Resurs taminoti
|
|
Resurs taminoti, shu jumladan Konsepsiyada belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari axborot-kutubxona muassasalariga ajratiladigan byudjet mablaǵlari doirasida, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamǵarmasi, kutubxonalarning xo’jalik faoliyatidan tushgan daromad qismi, homiylar, xorijiy investorlarning mablaǵlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
|
|
Kutilayotgan natijalar
|
|
Konsepsiyani amalga oshirish mamlakat axborot-kutubxona muassasalarining yanada rivojlanishi hamda axborot, madaniy-marifiy makon doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi yagona axborot-kutubxona tarmoǵini yaratishga imkon beradi.
|
|
Rejalashtirilgan tadbirlar natijasiga ko’ra, Konsepsiyani amalga oshirishning birinchi bosqichida quyidagilar kutilmoqda:
|
|
2020 yilga qadar respublikaning tuman va shaharlarida aholining 86,0 foizini qamrab oladigan 186 ta zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish;
|
|
2020 yilga qadar kutubxonalarning 10 foizini (21 ta) yagona malumotlar interaktiv bazasiga ulash orqali O’zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirishni boshlash;
|
|
Elektron kitoblar fondini 1,2 million nusxagacha ko’paytirish;
|
|
14 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
|
|
Ikkinchi bosqichda quyidagilar kutilmoqda:
|
|
Respublikaning 207 ta kutubxonasini yagona malumotlar interaktiv bazasiga ulashni yakunlash orqali O’zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirish;
|
|
Elektron kitoblar fondini 3,3 million nusxagacha ko’paytirish;
|
|
21 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.
|
|
Bundan tashqari Konsepsiya:
|
|
Madaniy, talim va axborot infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida muhim ijtimoiy va kommunikativ vazifalarni bajaruvchi axborot-kutubxona muassasalariga mamlakatning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo’shish imkoniyatini yaratadi;
|
|
Milliy manfaatlar va xalqaro tajribani hisobga olib axborot-kutubxona ishi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradi (bu esa axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotining bugungi tendenciyalariga moslashish, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi va aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishni kengaytirishga sezilarli darajada tasir ko’rsatishga imkon yaratadi);
|
|
Axborot-kutubxona fondini jamlash, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchi uskunalarga yiǵish tizimini yaratishga, kutubxona fondlarini saqlashni taminlaydi, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmoǵini takomillashtirish va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqotlar olib borishga, uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqishni faollashtirishga imkon beradi;
|
|
Axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining samarali faoliyati, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashadi;
|
|
Barcha tizimlar va idoralarning axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
|
|
Axborot-kutubxona mutaxassisining foydalanuvchilar bilan o’zaro munosabati Foydalanuvchilar bilan o’zaro munosabat hurmat va xayrixohlik, axborot-kutubxona resurslari va xizmatlarini yuqori sifatli taqdim qilishga intilish asosida tashkil qilinadi. Kutubxona mutaxassisi axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatishda jinsidan, yoshidan, millatidan, malumotidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, siyosiy qarashlaridan, dinga munosabatidan, jismonan soǵlomligidan qatiy nazar foydalanuvchilarning teng huquqliligini taminlaydi.
Foydalanuvchilarga ko’rsatiladigan xizmatlarning, shu jumladan pullik xizmatlarning ro’yxati hamda ularni ko’rsatish shartlari haqida axborot beradi, taminlaydi va qo’llab-quvvatlaydi. Kutubxona mutaxassisi shaxsning ijtimoiylashuvi, fuqarolik ongining shakllanishi, har tomonlama rivojlanishi, talim olishi, madaniy boyishi, bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishi, iqtisodiy faollik va jamiyatni mustahkamlashda fuqarolarning ishtirokini taminlash maqsadida real va virtual muhitda axborotdan ommaviy va to’laqonli foydalanishini taminlaydi. Kutubxona mutaxassisi ommaviy foydalanishni kengaytirish maqsadida axborot qidirishda kutubxona foydalanuvchilarini qo’llab-quvvatlaydi, shaxsning mutolaa ko’nikmalari va axborot madaniyatini rivojlantirishga, uning intellektual va manaviy o’sishiga ko’mak beradi, ularning axborotdan to’ǵri foydalanishini raǵbatlantiradi. O’z kasbiga munosabat Kutubxona mutaxassisi:
o’zining ijtimoiy vazifasi va kasbiy burchini bajarish- 23 ning ajralmas sharti sifatida kasbiy yuksalish va malakasini oshirishga, madaniy mustaqil talim olishga intiladi; o’z kasbining ijtimoiy nufuzini va axborotlashgan jamiyatda uning istiqbolli ahamiyatini oshirishga bilim va mehnatini sarflaydi; kasbiy imiji shakllanishining ajralmas qismi sifatida o’zining tashqi ko’rinishiga etibor beradi va kutubxonada joriy qilingan dress-kod (tavsiya qilinadigan kiyinish uslubi)ga amal qiladi. kutubxona mutaxassisi kasbiy faoliyati davomida foydalanuvchilar va hamkasblar hisobiga hohlagan shaxsiy manfaatlardan, shuningdek, kasbiy burchni bajarishga monelik qiluvchi shaxsiy qarashlardan foydalanmaslikka harakat qiladi.
Axborot-kutubxona faoliyatida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar Kutubxona – hujjatlardan tashkil topgan fondga ega bo’lgan va ularni abonementlarga vaqtinchalik foydalanishga beradigan hamda boshqa turdagi kutubxona xizmatlarini amalga oshiradigan axborot, madaniy, talimiy muassasa.
Axborot-kutubxona tizimi – axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy taminot asosida faoliyat ko’rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir. O’zbekiston Milliy kutubxonasi – O’zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va talimini rivojlantirish manfaatlarini ko’zlagan holda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
Axborot-kutubxona markazlari – Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborotkutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari – davlat talim muassasala- 24 ri huzurida tashkil etilgan, o’quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir. Kutubxona abonenti – kutubxona tomonidan doimiy foydalanuvchi sifatida ro’yxatga olingan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Kutubxona xizmati – kutubxonadan foydalanuvchining malum bir ehtiyojini qondiruvchi kutubxona xizmatining muayyan natijasi (hujjatlarni berish va band qilish, yangi adabiyotlar to’ǵrisida malumot berish, ko’rgazmalar tashkil etish, maslahatlar berish va h.k.) Axborot-kutubxona fondi – tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari majmui. Hujjat – jamiyat tomonidan foydalanish va saqlash maqsadida zamon va makonda uzatishga mo’ljallangan matn, tovushli yozuv yoki tasvir ko’rinishidagi axborot aks etgan moddiy obekt.
Axborot-kutubxona faoliyati – axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning tarmoǵi, axborot-kutubxona fondlari, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot va metodik taminotini tashkil qiluvchi faoliyat sohasi.
Dostları ilə paylaş: |