17
boriladi va sahifaostida har bir tartib raqamiga mos manba aniq va to iiq ko'rsatiladi.
Ishda bir muallifning ayni bir tadqiqot ishi takror-takror keltirilganda, birinchi
keltirilishda to‘liq berilib, qolgan o'rinlarda faqat muallif ko'rsatiladi va
“Ko'rsatilgan asar” havolasi beriladi va unga aloqador betlarga ishora qilinadi.
Havolalarni raqamlash usuli bilan berish eng tejamli usuldir.
Bunda ilmiy
manbalar kurs ishining oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” sarlavhasi ostida qat’iy
alifbo tartibida joylashtiriladi. Matn ichida havola
berishga ehtiyoj tug‘ilganda
manbaning “Foydalanilgan adabiyotlar” ro‘yxatidagi tartib raqami, undan keyin
vergul qo‘yilib, zarur betlar ko'rsatiladi. Masalan: “
Odatda kommunikativ
vaziyatning uch asosiy unsuri mavjud bo ‘ladi, ya 'ni so 'zlovchi, tinglovchi va mavzu
yoki axborot. So 'zlovchi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish uchun, albatta,
vosita - tegishli kanalni tanlaydi. Bilamizki, asosiy kanal tilning o'zidir. Ammo
axborotni to ‘la yetkazishda umumiy vaziyat va maqsadga muvofiq boshqa kanallar
ham ishga tushiriladi. Bu о 'rinda paralingvistik va ekstralingvistik vositalar nazarda
tutiladi. Haqiqatan ham, turli jestlar, yuz ifodasi, boshni qimirlatish, gavda
harakatlari, makon yaqinligi, ovoz tabiati, kiyimlar, s o ‘zlovchi va tinglovchining
ijtimoiy yoki boshqa maqomi kabi xilma-xil omillar kommunikatsiya jarayonida
alohida qimmatga ega. Uzatilmoqchi bo'lgan axborotning mazmuni, maqsadi va
tabiatiga uyg'un tarzda kommunikatsiya kanali tanlanadi.” [139, 40].
Ushbu izoh M.Yo'ldoshevning “Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi” deb
nomlangan doktorlik dissertatsiyasidan olingan bo‘lib, u kurs ishining “Foydalanilgan
adabiyotlar” ro'yxatida 139-raqam ostida keltirilgan, izoh tadqiqot ishining 40-
sahifasidan olingan.
Matn ichida bir o‘rinda bir necha manbaga havola etilganda, har bir manba
raqami nuqtali vergul bilan ajratib boriladi.
Havola berishning bu usuli tejamli bo‘lsa-da, o‘z noqulayliklariga ega.
Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlaming g'oyalari va materiallariga
tayanib ishlayotganligini bilish uchun o‘quvchi har gal bob (ish) oxiriga qayta-qayta
murojaat etishi zarur.
Ikkinchidan, bunday tizimdan foydalanish muallifdan katta
ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bitta raqamdagi xato manbaga havolani tamoman
o'zgartirib yuboradi.
Havolalarni uchinchi usulda (asar muallifi va uning bosilgan yiliga ishora
etuvchi qisqartmalar bilan berish y o ii) berish eng qulay va tejamkor usuldir. Bu
usuldan havola berishning hamma turlarida bemalol foydalanish mumkin. Havola
berishning ushbu usulidan foydalanganda manbaning shartli qisqartmalari yo ishning
boshida (shartli qisqartmalar bo‘limida), yoki ishning oxirida “Foydalanilgan
adabiyotlar” qismida to‘liq beriladi.
Hozirgi vaqtda barcha turdagi
mustaqil tadqiqot ishlarida, jumladan, o‘quv
fanlari bo'yicha yoziladigan kurs ishlarida ham havola berishning birinchi usulidan -
18
muallif, uning asari nomi, nashriyoti, nashr yili, zarur betlarini to iiq ko‘rsatgan holda
sahifaosti izohlarida berish ko‘p tavsiya etiladigan an’anaviy hamda eng qulay
usullardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: