Kurs ishlarini tashkil etish


  “HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANI BO’YICHA



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix11.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#68528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
hozirgi o`zbek adabiy tilidan kurs ishlarini tashkil etish (uslubiy ko`rsatma) (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

1.3. 
“HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANI BO’YICHA 
YOZILADIGAN KURS ISHLARINING ILMIY -AMALIY AHAMIYATI
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining muayyan bo'limlari yuzasidan yoziladigan 
kurs ishlari talabalaming til sathi birliklarini shakl va mazmun birligidan tashkil 
topgan yaxlit tizim sifatida o'rganish, uning birliklarini aloqa-bog'lanishda tekshirish 
hamda eng muhim xususiyatlariga tavsif berish borasida amalga oshiradigan ilk yirik 
tadqiqot ishlari sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, fanlar bo'yicha yoziladigan kurs ishlarida talabalardan muayyan 
mavzu bo'yicha umumlashma ilmiy-nazariy xulosalarini bayon etish talab etiladi. 
Talabalaming nazariy jihatdan asoslangan xulosalari mavzu bo'yicha tilshunoslikda 
shakllangan ilmiy qarashlarni boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.
Talabalar tomonidan yozilgan bun day kurs ishlari orqali o'zbek tili 
birliklarining o'ziga xos xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo'lish 
mumkin. Kurs ishida masalaga oid nazariy manbalar yuzasidan bayon etilgan qiyosiy 
tavsif va chuqur ilmiy tahlillar muayyan mavzuning tadqiq darajasi haqida to'liq 
tasaw ur hosil qilishga imkon beradi. Chuqur ilmiy tahlillarga boy kurs ishlaridan 
o'zbek tili fani bo'yicha m a’ruza matnlarini, amaliy va tajriba mashg'ulotlari 
ishlanmalarini tuzishda keng foydalanish mumkin bo'ladi.
1.4. “HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN 
KURS ISHINING TUZILISHI
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs ishlari quyidagi tarkibiy 
qismlardan tarkib topishi maqsadga muvofiq:
- kurs ishining titul varag'i;
- mundarija;
- kurs ishining umumiy tavsifi;
- kirish qism;
- asosiy qism;
- umumiy xulosalar;
- foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati.


Kurs ishining birinchi titul varag‘i ishning qayerda, qachon va kim tomonidan 
bajarilganligi, mavzusi, ilmiy rahbari haqida ma’lumot beradi. (1-ilova)
Kurs ishining birinchi titul varag'ida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
1. Oliy o‘quv yurtining nomi.
2. FakultetnomL
3. Talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi.
4. Kurs ishi mavzusi.
5. Ilmiy rahbaming familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, unvoni.
6. Kurs ishi yozilgan joy nomi va yili.
Kurs ishining ikkinchi titu l varagHda quyidagi ma’lumotlar aks etadi (2- 
ilova):
1. Kurs ishi bajarilgan kafedra nomi.
2. Ilmiy rahbar familiyasi, ismi, ilmiy darajasi va unvoni.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin