tjam=ttex+tyordam+tbosh
Mehnat unumdorligi manbalarini izlash, bu manbalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va bu tadbirlarni bevosita qo‘llash korxonadagi tahliliy ishlarning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish manbalari deganda jonli va moddiylashgan mehnat sarfini iqtisod qlishning hali foydalanilmagan imkoniyatlari tushuniladi. Ichki ishlab chiqarish manbalari texnika va ishchi kuchidan nisbatan samaraliroq foydalanish, ish vaqtini qisqartirish, xom-ashyo va materiallarni iqtisod qilish, uskunalardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq. Ichki ishlab chiqarish manbalariga mehnat sig‘imini kamaytirish, ish vaqtidan foydalanishni oshirish, kadrlar strukturasini takomillashtirish, mehnat predmetlarini iqtisod qilish va mehnat vositalarini iqtisod qilishlar kiradi.
Mehnat unumdorligini oshirish manbalarini quyidagi yo‘nalishlarini keltirish mumkin:
Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish:
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
yangi uskunalarni tadbiq etish;
yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish;
mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish;
xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish;
Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash:
xizmat ko‘rsatish me’yori va hududini oshirish;
me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar soni kamaytirish;
boshqaruv strukturasini soddalashtirish;
hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash;
ish vaqtini o‘zgartirish;
ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish;
Tashqi tabiiy sharoitlarni o‘zgartirish:
xom ashyolarni yaratish, yer osti boyliklarini qazib olishni shart-sharoitlari;
foydali qazilmalarni saqlashni o‘zgartirish;
Ishlab chiqarishdagi struktura o‘zgarishlari:
mahsulotlar alohida turlarining hissasini o‘zgartirish;
ishlab chiqarish dasturining mehnat sig‘imini o‘zgartirish-eng qulay darajasini aniqlash;
sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar hissasini o‘zgartirish;
yangi mahsulotlar hissasini o‘zgartirish.
Korxonalardagi mehnat unumdorligining o‘zgarishi xususan uning o‘sishi muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat unumdorligini o‘sishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |