Korxona iqtisodiyoti


Aylanma mablag‘lar va ularning samaradorligini



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə57/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Aylanma mablag‘lar va ularning samaradorligini

oshirish yo‘llari

Aylanma mablag‘larga ishlab chiqarishda va omborlarda ishlab chiqarish zahiralarini shakllantirish, ta’minotchilar, byudjet bilan hisob-kitob qilish hamda, ish haqini to‘lash uchun korxonaga zarur bo‘lgan pul mablag‘lari kiradi.


Aylanma mablag‘lar tarkibi va strukturasini bir-biridan farqlamoq kerak.
Aylanma mablag‘lar tarkibi deyilganda aylanma mablag‘larni tashkil etadigan elementlar yig‘indisi tushuniladi. Aylanma mablag‘larning aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlariga bo‘linishi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish sohalarida ulardan foydalanish va taqsimlash xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar miqdori asosan mahsulot ishlab chiqarish shakllarining davomiyligi, texnika rivojlanish darajasi, texnologiya mukammalligi va mehnatning tashkil etilganligi bilan aniqlanadi. Muomala mablag‘lari summasi asosan mahsulotni sotish shart-sharoitlari va mahsulotning ta’minot va sotish tizimini tashkil etish darajasiga bog‘liq.
Mahsulot muomalasi jarayoniga xizmat ko‘rsatadigan aylanma mablag‘lar muomala fondlarini ifodalaydi. Ularga korxona omborlaridagi sotishga tayyor mahsulot, jo‘natilgan, lekin iste’molchilar tomonidan to‘lanmagan mahsulot, korxona pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi mablag‘lar kiradi.
Aylanma mablag‘larning alohida elementlari o‘rtasidagi nisbat aylanma mablag‘lar strukturasi deyiladi. Sanoat tarmoqlari aylanma mablag‘lari strukturasidagi farq ko‘pgina omillar bilan asoslanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlari, ta’minot va sotish sharoitlari, ta’minotchi va iste’molchilar joylashishi, ishlab chiqarish harajatlari strukturasi.
Sanoat korxonalari aylanma mablag‘lari ko‘p qismini tovar-moddiy boyliklar tashkil etadi. Ularning ulushi - 75-87%. Turli tarmoqlar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklar ko‘rinishidagi aylanma mablag‘lar strukturasi ham turlichadir. Ishlab chiqarish zahiralarining eng katta salmoqli ulushi yengil sanoat korxonalarida (xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ustunlik qiladi - 70%). Kimyo sanoatida kelgusi davr harajatlari ulushi yuqori - 9%. Mashinasozlik sanoatiga nisbatan ishlab chiqarish zahiralari ulushi kam, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish ulushi esa - yuqori. Bunga sabab mashinasozlikda sanoatga nisbatan ishlab chiqarish sikli uzunroqdir. Shu sababli og‘ir, energetika va transport mashinasozligida avtomobil va traktor sanoatdagiga nisbatan tugallangan ishlab chiqarish ulushi yuqori.
Turli tarmoqlarda xom ashyo va material ishlab chiqarish zahiralaridagi aylanma mablag‘lar summasi ham farqlanadi. Bunga ishlab chiqariladigan mahsulotlarning texnik-iqtisodiy xususiyatlari sabab bo‘ladi.
Turli sanoat tarmoqlari aylanma mablag‘lari strukturasida ishlab chiqarish sohasiga joylashtirilgan mablag‘lar umumiy ustunlik qiladi. Ular hisobiga barcha aylanma mablag‘larning 70%i to‘g‘ri keladi (8.4.1chizma).

8.4.1-chizma.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin