Kurs ishlarini tashkil etish


  “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix11.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#68528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
hozirgi o`zbek adabiy tilidan kurs ishlarini tashkil etish (uslubiy ko`rsatma) (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

1.2. 
“HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN 
KURS ISHINING MAQSADI VA UNDA AMALGA OSHIRILADIGAN
VAZIFALAR
Muayyan mavzu bo'yicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo'lish, egallangan 
nazariy bilimlar asosida umumlashma xulosalar chiqarish, fikmi izchil va ifodali 
bayon etish ko'nikmasini namoyon etish “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani bo'yicha 
yoziladigan kurs ishining bosh maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, muayyan mavzu 
bo'yicha mavjud nazariy qarashlami solishtirish, ularga xolisona munosabat bildirish, 
mavzuga oid ilmiy manbalami sinchiklab o'rganish va tahlil qilish hamda mavzu 
mohiyatini 
ochib 
berishda 
tilshunoslikning 
tavsiflash, 
qiyoslash, 
zidlash, 
umumlashtirish, komponent tahlil qilish, modellashtirish, transformatsiyalash kabi 
qator usullarini qo'llash “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs 
ishlarining muhim jihati hisoblanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani yuzasidan belgilangan kurs ishlarini yozish va 
ochiq himoya qilishda quyidagi vazifalami amalga oshirish ko'zda tutiladi:
- kurs ishi mavzusining dolzarbligini aniqlash, tadqiq darajasini o'rganish va 
unga munosabat bildira olish;
- kurs ishining maqsad va vazifalarini, tadqiq usullarini to 'g 'ri belgilash;
- kurs ishi mavzusiga oid eng so'nggi ilmiy manbalami tahlil qilish va unga 
munosabat bildira olish;
- kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarmi o'zaro aloqa-bog'lanishda 
o'rganishga erishish, o'xshash til hodisalarmi o'zaro farqlay olish, ulaming struktur 
jihatlarini ajratishga erishish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid daliliy misollami tanlay olish va 
ulami to 'g 'ri tahlil etish asosida m a’lum ilmiy-nazariy xulosalarehiqara bilish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlami amaliyot bilan bog'lay 
bilish;
- kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqara olish;


s
- kurs ishi mavzusini ochiq himoya qila bilish.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozishda ilmiy-nazariy 
tafakkumi shakllantirishga yo'naltirilgan tadqiq usullari tizimidan, shu jumladan
sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, 
komponent tahlil qilish, til birliklarini modellashdrish, transformatsiyalash kabi eng 
ilg'or tahlil usullaridan o'rinli foydalanish talab etiladi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin