Umumiy qoidalar
|
|
Ushbu Koncepciya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qati nazar, axborotni erkin olish huquqini o’rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
|
|
Hozirgi kunda O’zbekistonning professional axborot-kutubxona hamjamiyati axborot-kutubxona muassasalariga demokratik ijtimoiy-madaniy institut, bugungi axborot jamiyati madaniyatining rivoji hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining axborot bazasi sifatida qaraydi, shuningdek, axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish holatini jamiyat madaniyati darajasining ko’rsatkichi deb hisoblaydi.
|
|
Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holati
|
|
Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holatini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tahlillar zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini taminlash maqsadida meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko’rsatdi.
|
|
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va meyoriy bazasi quyidagilardan iborat:
|
|
O’zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlari;
|
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi «Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5148-son, 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmonlari;
|
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi «2011 — 2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1487-son, 2012 yil 20 martdagi «Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’ǵrisida”gi PQ-1729-son, 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’ǵrisida”gi PQ-1730-son, 2017 yil 13 sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tarǵib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’ǵrisida”gi PQ-3271-son, 2019 yil 2 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to’ǵrisida”gi PQ-4151-son qarorlari.
|
|
Aholining elektron axborot resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalarini birlashtirish va ularni yagona umumtalim elektron kutubxona tizimiga ulash, idoralararo elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish maqsadida «Milliy umumtalim elektron kutubxona» loyihasi amalga oshirilmoqda.
|
|
Respublika axborot-kutubxona muassasalarida bosqichma-bosqich zamonaviy axborot va elektron texnologiyalar tatbiq etilmoqda:
|
|
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari soni ko’paytirilmoqda;
|
|
xususiy elektron malumotlar bazalari yaratilmoqda;
|
|
foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarining yanada sifatli yangi turlari taqdim etilmoqda.
|
|
Aholining axborotga bo’lgan talabini qondirish uchun mamlakatning yirik axborot-kutubxona muassasalari virtual malumotlar xizmatidan faol foydalanmoqda, madaniy hordiq va marifiy faoliyatni rivojlantirmoqda.
|
|
Biroq axborot-kutubxona muassasalarini jahon kutubxona hamjamiyatiga integraciyalash, foydalanuvchilar va aholi bilan ishlash, shu jumladan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning innovacion usullarini tatbiq etish masalalariga etarli darajada etibor qaratilmayapti, shuningdek, uyali aloqa, ko’plab gadjetlar va O’i-Fining faol rivojlanishi, elektron kitoblar va «kitob o’qish ilovalari» (book reader) oqimining ortib borishi sharoitlarida foydalanuvchilar bilan tizimli ishlar olib borilmayapti.
|
|
Axborot-kutubxona muassasalarining katta qismi zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalari, kompyuterlar, nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi, yonǵindan saqlash signalizasiyasi va o’t o’chirish, iqlimni nazorat qilish vositalari, telefon aloqasi bilan taminlanmagan, aholiga, ayniqsa nogironligi bo’lgan shaxslarga va olis, aholisi kam bo’lgan punktlarda xizmat ko’rsatish uchun zamonaviy uskunalar mavjud emas.
|
|
Axborot-kutubxona muassasalarini texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish axborot-kutubxona muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishni taqozo etadi, ularning mehnat bozoridagi bahosi esa axborot-kutubxona muassasalarining bugungi imkoniyatlaridan ancha baland.
|
|
Axborot-kutubxona muassasalarida mehnatga haq to’lash darajasining pastligi, nomuvofiq oǵir mehnat sharoitlari va ularga ishonib topshirilgan fondlarni saqlash masuliyati malakali kadrlarning ishdan ketishi, mamlakat madaniy mulkini va intellektual salohiyatini saqlash uchun xavfli hisoblangan kadrlar qo’nimsizligini vujudga keltirmoqda.
|
|
Bo’sh o’rinlarning ko’pligi va xodimlar etishmasligi ishga olinayotgan xodimlarga qo’yilayotgan talablar darajasini pasaytiryapti, bu esa malakasiz (ko’p hollarda mutaxassis bo’lmagan) xodimlarga kutubxonachi lavozimiga ishga joylashish imkonini bermoqda. Bu masalalarni maqbul tarzda hal etish uchun axborot-kutubxona muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni ijtimoiy himoya qilish darajasini qayta ko’rib chiqish zarur.
|
|
|