Korxona iqtisodiyoti


Strategik rejalashtirish bosqichlari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə32/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Strategik rejalashtirish bosqichlari



Ђoyani shakllantirish




Global maqsadni aniqlash




Lokal maqsadlarni aniqlash




Muammoni tahlili




Ob’ektga ta’sir qiluvchi omillarni tahlili




Alternativ variantlarni izlash




Istiqbolni belgilash




Optimal variantlarni baholash




Rejani optimal variantini tanlash va qaror qabul qilish




Rejani bajaruvchilarga yetkazish

Rejani ishlab chiqish jarayoni ham uning turlariga qarab alohida bosqichlardan iborat bo`ladi. Masalan: uzoq muddatli rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga olishi mumkin (5.1.2-chizma).


5.1.2-chizma.


O‘zoq muddatli rejalashtirishning bosqichlari:



Marketing tadqiqotlari asosida korxonaning rivojlanish istiqbolini aniqlash va uni raqobatga bardosh berishligini baholash




Bozor vaziyatiga bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni hal qilish variantlarini asoslash va tanlagan variantning oqibatini baholash


O‘zoq muddatli rejani tuzish




Xo`jalik faoliyatining strategik sohalari bo`yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish

O‘zoq muddatli rejalar quyidagi tartibda tuzilishi ham korxonalar tajribasida ishlatilib kelinmoqda: - korxonaning maqsadi, investitsiya va ishlab chiqarishni takomillashtirish, resurslarning ishlatilish samarasi, boshqarishni takomillashtirish, raqobat vaziyatlarining tahlili, korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kabilar.


Chet el korxonalarining tajribasi shuni ko`rsatadiki, rejalarning bajarilishi qat’iy harakterga ega. Rejalarda asosiy masalalar o`z ifodasini topadi. Masalan: ishlab chiqarishning assortimenti, foyda (yoki daromad) darajasi, harajatlar miqdori, kapital mablag‘larning samarasi kabilar. Bunday bo`limlarning har biri bo`yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlar aniqlaniladi. Alohida bo`limlar bo`yicha (kalendar) taqvim rejalar tuzilib, kim nima qiladi, qanday bajaradi kabi savollarga javoblar belgilab qo`yiladi.
Rejalashtirish jarayoniga qo`yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin:
- korxonalarning rivojlanish g‘oyasini, maqsadini aniqlash;
- asosiy maqsadga erishishni ta’minlaydigan tijorat g‘oyalarini namoyon qilish;
- rejalashtirish-uzluksiz jarayon bo`lib, barcha jamoaning ijodiy yondashishini, rag‘batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a’zolari rejalashtirish jarayonida faol qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog‘liqligidadir);
- reja barcha funksional bo`limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning qaramog‘idagi xizmatchilarni o`zaro ta’siri va tig‘iz bog‘lanishda, birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak;
- bozor konyukturasi o`zgarish ehtimollariga mo`ljallangan alternativ variantlar mavjud bo`lishi shart;
- bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona, ratsional foydalanish, harajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini ta’minlash;
- korxonaning faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning samaradorligi me’zonini, ko`rsatkichlarini aniqlash;
- korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sir qilish darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash, imkoniyatlarni, yangi rezervlarini aniqlash;
- va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish kabilardir.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin