б
I. “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN
KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI
1.1. “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHI
MAVZULARINING BELGILANISHI
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlari mavzulari mutaxassislik
kafedrasida 0 ‘zR DTS va fan bo'yicha tuzilgan namunaviy o'quv
dasturi asosida
belgilanadi va avval kafedrada, so'ngra fakultet ilmiy kengashida muhokama etilib
tasdiqlanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi
mavzularini belgilashda
talabalarning ushbu fanga oid nazariy bilimlari va ko'nikmalarini hamda fan bo'yicha
umumiy qiziqishlarini e ’tiborga olish lozim bo'ladi.
Ta’limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida kurs ishlari
mavzularini bitiruv malakaviy ishi mavzularining m a’lum bir bob (bo‘lim)lari
bo'yicha belgilash maqsadga muvofiq. Masalan, “O'zbek tilshunosligida ergashgan
qo'shma gaplar talqini” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining bir bobini “Hozirgi
o'zbek adabiy tili” fani bo'yicha “Ta’lim bosqichlari
dastur va darsliklarida
ergashgan qo'shm a gaplarning ilmiy talqinii” mavzuidagi kurs ishi sifatida berish
mumkin. Shuningdek, bu muammoni “O'zbek tili o'qitish metodikasi” fani bo'yicha
“Ergashgan
qo'shma
gaplar”
mavzusini
o'tishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish” yoki “Ergashgan qo'shma gaplar” mavzusini o'tishda
o'quvchilami mustaqil fikrlashga o'rgatish” mavzularidagi
kurs ishi sifatida ham
berish mumkin.
Albatta, ta’limda bu tarzda uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanishi talabaning
foydali ish koeffisentini oshirishga yordam beradi, uning mavzuni yanada chuqurroq
va atroflicha o'rganishiga imkon yaratadi. Bu orqali ta’lim jarayonida fanlar bo'yicha
mukammal kurs ishlarining bajarilishiga erishiladi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzulari
talabalar tomonidan
ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlashda quyidagi
masalalarga jiddiy e ’tiborqaratishlari lozim bo'ladi:
1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi kunda dolzarbligi
darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligi
va mavzuga oid ilmiy-
nazariy manbalaming yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasavvuri va nazariy
bilimining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, bilimi,
qobiliyatining yetarli ekanligiga e’tibor qaratishi lozim.
4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy manbalami
to'liq o'rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e ’tibor qaratishi lozim.
7
Talaba kurs ishini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo'yicha
yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxasislik kafedrasiga o 'z mavzusi
va uning rejasi haqidagi ma’lumotlami taqdim etishi hamda kafedra muhokamasidan
o'tkazishi lozim bo'ladi. Mavzu kafedra tasdig'idan o'tgach, talaba “Hozirgi o'zbek
adabiy tili” fanidan mana shu mavzu bo'yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega
bo'ladi.
Kafedra va fakuhet ilmiy kengashi tasdig'idan o'tgan
kurs ishi mavzulari
talabalarga semestrboshidayoq taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: