«kutubxona va axborot faoliyati»


— 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish



Yüklə 67,4 Kb.
səhifə2/7
tarix22.01.2023
ölçüsü67,4 Kb.
#80093
1   2   3   4   5   6   7
Ўринбоев Муҳиддин Библиография Курс иши

2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish
















2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Koncepciyasi (keyingi o’rinlarda — Koncepciya) respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo’nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o’zida aks ettiradi.




Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan o’zgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq bo’lmoǵi lozim.




2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Ҳаракатлар стратегияси asosida axborot-kutubxona faoliyatini axborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil qilishga yo’naltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalarini tatbiq etish axborot-kutubxona faoliyatiga har tomonlama: foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish, fondlarni jamlash va saqlash jarayonlari, axborot-kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikka tasir ko’rsatadi.




Jamiyatda yuksak manaviy qadriyatlarning qaror topishi axborot-kutubxona muassasalari oldiga shaxsga etiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, manaviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qo’yadi.




Hozirgi jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari axborot olish, madaniy-marifiy va talim muassasasi sifatida namoyon bo’ladi.




Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyusiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo’lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Talim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmoǵini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.




Bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar guruhi (imkoniyati cheklangan insonlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, ko’p bolali oilalar va boshqalar) axborot-kutubxona muassasalarining alohida etiborini talab etadi.




Mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, jahon hamjamiyatiga kirish, O’zbekistonning xalqaro obro’-etiborining ortishi axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga mamlakatda bo’layotgan islohotlarga ko’maklashish, aholiga tezkor axborot taqdim etish bo’yicha qator majburiyatlarni yuklaydi.




YAngi texnologiyalarning tatbiq etilishi, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot tarqatish funkciyalarining amalga oshirilishi hamda axborot olish imkoniyatini taminlash avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish ko’lami va suratlariga boǵliqdir.




Axborot-kutubxona sohasini isloh qilish axborot-kutubxona muassasalari meyoriy-huquqiy bazasining zaifligi, axborot-kutubxona fondlarining jamlanishi va texnik jihozlanishi etarli darajasida emasligi, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash darajasining pastligi tufayli yuzaga keldi.





Yüklə 67,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin