Kurs ishlarini tashkil etish


Kurs ishi himoyasi o‘tkazilishi belgilangan yig'ilish manzili



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix11.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#68528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
hozirgi o`zbek adabiy tilidan kurs ishlarini tashkil etish (uslubiy ko`rsatma) (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

3. Kurs ishi himoyasi o‘tkazilishi belgilangan yig'ilish manzili.
4. Kurs ishi bilan tanishish mumkin bo'lgan kafedra nomi.
5. Kurs ishi kafedraga topshirilgan Sana.
Kurs ishining keyingi varag‘ida m u n d arija beriladi. Mundarijada kurs ishining 
tarkibiy tuzilishi aks.etadi. Mundarija quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1. Kurs ishining umumiy tavsifi.
2. Kirish qism.
3. Asosiy qism.
4. Umumiy xulosalar.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
6. Ilovalar.
K urs ishining um um iy tavsifida quyidagi masalalar bayoni aks etadi:
- kurs ishi mavzusining belgilanishi;
- kurs ishining maqsadi va vazifalari;
- kurs ishining tadqiq obyekti va metodi;
- kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati;
- kurs ishining tuzilishi.
Umumiy tavsifning “K urs ishi mavzusining belgilanishi” bandida mavzuni 
tavsiya etgan kafedra va mavzuning tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumot aks etadi.
“K urs ishining maqsadi va vazifalari” bandida mavzuni yoritishda 
ko'zlangan maqsad belgilanadi hamda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi.
Umumiy tavsifning “K urs ishining tad q iq obyekti va metodi” bandida 
o‘ganilayotgan til sathi birligi, uning tahlilga tortilgan jihati qayd etiladi hamda 
tanlangan mavzuni yoritishda qanday tahlil usullaridan foydalanish ko‘zda 
tutilganligi ma’lum qilinadi.


10
“K urs ishining ilmiy va amaliy aham iyati” bandida erishilishi ko'zda tutilgan 
ilmiy natija va ishning amaliy ahamiyati haqida m a’lumot beriladi.
Umumiy tavsifning “K urs ishining tuzilishi” bandida yozilgan ishning tarkibi 
va umumiy hajmi haqida ma’lumot beriladi.
Kurs ishining K irish qismida mavzuning o'rganilish darajasiga baho berish 
lozim bo‘ladi. Mavzuga oid ilmiy manbalar chuqur tahlil etitib, ularga munosabat 
bildiriladi. Kurs ishining Kirish qismida mavzuning dolzarbligi haqida ham 
munosabat bildirish mumkin.
Kurs ishining Asosiy qismida mavzu yuzasidan ko'tarilgan muammo bo'lim
(bob), bo'lim (bob) bandlari orqali ochib beriladi. Kurs ishining asosiy bo'lim
(bob)lari, bo'lim (bob) bandlarida mavzuning asl mohiyati daliliy misollar tahlili 
asosida izchillikda ochib beriladi. Daliliy misollar asosiy hollarda badiiy, publitsistik 
uslub, zarur o'rinlarda so'zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olinacfi.
Kurs ishi boblarida hal etilishi ko'zda tutilgan masalalar nazariy xarakter kasb 
etishi lozim. Zarur hollarda nazariy masalaning amaliyotga tatbiqi xususida fikr- 
mulohazalar bayon etiladi. Agar kurs ishida ilovalar berish lozim topilsa, ular ish 
so'nggida qayd etiladi. Ilovalarda muayyan masalaning mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan jadvallar, chizmalar, masalani yechishga doir namunalami berish ko^zda 
tutiladi.
Kurs ishining Umumiy xaiosalar qismida talabaning mavzuga oid tahliliy 
materiallar asosida chiqargan nazariy xulosalari umumlashtiriladi hamda uning 
nazariy qarashlarga qisqa manosabati, mavzuni o'rganish yuzasidan tavsiyalari 
beriladi.
Kurs ishining Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati qismida kurs ishini yozish 
jarayonida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar qayd etiladi.
Kurs ishi mavzusini yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ish so‘ngida 
beriladi. Ilmiy manbalar alfavit tartibida ketma-ket raqamlanadi. A w al asar 
muallifming ismi-sharifi, so'ngra ilmiy manba nomi (darslik, qo'llanma, 
monografiya...), asar nashr etilgan shahar, nashriyot nomi va ilmiy manbaning 
umumiy sahifasi aniq ko'rsatiladi. Agar ilmiy manba jurnal yoki to'plamda e’lon 
qilingan bo‘Isa, muallifning ismi sharifi, so'ngra maqola yoki tezis nomi, nashr 
etilgan jurnal, to'plam nomi, jum al yoki to'plam nashr etilgan shahar nomi, so‘ngra 
maqola yoki tezisamg ilmiy jum al, to ‘plamdagi sahifasi ko'rsatiladi. (3-ilova)
B a’zan kurs ishi yakunida ilovalar beriladi. Ilovalar zarur o'rinlarda mavzu 
mohiyatini yanada yorqinroq ochib berish ucbun qo'shim cha izoh sifatida ishlatiladi. 
Asosiy hollarda ilovalarda jadval va turli chizmalar aks etadi. Shuningdek, ilovalarda 
ishda qo'llanilgan ilmiy terminlar sharhi, talaba tomonidan ishlab chiqilgan va 
tavsiya etiladigan lug'at namunalarini ham berish mumkin bo‘ladi.


11
II. KURS ISH IN I YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR
2.1. MAVZU R E JA SIN IT U Z ISH
Kurs ishining rejasini tuzishdan oldin talaba mavzu bo'yicha tavsiya etilgan 
barcha ilmiy manbalami sinchiklab o'rganishi, ulami tahlil qilishi lozim bo'ladi. 
Mavjud ilmiy manbalami o'rganish asosida talaba mavzuning o'rganilganlik darajasi 
haqida to'liq tasaw urga ega bo'ladi. Shundan so'ng u kurs ishi mavzusini yoritishda 
qanday masalalarga e’tibor qaratish joizligi haqida mushohada yuritadi va mavzuni 
yoritish rejasini tuzadi.
Kurs ishi mavzusi bo'yicha tuzilgan rejada quyidagi masalalarga e’tibor 
qaratish maqsadga muvofiq:
1. Kurs ishining umumiy tavsifini yoritish. Bu masala “K urs ishining umumiy 
tavsifi” bandida yoritiladi.
2. Kurs ishi mavzusining o'rganilganlik darajasi haqida ma’lumot berish, 
mavzuga oid ilmiy manbalarga tanqidiy munosabat bildirish. Bu masala kurs ishining 
Kirish qismida yoritiladi.
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy asoslanishi lozim bo'lgan eng muhim 
masalalami ajratish va ulami bo'lim (bob)larga kiritish. Bu masalalar kurs ishining 
“Asosiy qism ”ida yoritiladi.
4. Kurs ishi mavzusi bo'yicha umumlashma nazariy xulosalar chiqarish va 
ulami izchillikda bayon etish. Bu masala kurs ishining “Umumiy xulosalar” bandida 
aks ettiriladi.
5. Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalar haqida ma’lumot berish. Bu masala 
kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar” bandida aks ettiriladi.
Kurs ishi rejasida qayd etiladigan bu masalalar mavzu mohiyatini ochib 
berishga qaratilgan bo'lishi joiz. Bu masalalaming rejada aniq, qisqa sarlavhalar 
ostida izchillikda berilishiga qat’iy rioya qilish lozim bo'ladi.
Kurs ishi rejasida berilgan masalalaming qay tartibda bo'lishi, muhim- 
nomuhimligi, soni tanlangan mavzuning mohiyatiga bog'liq. Mavzuga aloqador eng 
muhim masalalami alohida bo'lim (bob)larda yoritish tavsiya etiladi.
Dastlabki tuzilgan reja ilmiy rahbar nazoratidan o'tkazilishi lozim. Ilmiy rahbar 
zarur hollarda rejaga tuzatishlar kiritish bo'yicha tavsiyalar berishi mumkin.
2.2. KURS ISHI MAVZUSIGA OID ILM IY MANBALARDAN 
FOYDALANISH
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozishda eng aw alo qanday 
manbalarga suyangan holda ishning metodologik asosini belgilashni hal etish lozim 
bo'ladi. Bu fan bo'yicha yoziladigan kurs ishiga tilning o'zaro aloqa-bogianishda


12
boigan birliklar yig'indisidan iborat butunlik ekanligini va til birliklarining 
ziddiyatli, ikkilangan tabiatga egaligini e’tirof etuvchi dialektika kategoriyalari 
metodologik asos vazifasini o‘taydi. Kurs ishining metodologik asosini belgilashda 
dialektika qonunlari qatorida mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, O ’zR DTS, fanga 
oid namunaviy o ‘quv dasturlar, “Davlat tili haqida”gi qonun, O ’zR Prezidenti asarlari 
ham muhim o ‘rin tutadi.
Kurs ishining metodologik asosi belgilangach, mavzuga oid eng zarur 
adabiyotlami tahlil qilish, ulaming ro'yxati (bibliografiyasi)ni tuzish lozim boiadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishini yozishda masalaga aloqador 
nashr etilganiga kamida o ‘n-o‘n besh yil b o ig a n so‘nggi ilmiy-nazariy, o'quv- 
uslubiy adabiyotlar: darsliklar, uslubiy qoilanm alar, monografiyalar, ilmiy maqola 
va tezislardan, shu bilan birga, elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, respublikamizda nashr etib kelinayotgan tilshunoslik masalalarini 
yorituvchi “O ’zbek till va adabiyoti”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Filologiya 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin