Konsepsiyani amalga oshirish
|
|
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy vositasi respublikada axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o’rinlarda — Dastur) hisoblanadi.
|
|
Ushbu Konsepsiyani tijorat tashkilotlari, hamkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sohaga aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda respublika miqyosida amalga oshirish nazarda tutilgan.
|
|
Konsepsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo’yicha maxsus vakolatli davlat organ — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan olib boriladi.
|
|
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
|
|
Birinchi bosqichda (2019-2020 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
|
|
Xududiy axborot-kutubxona muassasalarini kelgusida xalqaro tizimlar bilan integraciyalash uchun ularni yagona malumotlar bazasiga ulash;
|
|
Milliy umum ta’lim elektron kutubxona markazi to’ǵrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
|
|
Sohaga ixtisoslashgan oliy talim muassasalarida «Kutubxona-axborot faoliyati» yo’nalishi bo’yicha qabul kvotalarini oshirish;
|
|
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining o’sib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona to’ǵrisida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
|
|
2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmoǵida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
|
|
Tamirtalab axborot-kutubxona muassasalarini tamirlash va rekonstruksiya qilish hamda ularning bino va imoratlarini qurish;
|
|
«Kutubxona a’lochisi» ko’krak nishonini tasis qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
|
|
Hatlov o’tkazish va uning natijalarini aniqlashtirish, tadbirlarni amalda ijro etish bo’yicha chora-tadbirlar tayyorlash va boshqalar.
|
|
Ikkinchi bosqichda (2021 — 2024 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
|
|
Tarqatish tizimini takomillashtirish uchun «Nashrlarning majburiy nusxasi to’ǵrisida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish;
|
|
«Xalqaro nashrlar almashinuvi to’ǵrisida»гi Konvensiyani ratifikasiya qilish masalasini ko’rib chiqish;
|
|
MDH va xorijiy davlatlarning etakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish;
|
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaciya komissiyasi qoshida Kutubxonachilik ishi bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertaciyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish;
|
|
Resurslar almashinuvi va korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish bo’yicha korporativ tarmoqni shakllantirish;
|
|
Axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha tarmoq standartlar, uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
|
|
Tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini tashkil qilish borasida davlat organlari va hokimliklar bilan hamkorlikda ishlash;
|
|
Manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlikda Koncepciyani ro’yobga chiqarish bo’yicha tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirish.
|
|
|