Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
— Kecha peshinda oxirgi sahifasini yopganimcha hamon uning ta’siri bilan 
yashamoqdamen. 
— Meni ayamang, mavlono, rostini ayting. 
— Rostini aytsam, siz meni chil-chil sindirdingiz! 
Xondamir bu gapni shunday jiddiy turib, ichki bir dard bilan aytdiki, Bobur taajjublanib 
to‘xtadi: 
— Nechuk sindirmishmen, mavlono? 
— Uslubingizdagi nafis bir soddalik qarshisida mening yuksak shoirona uslubim ortiqcha 
bir takallufdek tuyuldi. 
— E, takallufmi? Ammo mening ahvolim o‘zingizga ma’lum. Jumlalarni takalluf bilan 
bezashga fursatim yo‘q edi. 
— Asli go‘zal bo‘lgan yuzga ortiqcha zeb-ziynat ne hojat? Hazratim, siz adabiyotimizda 
hali hech kim qilmagan ulug‘ bir ishni qilmishsiz. Muborak bo‘lsin! 
— Minnatdormen, mavlono. Biroq hali men bu ishning yo‘qolgan sahifalarini tiklamog‘im 
kerak. 
— Tiklashingizga aminmen. Oxiri yana boshqa nek ishlaringiz yozilgusidir. Biroq shu 
turishda ham men bu ulkan asaringizni turkiy tilda aytilgan yangi bir so‘zdek qabul 
qildim. Men aminmenki, avlodlarimiz sizning bu shoh asaringizni Alisher Navoiyning 
«Xamsa»si kabi e’zozlagaylar. Chunki shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ 
she’riy asar «Xamsa» bo‘lsa, shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ nasriy asar
menimcha, «Boburnoma» bo‘lg‘usidir. 
— Mavlono, garchi mubolag‘a qilgan bo‘lsangiz ham, dil so‘zlaringiz uchun tashakkur. 
Men bu asarni nihoya-siga yetkazish uchun bugun yana Sekriga qaytib keldim. Agar 
nuqsonlari bo‘lsa ochiq ayting. 
— Faqir ba’zi sahifalardagi sanalaru nomlarda noaniqliklar uchratdim. Xususan, Hirotga 
Husayn Boyqaro saroyiga oid boblar xiyol tahrirtalab. 
— Mana shu nuqtalarda menga sizning ko‘magingiz darkor. 
— Bajonidil, hazratim. Neki noaniqlik bo‘lsa, barchasini alohida qog‘ozga yozib qo‘ydim. 
Asaringiz bilan birga bermoqchimen. 
Shu payt tepadan o‘tayotgan qushlar keskin hushtak chalganga o‘xshab noxush ovoz 
chiqargani eshitildi. Bobur osmonga qarab, qoramtir-qizg‘ish kalxatlar galasi qanot 
qoqmay uchib borayotganini ko‘rdi. So‘ng ularni Xondamirga ko‘rsatib: 
— Bu yirtqichlar janglardan so‘ng o‘laksa yeb mazaxo‘rak bo‘lmishlar, — dedi. — Rano 
Sango bilan bo‘lgan jangdan so‘ng mana shu ko‘l atroflarida, bog‘ning o‘rnida o‘lib 
yotgan odamlar, gotlar, tuyalar, fillar behisob edi. Kalxatlar qon hidini sezib, uzoqlardan 
gala-gala uchib kelganlari yodimda bor... 
Bu xotira Boburda noxush tuyg‘ular qo‘zg‘aganini sezgan Xondamir: 
— Nachora, hazratim, — dedi. — Hanuzgacha hech bir ulug‘ davlat jangu jadalsiz barpo 
bo‘lgan emasdir. 
— So‘zingiz chinu, ammo... So‘nggi yillarning voqealarini qog‘ozga tushirganimda, 
barcha qurbonlar, to‘kilgan barcha qonlar ko‘z o‘ngimda shunday to‘liq gavdalandiki 
uyqularim o‘chib ketdi... Bajur qo‘rg‘onida uch ming kishining qilichdan o‘tkazilgani... 
Panipatda bir necha yuz asirning to‘fangdan otib o‘ldirilgani... Bizning odamlar ham 
kalla-minoralar qo‘nargani... 
— Hammasini umr kitobingizda ro‘yirost bitmishsiz. 
— Chunki avlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farishta deb o‘ylamasinlar. Qilgan 
gunohlarimiz o‘zimizga nechog‘liq og‘ir tushganidan ogoh bo‘lsinlar. 
Boburning ruhida dam-badam sezilib qolayotgan ichki bir dard — faqat xastalik yoki 
charchoqlikdan emasligini Xondamir endi sezdi. Bobur ijodiy ishga berilgan sari uning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin