kiritib borishni taqoza qiladi va shu sababli rejalar har xil vaziyatlar uchun mo`ljallangan alternativ variantlarda tuzilishi, uning vaziyatga moslashuvchanligi, elastikligini ta’minlaydi;
- bozor iqtisodiyoti qoidalari korxonalar, firmalar o`rtasidagi aloqalarni kontraktlar asosida tashkil qilish, olingan majburiyatlarni belgilangan muddatda, miqdorda qat’iy bajarilishini talab qiladi. Bu esa rejalarning bajarilishini nazorat qilish qoidasining ahamiyatini oshiradi.
Rejalashtirish jarayonida har xil metod (usul) va uslublardan keng foydalaniladi.
Metod grekcha “methodos” so‘zidn olingan bo‘lib “nimagadir yo‘l”, bilish uslubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish, usuli ma’nosini bildiradi.
Rejalashtirish jarayonida balans usuli “moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari balansi) normallashtirish usuli, solishtirish yoki indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy hisoblar, sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar, eksport baholash usuli kabilar keng qo‘llaniladi.
Rejalashtirishda ko‘rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga natural va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Bu usullarning va ko‘rsatkichlarning mazmuni, qo‘llanish usullari tegishli fanlarda keng yoritilganligini e’tiborga olib ushbularni yoritishni ortiqcha deb hisobladik.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin