Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini hal qilish bo’yicha asosiy vazifalar
|
|
1. Axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmlarini yaratish, axborot-kutubxona fondlari saqlanishini taminlash:
|
|
sohani uslubiy taminlash va eng yangi texnologiyalarni joriy etish, axborot-kutubxona fondlarini saqlovchi kadrlar, restavratorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, axborot-kutubxona fondlarini saqlash muammolari bo’yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish;
|
|
foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondlarini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish, fondlarni to’ldirish, ularni jamlash va keyinchalik ulardan erkin foydalanish imkoniyatini taminlagan holda majburiy nusxaga egalik huquqini belgilash;
|
|
axborot-kutubxona muassasalarini jamoat, tijorat va xususiy nashriyotlar nashrlari, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizning asarlari, shuningdek, O’zbekiston haqidagi chet el nashrlari bilan taminlash uchun sharoitlar yaratish, respublika hududida yashovchi xalqlar tillaridagi adabiyotlar fondlarini shakllantirish;
|
|
majburiy nusxa olish, obuna, sovǵa qilish, sotib olish, kutubxonalararo va xalqaro kitob almashish tizimini joriy etish, milliy va xorijiy onlayn va oflayn elektron hujjatlari bilan jamlash, «egalik qilish» va «erkin foydalanish» o’rtasida maqbul muvozanatni yaratish va boshqalar hisobiga axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini yangilash;
|
|
viloyat, tuman va shahar darajasidagi hududiy axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini jamlash, kengaytirish, to’ldirish uchun ajratiladigan mablaǵlarni o’rtacha ikki barobarga oshirgan holda axborot-kutubxona muassasalari fondiga turli xildagi tashuvchilar orqali yangi adabiyotlar kelishini taminlash;
|
|
nashrlarga ishlov berish va ularni qidirishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish orqali axborot-bibliografiya faoliyatini takomillashtirish;
|
|
yiǵma elektron kataloglar, to’liq matnli malumotlar bazasini shakllantirish va axborot-kutubxona muassasalarining Internet tarmoǵiga ulanishini taminlash;
|
|
uyali aloqa vositalari orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish, yaratilayotgan elektron resurslarda multimedia kontentlari ulushini oshirish va boshqalar;
|
|
axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona fondlarini konservaciyalash, fondlar holati va ularning saqlanish sharoitlari monitoringi tizimini yaratish, saqlashning meyoriy tartiblarini taminlash;
|
|
hujjatlarni ommaviy konservaciyalash usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish, konservasiya jarayonlariga eng yangi texnologiyalarni joriy etish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlari uchun harakatlarni rejalashtirish va taminlash;
|
|
axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini taminlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi texnologiyasini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy va uslubiy bazani ishlab chiqish;
|
|
axborot-kutubxona fondlarini hisobga olish tizimini rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridagi barcha turdagi hujjatlarni hisobga olishni takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari hujjatlarini hisobga olishning yagona tizimini yaratish, hisobga olish malumotlariga ishlov berish va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni o’zaro integrasiyalovchi yangi texnologiyalarni joriy etish, hisob-statistika ko’rsatkichlari tizimini yaratish
|
|
fondlar, kataloglarni saqlash va foydalanish, ularning lozim darajada ishlashi, shuningdek, foydalanuvchilarning xavfsiz va qulay tarzda muassasada bo’lishi uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan taminlash.
|
|
2. Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmoǵini yaratish:
|
|
yangi axborot texnologiyalarini jadal joriy etish, shaxsiy kompyuterlar parkini kengaytirish, lisenziyalangan dasturiy taminot xarid qilish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari texnika bazasini mustahkamlash;
|
|
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan o’rinlar sonini ko’paytirish;
|
|
fondlarni, jumladan o’lkashunoslik va noyob nashrlarni raqamlashtirish;
|
|
mamlakatimizning barcha aholisi hududiy, respublika va jahon axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida axborot-kutubxona muassasalarini Internet tarmoǵiga ulashni kengaytirish;
|
|
saytlar yaratish va axborot-kutubxona muassasalarining virtual makonda faol ishtirokini, aholiga virtual malumot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatishni taminlash;
|
|
mamlakatning axborot-kutubxona muassasalari axborot resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini beruvchi yagona axborot-kutubxona portalini yaratish;
|
|
davlat va qo’shimcha xizmatlarini ko’rsatish doirasida axborot va bilimlardan foydalanishni taminlovchi mavjud zamonaviy raqobatbardosh texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini joriy qilish;
|
|
ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonini axborot bilan qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish va virtual malumot xizmati tizimlarini modernizaciyalash;
|
|
jamoaviy obunani kengaytirish va respublika axborot-kutubxona muassasalariga muntazam ravishda yillik obuna uchun mablaǵ ajratish;
|
|
axborot-kutubxona muassasalarining innovacion faoliyati va ularning innovacion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovacion munosabatlar va muloqotni yo’lga qo’yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovaciyalarni amalga oshirish uchun investiciyalar, shu jumladan, xususiy investiciyalarni jalb qilish;
|
|
O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan turli talim, ijtimoiy guruhlar, yosh toifalaridagi foydalanuvchilarga va nogironligi bo’lgan shaxslarga onlayn tarzda (24/7/365) taqdim qilinadigan elektron kataloglar, hujjatli resurslar va ko’rsatiladigan xizmatlardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradigan xizmatlar yaratish;
|
|
axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining axborot borasidagi bilimlarini oshirish, bolalar, o’smirlar va yoshlarga talim xizmatlarini ko’rsatish orqali aholining media savodxonligini yuksaltirish va boshqalar;
|
|
3. Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish:
|
|
kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizaciya qilishning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida ularga uzluksiz axborot-kutubxona talimini berish tizimini yaratish, axborot-kutubxona kadrlarini masofadan turib o’qitish tizimini joriy qilish va boshqalar;
|
|
axborot-kutubxona xodimlari malakasini oshirish bo’yicha doimiy faoliyat olib boruvchi kurslar tashkil qilish, ham talabalar, ham axborot-kutubxona xodimlarini masofadan turib o’qitish kurslarini rivojlantirish, o’qituvchi va assistentlarning xorijiy davlatlardagi etakchi ilmiy tashkilotlarda (kutubxona fakultetlarida) stajirovka o’tashini tashkil qilish, axborot-kutubxonachilik ishi bo’yicha ilmiy maktablarni rivojlantirish va boshqalar;
|
|
kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy talim muassasalarida «Kutubxona-axborot фаолияти» yo’nalishi bo’yicha qabul kvotalarini oshirish;
|
|
axborot-kutubxona hamjamiyatini kasbiy axborot bilan taminlash, yangi noshirlik texnologiyalaridan va axborot-kutubxona muassasalari fondidagi noyob hujjatlarning faksimillaridan foydalangan holda fundamental bibliografik qo’llanmalar nashr qilish, kataloglashtirish sohasida bir xil ishlar takrorlanishining oldini olishga va respublika axborot-kutubxona muassasalarida kataloglashtirish sarf-xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kooperaciyani amalga oshirish;
|
|
axborot-kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish bo’yicha xalqaro loyihalarda axborot-kutubxona muassasalarining ishtirokini kengaytirish va boshqalar.
|
|
4. Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini, jumladan pulli xizmatlarni joriy qilish va rivojlantirish:
|
|
fuqarolar elektron axborot-resurslarni almashishi va ulardan erkin foydalanishi uchun yiǵma elektron katalogdan foydalanish imkoniyatini taminlash, korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish;
|
|
kutubxonalararo abonementning imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish va hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish uchun shart-sharoit yaratish, yagona axborot muhitini yaratish, talim va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona resurslari o’zaro hamkorligining yagona mexanizmini ishlab chiqish, mamlakatimizning yirik axborot-kutubxona resurslarini o’zida birlashtirgan yagona qidiruv tizimini yaratish.
|
|
5. Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali faoliyat ko’rsatishi va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish:
|
|
axborot-kutubxona xodimlarining ijtimoiy himoyasini taminlash, ularning huquq va imtiyozlarini kengaytirish (uy-joy sotib olish uchun foizsiz kreditlar ajratish), axborot-kutubxona muassasalarining barcha toifalarida tarif razryadini oshirish evaziga yagona tarif setkasini modernizasiyalash;
|
|
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori asosida sohaning bugungi ehtiyojlariga muvofiq ravishda axborot-kutubxona muassasalarining lavozimlari nomenklaturasini kengaytirishni ko’zda tutib, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining tarif-malakaviy tavsiflarini qayta ko’rib chiqish;
|
|
axborot-kutubxona muassasalarining normal rivojlanishini kafolatlaydigan mehnatga haq to’lash darajasini taminlash;
|
|
axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga ko’p yillik ish staji uchun qo’shimcha haq to’lashni joriy etish;
|
|
kasbiy unvonlar va davlat mukofotlarini tasis etish;
|
|
«Kutubxona аълочиси» ko’krak nishonini tasis etish.
|
|
6. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:
|
|
Respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarini to’liq xatlovdan o’tkazish;
|
|
Axborot-kutubxona muassasalarining avariya holatidagi, tamirtalab bino va imoratlarini tamirlash hamda rekonstrukciya qilish;
|
|
Axborot-kutubxona muassasalari uchun maxsus binolar qurish;
|
|
Nogironiligi bo’lgan shaxslarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
|
|
Tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlash uchun axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan yangi binolar qurish va mavjudlarini rekonstrukciya qilish.
|
|
7. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat:
|
|
Axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy yo’nalishlari bo’yicha korporativ amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
|
|
Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish tarmoǵini kengaytirish va boshqalar;
|
|
Idoralararo asosda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining turli yo’nalishlari, shuningdek, MDH va xorijiy davlatlarning yirik axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy raqobatbardosh axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni olib borish;
|
|
Ilmiy tadqiqot va talim jarayonini axborot bilan qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
|
|
Xujjatlarni elektron tarzda etkazib berish tizimini modernizasiya qilish;
|
|
Uslubiy qo’llanmalar, tavsiyalar, maslahat yordami ko’rsatish tizimini yaratish va takomillashtirish;
|
|
Axborot-kutubxona muassasalarining innovacion faoliyati va ularning innovasion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali Innovasion munosabatlar va muloqotni yo’lga qo’yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovasiyalarni amalga oshirish uchun investisiyalar, shu jumladan, xususiy investisiyalarni jalb qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
|
|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaciya komissiyasi qoshida Axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertaciyalarini himoya qilish kengashini tashkil qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
|
|
8. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish:
|
|
Ikki tomonlama kelishuvlar tuzish asosida xalqaro kutubxona hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
|
|
Xalqaro kitob almashish, axborot resurslarini elektron tarzda almashish bo’yicha hamkorlikning turli shakllarini rivojlantirish va joriy qilish;
|
|
Yiǵma elektron kataloglarni shakllantirish, malumotlar banklarini tashkil qilish;
|
|
Xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, kutubxonalararo abonementni (hujjatlarni elektron etkazib berish) yo’lga qo’yish;
|
|
Respublika, xalqaro konferensiyalar va seminarlar o’tkazish hamda shu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
|
|
|