«kutubxona va axborot faoliyati»


Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo’nalishlari



Yüklə 67,4 Kb.
səhifə4/7
tarix22.01.2023
ölçüsü67,4 Kb.
#80093
1   2   3   4   5   6   7
Ўринбоев Муҳиддин Библиография Курс иши

. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo’nalishlari




Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlari — fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstituciyaviy huquqlarini taminlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlashdan iborat.




Axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarur:




axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon tendenciyalarni etiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish;




bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini taminlash maqsadida meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;




axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstrukciya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan taminlash;




eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish;




axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmoǵini rivojlantirish;




milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini taminlash;




jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va tarǵib qilish;




axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan taminlash.




Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona sohasining quyidagi ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish zarur:




qonunchilik bazasini aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni rivojlantirish vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;




axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi malumotlar tizimini shakllantirish;




axborot-kutubxona fondlari saqlanishini taminlash;




yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmoǵini yaratish;




zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;




axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish;




axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;




axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;




ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;




barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni muvofiqlashtirish;




xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga kirish.





Yüklə 67,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin